Mavzu: Milliy iqtisodiyot rivojlanishida ijtimoiy omillarning roli
Download 86.5 Kb.
|
furqat
YAshirin ishsizlik qishloq aholisining bir qismini va mayda ishlab chiqaruvchilar hamda savdo xodimlarini qamrab oladi. Ishsizlikning bu turida ishsizlar rasman ro‘yxatga olinmaydi. Ish jarayonining vaqtinchalik to‘xtab turishi yashirin ishsizlar yuzaga kelishining asosiy sababidir. Kichik va xususiy biznes rivojlanayotgan hozirgi davrda mamlakatimizda yashirin ishsizlik mehnat bozori rivojlanishidagi asosiy tendentsiyalardan biriga aylangan.
Ishsizlik darajasiga ta’sir etuvchi bir qator omillar mavjud bo‘lib, ularga aholining tabiiy o‘sishi, ishchi kuchi migratsiyasi, iqtisodiyotga kapital mablag‘larning jalb qilinishi, iqtisodiy inqirozlar, ekologik o‘zgarishlar va urushlarni kiritish mumkin. SHakllanayotgan bozor sharoitida mehnat bozorining xususiyati shundaki, unda tashkiliy mehnat bozori va yashirin mehnat bozori yonma-yon amal qiladi. Tashkiliy mehnat bozori bandlik xizmati tuzilmalari tomonidan tartibga solinadi va boshqariladi. YAshirin mehnat bozori esa tartibsiz, qonun va qoidalarga bo‘ysunmagan shaklda amal qilib, unda ish beruvchilarning aksariyati mehnat munosabatlarida, ishlovchilar manfaatlarini paymol qiladi. O‘tish davri mamlakatlarida tashkiliy va yashirin (tartibsiz) mehnat bozori miqyosining o‘zaro nisbati o‘rtacha 5:1 ni tashkil etmoqda. Ishchi kuchiga taklifining talabdan oshib borishi, mehnat xavfsizligi talablari va sharoitlarining pasayishi kabilar o‘tish davri iqtisodiyotida mehnat bozorining asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Keyingi yillarda O’zbekistonda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat bozori rivojlanishining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat bo‘layapti: 1. Ishsizlar sonining ortishi; 2. Ishchi kuchi tarmoq tarkibining o‘zgarishi; 3. Ishchi kuchi eksportining kuchayishi; 4. Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligining pasayishi; 5. Mehnat resurslaridan foydalanish hududiy tofovutlarining ortishi; 6. YAshirin ishsizlikning ortishi; 7. Rasmiy va norasmiy ishsizlar soni o‘rtasidagi tafovutning ortishi. O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish mexanizmini takomillashtirishda mehnat bozori institutlari faoliyatini rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega. Davlatning Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling