Mavzu: mikrosxemalar, integral sxemalar va optoelektronika


Download 0.49 Mb.
bet6/9
Sana14.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1198028
1   2   3   4   5   6   7   8   9
S

R

S

Q(t)

Q(t+1)

Trigger holati

0

x

x

0

0

Saqlash rejimi



0

x

x

1

1

1

0

0

0

0

Saqlash rejimi



1

0

0

1

1

1

0

1

0

1



S=1 holatga o’tish rejimi

1

0

1

1

1

1

1

0

0

0

Trigger “0” holatga o’tishi


R

1

1

0

1

0

1

1

1

0

*



R=S=1 taqiqlangan holat

1

1

1

1

*

Sinxron triggerning tuzilishi va shartli belgisi 9-rasmda keltirilgan.



    1. rasm. Sinxron triggerning tuzilishi va shartli belgisi.



D trigger. (inglizcha delay - kechikish), RS triggerda mantiqiy “1” va mantiqiy “0” holatlarni qabul qilish uchun alohida kirishlar ishlatiladi. Agar mantiqiy “1” ni ham, matiqiy “0” ni ham ma’lumot sifatida qabul qilib yozib borish zarur bo’lsa, u holda qirish bitta bo’lgani qulay. Shunday qilib, sinxron RS triggerda R va S kirishlarni birlashtirsak, yangi trigger hosil bo’ladi. Bunday trigger D trigger deb ataladi. D triggerda signal kirishi (D) va sinxronizasiya signali kirishi (S) mavjud.


10 - rasm. D trigger va uning shartli belgisi.


D triggerlar aynan saqlab turish xusuiyatiga egaligi tufayli xotira elementlari hosil qilishda ishlatiladi.
T trigger. Agar D triggerning kirishini uning inversiyali chiqishi bilan ulasak T trigger hosil bo’ladi 11- a rasm. T trigger impulslarni sanash imkoniyatini beradi, chunki uning chiqishi kirishga kelgan har bir signal natijasida o’zgarib turadi. Natijada T triggerning kirishidagi impulslarning soni uning chiqishida 2 marta kamayadi, keyingi triggerda yana shu holatni takrorlash natijasida sanash qurilmasini yaratish mumkin. Impulslar ketma-ketligini T triggerdan o’tgandan keyingi to’g’ri va inversli chiqishlardagi holati 11-b rasmda keltirilgan.

11- rasm. T triggerning shartli belgisi va undan impulsning o’tishi.


Trigger impulsning so’nish frontida ishga tushadi.(11- rasmga qarang). Birinchi impulsning tugash paytida trigger chiqishi “0” dan “1” holatga o’tadi, ikkinchi impulsning tugash paytida trigger yana holatini o’zgartiradi “1” dan “0” holatga o’tadi. Natijada kirishga 4 ta impuls kelsa, chiqishda 2 ta impuls hosil bo’ladi. Triggerlar sonini oshirib, sanash imkoniyatini oshirish mumkin.
Triggerlar asosida qurilgan hisoblagichlarning sanash imkoniyati, ya’ni hisoblagich sanashi mumkin bo’lgan impulslarning maksimal soni K triggerlar soni bilan aniqlanadi K = 2n, bu yerda n- triggerlar soni. Masalan 12-rasmda keltirilgan 4 ta triggerdan tashkil topgan hisoblagich 16 tagacha impulslarni sanash imkoniyatini beradi. Triggerlar soni hisoblagichning razryadi deb ataladi.



  1. rasm. To’rt razryadli hisoblagich (a), uning shartli belgisi (b), va hisoblagich ishlashining vaqt diagrammasi (v).

Amalda mikrosxemalar tarkibida bir necha o’nlab triggerlarni mujassamlashtirgan hisoblagichlar bo’lishi mumkin. Masalan K561IYe8 mikrosxemasi (yoki CD4017) 15 razryadli hisoblagich va deshifrator vazifasini bajaradi (13- a rasm). Bu mikrosxema yordamida 10 svetodiodni “yuguruvchi olov” turida yoquvchi sxema 13- b rasmda keltirilgan. Svetodiodlarning yonish vaqtlari NE555 taymer orqali beriladi. Hisoblagich ma’lum impulslardan keyin tegishli svetodiodlarga signal beradi, natijada svetodiodlar belgilangan ketma-ketlik asosida yonib o’chadi. Yonib o’chish vaqtini R2 potensiometr orqali boshqarish mumkin. Mikrosxemalar sonini ko’paytirib yoki razryadi kattaroq boshqa mikrosxema ishlatib, boshqariluvchi svetodiodlar sonini istalgancha ko’paytirish mumkin. Binolarning
chetlari bo’ylab, yo’llar uzra va boshqa joylarda bunday, ma’lum qonuniyat asosida yoki ketma-ket yonib turuvchi svetodiodli chiroqlarni Siz albatta ko’p uchratgansiz.


    1. rasm. K561IYe8 mikrosxema va uning asosidagi “yuguruvchi olov” sxemasi.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling