Мавзу: Микроскопнинг тузилиши у билан ишлашни ўрганиш. Вақтинчалик препаратлар тьайёрлаш ва уни тахлил килиш
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
prezintatsiya 083b89b23dba923a302c70d5714f885c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik qismi
- Yorituvchi qismga
Mavzu:Mikroskopning tuzilishini o’rganish Mikroskopning tuzilishi 1. Mexanik qismi 1) shtativ 2) buyum stolchasi 3) tubus 4) revolver 5) Makro va mikrovintlar 6) ko’zgu 2. Optik qismlari 1) Ko’zgu 2) Yorituvchi qismi 3) Kondensor 4) Kichik kattalashtiruvchi obyektiv (8х) 5) Katta kattalashtiruvchi obyektiv (40х) 6) Immersion obyektiv (90х) Yorug’lik mikroskopining qismlari “Baliq skeleti” usuli: Mexanik qismi Optik qismi Yorituvchi qismi Mexanik qismi Shtativ Tubus mikro-makrovint Buyum stolchasi Revolver Yorituvchi qismi “Baliq skeleti” usuli: Ko’zgu Kondensor Kichik kattalashtiruvchi Katta kattalashtiruvchi Immersin оbyektiv (8х) оbyektiv (40х) obyektiv (90х) Optik qismi Okulyar 7х, 10х, 15х, 20х Iris diafragmasi YORUG’LIK MIKROSKOPINING UMUMIY KO’RINISHI. 1-ASOSI (SHTATIV); 2— TUBUS TUTQICH; тUBUS; 4—BUYUM STOLCHASI; BUYUM STOLCHASINING TESHIGI; STOLCHANI SILJITUVCHI VINTLAR; оKULYAR; 8—оBYEKTIV; 9—MAKRO- METRIK винт; 10—MIKROMETRIK VINT; KONDENSOR; 12— KONDENSOR VINTI; DIAGRAGMA; 14— KO’ZGU; REVOLVER. Mexanik qismi — shtativ, buyum stolchasi, tubus, revolver, makro va mikrometrik vintlardan iborat. Shtativ —keng asosdan , tubus tutqich va tubusdan tashkil topgan. Buyum stoli o’rtasida nur o’tuvchi teshik mavjud. Stolda preparatni qisib turuvchi ikkita klemma, gorizontal tekislikda har tomonga siljituvchi ikkita vint joylashgan. Buyum stoli tagida (kattaroq) makrometrik va mikrometrik vuntlar joylashgan. Ko’pchilik mikroskoplarda mikrovint disksimon bo’lib, asosga joylashgan. Makrometrik fokusga taxminan, mikrometrik vint esa aniq to’g’rilashga imkon beradi. Kichik vintni oldinga yoki orqasiga faqat yarim aylantirishni unutmang. Yorituvchi qismga- ko’zgu, kondensor va diafragma kiradi. Ko’zgu buyum stolchasi tagiga qo’zg’aluvchan qilib o’rnatilgan. Uni har tomonga burib, yorug’lik to’plash mumkin. Ko’zguning botiq va tekis yuzalari mavjud. Xona kam yorotilganida botiq yuzasidan foydalaniladi. Kondensor linzalar sistemasidan iborat, buyum stolchasi tagiga joylashgan. Kondensorni yuqoriga va pastga siljituvchi maxsus vint mavjud. Kondensor ko’tarilganda yorug’lik ko’payadi. Diafragma kondensorga burab o’rnatilgan, u mayda plastinkalardan iborat, yonidagi maxsus klemma yordamida diafragma teshigini kengaytirish, toraytirish va yorug’lik miqdorini o’zgartirish mumkin. • Mikroskopning optik qismiga okular va obyektivlar kiradi. Okularlar ko’rilayotgan obyektni 7х, 1Ох, 15х, 20х marta katta qilib ko’rsatadi (kattalashtirish darajasi okularlarda ko’rsatilgan bo’ladi). Okular naysimon shaklda bo’lib, uning ikki tomonida linzalar joylashgan. Obyektivlar revolver sistemasidagi maxsus o’rindiqlarga joylashgan. Obyektivlar buyumni 8х, 40х, 60х, 90х marta katta qilib ko’rsatadi. • Mikroskopning kattalashtirish qobiliyati uning ,,kuchi“ deyiladi. O’rganilayotgan buyum qancha kattalashtirilganligini bilish uchun obyektiv ko’rsatkichini okular ko’rsatkichiga ko’paytirish zarur (masalan 10 х 8 = 80, 10 х 40 = 400, 10 х 90 = 900 ва ҳоказо). E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling