Mavzu: Milliy iqtisodiyot rivojlanishida ijtimoiy omillarning roli


Ijtimoiy himoya va ta’minot tizimini rivojlantirishning


Download 86.5 Kb.
bet2/6
Sana11.02.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1189312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
furqat

Ijtimoiy himoya va ta’minot tizimini rivojlantirishning
budjet ko‘rsatkichlari
mlrd. so‘m


amalda

amalda

reja

Ko‘rsatkichlar

2003

2004

2005

I. Budjet xarajatlari, maqsadli jamg‘armalarsiz

2 376, 9

2 743,2

3 464,1

1.Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘lab-quvvatlash xarajatlari, jumladan

1331,4

1 305,4

1 738 ,9

1.1 maorif

623,0

753,4

991,5

1.2 sog‘liqni saqlash va sport

228,7

282,2

377,8

1.3 fan,madaniyat va OAV

45,9

51,3

77,3

1.4 ijtimoiy ta’minot

9,5

10,8

13,9

1.5 aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar narxidagi farqni qoplash

286,5

21,7

16,0

1.6 oilalarga, jumladan bolali oilalarga nafaqalar

137,8

167,1

212,9

Jami xarajatlar

3 180,9

3 679,6

4 884,1

Manba: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari
Mamlakatimizda qonun doirasida faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan ijtimoiy jamg‘armalar soni hozirda 50 dan oshadi. Ijtimoiy jamg‘armalar o‘z faoliyatlari orqali jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta’minlashga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.
2. Ijtimoiy siyosat, mehnat bozori va bandlik
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat resurslari qanday rol o‘ynasa, mehnat bozorining amal qilishi ham shu darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat bozori muayyan mehnat qobiliyatiga ega ishchi kuchining oldi-sotdisi amalga oshadigan bozor hisoblanadi. Bu bozorning asosiy ishtirokchilari ishchi kuchini yollovchilar - tadbirkor, korxona va davlat hamda mehnat layoqatiga ega aholidir. Tadbirkor ishchini yollash bilan undan foydalanish huquqini qo‘lga kiritsa, aholi o‘z mehnat qobiliyati evaziga hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bozor o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega bo‘lganidek, O’zbekiston mehnat bozori amal qilishida ham milliy omillarning ta’siri seziladi.
Mehnat bozori ikkita muhim iqtisodiy vazifani bajaradi. Birinchisi, bozorda odamlar o‘z mehnati evaziga daromadga ega bo‘ladilar. Bu daromad sarflangan kuch va energiyani qayta tiklashga ytarli bo‘lishi lozim. Ikkinchisi, mehnat bozori mamlakat aholisi mehnatidan samarali foydalanish, uni boshqarish va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida maqsadga muvofiq taqsimlash imkonini beradi. Mamlakatimizda mehnat bozorini rivojlantirishda ana shu vazifalarni to‘liq bajarishga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Mehnat bozoridagi talab va taklif o‘rtasidagi munosabat ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim bozor mexanizmidir. Ammo hali O’zbekistonda mehnat resurslariga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanish asta-sekinlik bilan shakllanmoqda. SHu sababli bozorda kuzatilishi kerak bo‘lgan o‘zgarish, ya’ni, ish haqining umumiy stavkasi ko‘tarilishi va shunga mos mehnatga bo‘lgan umumiy talabning kamayishi va taklifning ortishi tendentsiyasi yaqqol namoyon bo‘lmaydi.
Mehnat bozorini masalan, tovar bozoridan ajratib turadigan asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- mehnat bozori ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari uzoq davom etadi. Xom ashyo yoki oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi bozor munosabati pul berilib, tovar olinishi bilan tugaydi. Mehnat qobiliyatini olib sotish jarayoni esa ishlab chiqarish jarayoni tugashigacha davom etadi;
- mehnat bozoriga mehnat sharoitlari va korxonadagi ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi. Kishilar o‘z mehnat qobiliyatini sotar ekanlar, mehnatning murakkabligi va sog‘liqqa ta’siri, mehnat jamoasi a’zolarining o‘zaro munosabati qandayligi bilan qiziqadi;
- mehnat bozoriga jamiyatda amal qilib turgan qonunchilik tizimi, turli davlat va ijtimoiy tashkilotlar ham ta’sir ko‘rsatib turadi. Kasb - hunar jamoalari, davlatning bandlik siyosati, kadrlar tayyorlash dasturlari, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarning uyushmalari, kasaba uyushmalari kabilar shular jumlasidandir.
O’zbekistonda mehnat bozori tarixan qisqa rivojlanish davrini bosib o‘tmoqda. Bozor munosabatlarining shakllanib, rivojlanishi bilan mehnat bozorida ham ijobiy va ba’zi salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Bu xususiy mulkchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiyotga davlat aralashuvining cheklanib borishi, ishchi kuchi migratsiyasining kuchayishi, ishsizlik darajasining ortishi va ijtimoiy himoya tizimining joriy etilishi kabilar bilan bog‘liqdir.
Mamlakatimizda mehnat bozorining ko‘lami, rivojlanishi va undagi asosiy o‘zgarishlarni aholi soni, mehnat resurslari miqdori, iqtisodiy faol aholi soni, bandlik va ishsizlik darajalari ko‘rsatkichlari ifodalaydi.
O’zbekistonda 2005 yilda boshida jami aholi soni 26 mln. 100 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan qariyb 54 foizi, yoki 14 mln. 21 ming kishi mehnat resurslari hisoblanadi. Mehnat bozorining kengligi mehnat resurslarining miqdoriga bog‘liq. Mehnat resurslarining manbasi esa mamlakatning aholisidir. Ammo aholining faqat mehnatga yaroqli qismigina mehnat resurslari hisoblanadi.
Iqtisodiy faol aholining miqdori va sifati, uning yillar davomidagi o‘zgarishi mamlakatning iqtisodiy qudratini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardandir. Mehnat resurslari va iqtisodiy faol aholi sonining oshib borishi milliy xo‘jalikning takror ishlab chiqarish salohiyatining ham ortib borishini ifodalaydi.
O’zbekistonda iqtisodiy faol aholi soni 2004 yil oxirida 9 mln. 946 ming kishidan iborat bo‘ldi. SHundan 99,6 foizi yoki 9 mln. 911 ming kishi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘ldi.

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling