Mavzu: Milliy iqtisodiyot rivojlanishida ijtimoiy omillarning roli
O‘zbekistonda jami band aholining iqtisodiyot
Download 86.5 Kb.
|
furqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy ishlab chiqarishda
- Nomoddiy ishlab chiqarish
O‘zbekistonda jami band aholining iqtisodiyot
tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi
Manba: O’zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining ma’lumotlari Iqtisodiy faol aholining asosiy qismi, ya’ni 67,7 foizi moddiy ishlab chiqarish sohalarida band bo‘lib, shundan sanoatda 13 foiz, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida 31,0 foiz, qurilishda 8,2 foiz va savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 8,7 foiz aholi mehnat qilmoqda. Iqtisodiy faol ahalining o‘tgan yilga nisbatan intensiv o‘sishi qurilish (5,9 foiz), transport va aloqa (5,5 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (5,2 foiz), uy-joy va kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat sohalari (5,5 foiz), sog‘liqni saqlash (5,3 foiz) kabi sohalarda kuzatildi. 2004 yilda nodavlat sektorida jami faol aholining 77,0 foizi mehnat qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2003 yilda 76,8 foizdan iborat bo‘ldi. Quyidagi jadval ma’lumotlari 1993-2004 yillarda respublika mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni ifodalaydi. Xususan, tahlil davrida ishlash ehtiyoji bo‘lganlarning ishga joylashish darajasi ortib borgan bo‘lib, 1993 yilda bu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yilda 76,2 foizdan iborat bo‘lgan. 2004 yilda jami 425 ming kishi ish so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa, shundan 323,7 ming kishi ishga joylashtirilgan. Ishga joylashganlarning 57,2 foizi 16-30 yoshdadir. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra 2004 yilda “Bandlik” davlat davlat dasturini amalga oshirish doirasida 481 ming yangi ish o‘rinlari yaratilgan (bu ko‘rsatkich 2003 yilda 429,6 mingni tashkil etgan.) SHundan 42 foizi korxona va tashkilotlarda, 31 foizi kichik va xususiy korxonalarda, 37 foizi esa yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratilgan. Aholini ish bilan ta’minlashda mehnat birjalarining roli ahamiyatlidir. Mehnat birjalari faoliyatining jadallashishi, investitsion va bandlik dasturlarining amalga oshirilishi hamda xususiy tadbirkorlikning faollashishi natijasida ish bilan ta’minlash darajasi ortib bormoqda. Bu ko‘rsatkich 1993 yilda 61,0 foiz, 1995 yilda 62,4 foiz, 1998 yilda 66,2 foiz, 2002 yilda 71,9 foiz va nihoyat 2004 yilda 76,2 foizni tashkil etdi. Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling