Mavzu: Mikroprotsessor arxitekturasi,bitta chipli mikroprotsessorlarning arxitekturasi. Reja


Download 1.4 Mb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.4 Mb.
#1005834
1   2   3   4
Bog'liq
feruzbek aka mikro protsessor

Uziliksizlik – tushinchasi asinxron jarayonning xabarini anglatadi (ya’ni protsessor qandaydir asinxron jarayonni tushinadi). Ushbu holatda buyruqlarning ketma-ketligi to’xtatiladi. Mikroprotsessor qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi vositasida mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarinishakllantiradi.Komandalar registri - xotirada saqlaydigan registr bo‘lib, unda komanda kodi, ya’ni bajarilayotgan operatsiya kodi hamda operatsiyada ishtirok etayotgan operandlarning manzillari saqlanadi.Komandalar registri MPning interfeys qismida, komandalar registrlari uchun mo‘ljallangan blok ichida joylashgan.Operatsiyalar deshifratorlari - mantiqiy blok bo‘lib, komandalar registridan kelayotgan operatsiya kodiga (OK) muvofiq o‘zida mavjud ko‘plab chiqish yo‘llaridan birini tanlaydi.Mikrodasturlarni xotirada doimo saqlovchi qurilma (XDSQ) –ShK bloklarida axborotga ishlov berish operatsiyalari bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o‘z uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi.Deshifrator tomonidan operatsiya kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulse boshqaruvchi signallarning zaruriy izchilligini mikrodasturlarni XDSQ ichidan solishtirib chiqaradi.Manzil shakllantiruvchi uzel (MPning interfeys qismi ichida joylashgan) -komandalar registri va MPX registrlaridan kelayotgan rekvizitlar bo‘yicha xotira (registr) uyasining to‘liq manzilini hisoblab chiqaradigan qurilma.Ma’lumotlarning kodli shinasi, manzillar va yo‘riqlar – mikroprotsessordagi ichki shinaning bir qismi sanaladi. Aksariyathollarda BQ quyidagi asosiy amallarning bajarilishi uchun mo‘ljallangan boshqaruv signallarini shakllantiradi: MPX komandasining manzilidagi hisoblagich-registr ichidan dasturning navbatdagi komandasi saqlanayotgan xotiraga tezkor saqlash qurilmasi (XTSQ) uyasining manzilini tanlab olish; XTSQ uyasi ichidan navbatdagi komandaning kodini tanlab olish hamda solishtirib chiqarilgan komandani komandalar registriga qabul qilib olish; operatsiya kodlari va tanlangan komanda alomatlarining shifrini ochish; XTSQning shifri ochilgan operatsiya kodiga muvofiq keluvchi uyalari ichidan boshqaruvchi signallarning (impulslarning) mashinada mavjud barcha bloklarda ma’lum operatsiya ijrosining tartibini hamda boshqaruvchi signallarning ushbu bloklarga qayta yuborilish tartibini belgilab beruvchi mikrodasturlarni solishtirib chiqarish; komandalar registri va MPX registrlari ichidan hisoblarda ishtirok etayotgan operandlar (sonlar) manzillarining alohida tarkibiy qismlarini solishtirib chiqarish hamda operandlarning to‘liq manzillarini shakllantirish; operandlarni (shakllangan manzillar bo‘yicha) tanlash va ushbu operandlarga ishlov berishga oid ma’lum operatsiyani bajarish; amalga oshirilgan operatsiya natijalarini xotiraga saqlash; dasturning navbatdagi komandasiga taalluqli manzilni shakllantirish.

Xotira va uning ishlash imkonyatlari. Xotira kom.yuterda dasturlar va ma’lumotlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari quyidagilardir: tezkor hotira, doimiy hotira, tashqi hotira, kesh hotira, video hotira va boshqalar.Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo‘lib,protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur ma’lumotlarini oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o‘chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va ma’lumotlar yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling