Mavzu: Milliy qadriyatlar-millat iftixori
Download 346.27 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1)lug‘aviy ma’no; 2)grammatik ma’no.
- Bir ma’noli va ko`p ma’noli so`zlar
LUG’AT:
Urf-odat – U’rp-a’det An’ana – Salt-da’stur Xatna qilish – Sunnet qi’li’w Marosim – Mereke Nazariy ma’lumot: LEKSIKOLOGIYA Leksikologiya yononcha lexikos – “lug`at”, logos – “ta’limot” so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, so‘zlarning lug‘aviy ma’no tomoni o‘rganiladi. Har bir so‘zning ikki tur ma’nosi mavjud: 1)lug‘aviy ma’no; 2)grammatik ma’no. Lug‘aviy ma’no xususiy xarakterda bo‘lib, so‘zning ichki atash ma’nosi bo`lib, biror tushunchani ifodalaydi. Grammatik ma’no so`zning tashqi, umumiy, ya’ni so‘zlarni birlashtiruvchi umumiy ma’nosidir. So`zlardan tashqari qo`shimchalar ham grammatik ma’no ifodalashi mumkin. Lug‘aviy ma’no – leksikologiyada, grammatik ma’no esa morfologiyada o‘rganiladi. 1-§. So`zning atash ma’nosi va ko`p ma’nolilik So`zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi hisoblanadi. Faqat mustaqil so`zlargina atash ma’noga ega bo`ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’noga ega so`zlarga ishora qiladi. Bir ma’noli va ko`p ma’noli so`zlar Tilimizdagi so‘zlarning ba’zilari birgina ma’no ifodalasa, ba’zilari bir necha ma’no ifodalaydi. Shunga qarab so‘zlarni ikkiga ajratish mumkin: 1. Bir ma’noli so‘zlar 2. Ko’p ma’noli so‘zlar Yolg`iz holda ham, nutq jarayonida ham bir ma’no ifoda etuvchi so‘zlar bir ma’noli so‘zlar deyiladi. Masalan: men, bola, traktor, besh kabi. Bir ma’noli so‘zlar monosemantik so‘zlar deb ham yuritiladi. Nutqiy jarayonda ikki yoki undan ortiq ma’noda qo`llanuvchi so`zlar ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi. Masalan: ko’z, etak, bosh, og’iz kabi. Inson tana a’zolarinig ko`pchiligi ko‘p ma’nolidir. Ko`p ma’noli so‘zlar polisemantik so‘zlar deb ham yuritiladi. Download 346.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling