Mavzu. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash reja


Download 124.5 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1207151
  1   2
Bog'liq
IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH FANIDAN


MAVZU. MINTAQA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH


Reja:

1. Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat.


2. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi.
3.О‘zbekistonda mintaqani rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish.

Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat


“Mintaqa” tushunchasi jahon yoki mamlakat hududining bir qismiga nisbatan qо‘llaniladi.
Mintaqa jahon territoriyasining bir qismi sifatida, о‘z ichiga geografik, siyosiy, iqtisodiy, yekologik, yetnomadaniy, harbiya va boshqa mezonlar hamda yondashuvlar asosida bir necha mamlakatlarni oladi. Masalan, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Yevropa, О‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy, Sharqiy Osiyo va boshqa mamlakatlar turkumi, mintaqalari mavjud. Bir alohida olingan mamlakat о‘z ichida viloyatlar, tuman va shaharlar geografik, iqtisodiy-siyosiy, yetnomadaniy, yekologik, axborot va boshqa mezonlar bо‘yicha ma’muriy hududiy birlik sifatida uning mintaqalarini tashkil yetadi. Mintaqa iqtisodiyotining shunday tuzilmalari mavjudki, ular har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotida, mustaqil xо‘jalik yuritishda alohida о‘rin tutadi va о‘zining tabiiy iqlim, geografik joylashuvi, tabiiy mineral va xom ashyo resurslarining zaxiralari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish salohiyati, tarmoqlari va sohalarining ham infratuzilmasi miqyosi, aholisining urf-odat va an’analari, mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha ixtisoslashuvi hamda ijtimoiy mehnat taqsimotidagi hissasi, aholi jon boshiga ishlab chiqargan hududiy yalpi mahsuloti kabilar bilan farqlanadi.
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda quyidagi vazifalarni amalga oshirish kо‘zda tutiladi:
Mintaqadagi barcha resurslardan (moddiy, moliyaviy, mehnat) foydalanib, ishlab chiqarishning jadalligi va mutanosibligini ta’minlash ham shu asosda uning samaradorligini oshirish.
Mintaqalarning istiqboldagi rivojlanish sur’atlarini aniqlash. Bunda mahalliy resurslardan tо‘liq foydalanishga ye’tibor berish.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish. Buning uchun mintaqada ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmni yaratish, rejalashtirishni yanada demokratlashtirish lozim.
Mintaqalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat mintaqaviy siyosatining muhim tarkibiy qismi mintaqaviy iqtisodiy siyosat hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiy siyosat maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog‘liqdir. Davlatning mintaqaviy iqtisodiyotga bevosita, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aralashishi ma’muriy vositalardan foydalanish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Bu usullar davlat hokimiyati kuchiga tayanish, ruxsat berish, man qilish, majburlash choralarini о‘z ichiga oladi.
Ma’muriy usullar о‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzgan ayrim korxonalarga nisbatan majburlash imkoniyatlarini ham kо‘zda tutadi. Ma’muriy usullar yordamida mahalliy boshqaruv organlari davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soladi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududiy tabiiy resurslardan foydalanish hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi (13.1-jadval).
13.1-jadval
Mintaqaviy (hududiy) takror ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari1

Ma’muriy usullar

Iqtisodiy usullar

Boshqarish qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun sharoit yaratishga yо‘naltirilgan aniq manzilli topshiriqlar berish

Umumiy iqtisodiy qonun-qoidalarga, tamoyillarga tayanadi

Boshqariladigan ob’yektlarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatishda boshqarish organining manfaatini ustuvor ravishda kо‘zlash

Boshqariladigan ob’yektlarga bilvosita ta’sir kо‘rsatiladi, turli mulkchilik shakllardagi korxonalarning iqtisodiy manfaatlari hisobga olinadi

Qabul qilinadigan qarorlar uchun asosiy mas’uliyat boshqarish organi zimmasida bо‘lib, boshqariladigan ob’yektning huquqlari cheklangan

tо‘liq mustaqillikka yega bо‘lishi, о‘z faoliyati va uning oqibatlari uchun yuqori mas’uliyatli bо‘lishi taqozo yetiladi

Ma’muriy farmoyishlar, rejalar direktiv xarakterga yega, ularni bajarish majburiy hisoblanib, undan chetlanishga yо‘l qо‘yilmaydi

Xо‘jalik subyektlarini о‘zining iqtisodiy manfaati nuqtai nazaridan va iqtisodiy riskni ye’tiborga olgan holda muqobil qarorlar tayyorlash va oqilona yechimlar topishga undaydi

13.1-rasm. Mintaqaviy xavfsizlik tarkibi


2. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi


Mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mintaqaviy siyosatning muhim yо‘nalishi hisoblanadi. Bu borada kо‘zlangan asosiy maqsad asosiy maqsad mamlakat va uning mintaqalari raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga yerishish quyidagilarga yо‘naltiriladi:


mamlakat va uning mintaqalarini xalqaro bozorlar bilan integratsiyalshuvini ta’minlash, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini mintaqa va hududlar bо‘yicha oqilona joylashtirish, ularning о‘zaro aloqadorligi, ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini ta’minlash orqali mamlakat hamda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, barqaror va mutanosib iqtisodiy о‘sishgacha yerishish;
mintaqalar infratuzilmasini rivojlantirish;
mintaqalarda ishlab chiqarish sohalarining raqobatbardoshligini oshirish;
mintaqalar rivojlanishidagi farqlarni qisqartirish.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda territorial-tarmoq klasterlari muhim rol о‘ynaydi. Klasterlarda ba’zi hududlarda ayrim tovarlar, butlovchi qismlarni xom ashyolarni ishlab chiqarish tashkil yetiladi. Bunga Asakadagi yengil avtomobillar, ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish tashkil yetilganligi misol bо‘ladi. Klaster hudud manfaatini korxona manfaati bilan uyg‘unlashtiradi.
Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasida ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish kо‘zda tutiladi. Bu dasturlarni ishlab chiqishda о‘zaro aloqadorlik va davomiylik, resurslarni tejash, infratuzilmaviy ta’minot tamoyillariga asoslaniladi.
Bunday dasturlarni ishlab chiqish va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish modellarini yaratishda SWOT tahlilidan foydalaniladi. Ushbu tahlil asosida mintaqaning, kuchsiz va kuchli tomonlari, imkoniyatlari, tahdid va xavf-xatarlar aniqlanadi. Mintaqani rivojlantirishning turli senariylari ishlab chiqiladi. Inersion rivojlanish senariysida barcha tendensiyalar amalda saqlanadi. Eksportga yо‘naltirilgan rivojlanish senariysida eksportga yо‘naltirilgan ishlab chiqarishlar va ularning salohiyatini rivojlantirish hamda mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish kо‘zda tutiladi. Mobilizatsion rivojlantirish senariysida ichki zahiralar, resurslar, iqtisodiy о‘sish omillari hisobga olinadi va rivojlantirish maqsadida foydalanishga yо‘natiriladi.
Mutanosib о‘sish senariysida eksportga yо‘naltirilgan va ichki resurslarni mobilizatsiya qilish variantlari sintez qilinadi, ya’ni uyg‘unlashtiriladi.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini prognozlashtirish va asoslashda mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifalarini ham hal yetish kо‘zda tutiladi.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi mintaqaning о‘zini о‘zi tashkillashtiruvchi, о‘zini-о‘zi boshqaruvchi va oqilona boshqariladigan ijtimoiy-iqtisodiy, yetnomadaniy va territorial-ma’muriy birlik sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.

3. О‘zbekistonda mintaqani rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish


О‘zbekiston Respublikasi mintaqalari ijtimoiy-iqtisodiy darajalari va iqtisodiy-tabiiy salohiyatidagi farqlar ularni istiqbolda hududiy hamda tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirishni taqozo yetadi.


О‘zbekistonda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishdan kо‘zlangan bosh maqsad mintaqalarni barqaror rivojlantirishni rag‘batlantirish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi darajalarida keskin farqlarning vujudga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun sharoit yaratishdan iborat.
Mintaqalarni rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari iqtisodiy bazasi, mamlakatdagi byudjet tizimiga, tadbirkorlikning rivojlanish kо‘lamiga, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari hamda usullariga, tezligi, soliq imtiyozlarini qо‘llash tajribasi, byudjetdan tashqari jamg‘armalar, moliyaviy resurslar hududning investitsiyaviy va eksport imkoniyatlari, viloyatlararo, tumanlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarga, bozor infratuzilmasi ob’yektlari rivojlanish darajasi, aholining ish bilan bandlik muammolarining xususiyatlari va mintaqadagi yekologik vaziyatga bog‘liq.
Mintaqa rivojlanishini davlat tomonidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tartibga solish respublika byudjeti, dotatsiya va subvensiyalar hisobiga maqsadli dasturlar va yirik investitsiya loyihalari orqali amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan hududlarni rivojlantirishni tartibga solish maqsadida quyidagi dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda:
Sanoatni rivojlantirish dasturlari.
Qishloq xо‘jaligini rivojlantirishni tartibga solish.
Mintaqalar eksport salohiyatidan samarali foydalanish va qо‘shma korxonalarni tashkil yetishni tartibga solish.
Transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish.
Mintaqalarning ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish.
О‘zbekistonda qabul qilingan dasturlarni bajarish va mintaqalarning rivojlanishini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
mintaqalarni rivojlantirish bо‘yicha respublika hamda mintaqaviy dasturlarni tanlash va ularni amalga oshirishni asoslash, navbatga qо‘yish tizimini shakllantirish;
respublika va mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, buning uchun mahalliy hokimliklar va tegishli vazirliklarning mas’uliyatlini oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bо‘yicha davlat dasturlarining mintaqaviy jihatlarini kuchaytirish;
tarmoq dasturlarining mintaqaviy jihatlari monitoringini tashkil yetish;
mintaqalar va tarmoq imkoniyatlari, zahiralarini chuqur о‘rganish va hisobga olish asosida prognoz kо‘rsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
dasturlarni amalga oshirish ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish, nazorat tizimini yaratish.
So‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan olib borilayotgan yangi mintaqaviy siyosat mamlakatning ochiq, amaliy va konstruktiv tashqi siyosati yo‘lining muhim qismiga aylandi. Toshkentning muloqot va hamjihatlikni rivojlantirish, yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash va mavjud kelishmovchiliklarni oqilona murosalar asosida hal etishga e’tibor qaratishi siyosiy muhitni sezilarli darajada yaxshilab, mintaqada o‘zaro ishonchni mustahkamlashga imkon berdi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish va mintaqaviy hamkorlikning samarali mexanizmlarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu Markaziy Osiyoning siyosiy-diplomatik va iqtisodiy jozibadorligini oshirishga yordam beradi.
Yangi mintaqaviy siyosatni muvaffaqiyatli ilgari surishda quyidagi omillar muhim rol o‘ynadi:
Birinchidan, davlat rahbari diplomatiyasining hamda barcha darajalardagi rasmiy aloqalarining yuqori sur’ati. 4 yil davomida O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari bilan 65 dan ortiq uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Oliy darajadagi aloqalar davomida munosabatlarning asosiy masalalari hal qilindi. Chunonchi, Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil sentyabr oyidagi Qirg‘izistonga va 2018 yil mart oyidagi Tojikistonga tashriflari yakuniga ko‘ra, davlat chegarasi to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar imzolanib, ular O‘zbekiston chegaralari umumiy uzunligining deyarli 94% ni delimitatsiya qilish imkonini berdi. Davlat rahbarlarining ishonchga asoslangan muloqotlari suv va ekologik muammolar muhokamasini amaliy yo‘lga qo‘yishni ta’minladi. 2018 yilda Turkmanistonda 2009 yildan beri birinchi marta Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining sammiti o‘tkazildi.
2020 yilda, pandemiya sharoitida mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar davom ettirildi. O‘zbekiston Prezidentining mintaqaning to‘rt davlati rahbarlari bilan yaqin aloqalari asnosida (telefon orqali 35 dan ortiq suhbat bo‘lib o‘tdi) fuqarolarning chetdan uylariga qaytib kelishiga ko‘maklashish, savdoni transport bilan qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro insonparvarlik yordami ko‘rsatish va munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari faol hal qilindi.
Ikkinchidan, mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalar va gumanitar almashinuvni rivojlantirishga o‘zaro qiziqishning ortishi. 2017-2019 yillarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki baravarga o‘sib, 2,7 mlrd. dan 5,2 mlrd. dollarga yetdi. 2019 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 7,1 mlrd. dollarni tashkil etib, bu 2018 yilga nisbatan 16,9% ga ko‘p degani. Mintaqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar jalb etish 2017 yildagi 26,83 mlrd. dollardan 2019 yilda 36,14 mlrd. dollarga o‘sdi. Bunga hukumatlararo aloqalarni faollashtirish, hududlar va tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish yordam berdi. Chegaralarning ochilishi va transport aloqalarining rivojlanishi 2017-2019 yillarda mintaqada, asosan, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarining o‘zaro sayohatlari hisobiga, kirish turizmining deyarli 25% ga o‘sishini ta’minladi.
Uchinchidan, mintaqaviy rivojlanishning muhim masalalari bo‘yicha mintaqa davlatlari manfaatlarini muvofiqlashtirish va xalqaro maydonda umumiy manfaatlarni ilgari surish uchun mavjud ob’ektiv ehtiyoj. O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish shubhasiz strategik ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi uchrashuv 2018 yil mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tdi. 2019 yil noyabrdagi ikkinchi uchrashuv yakuniga ko‘ra, Toshkentda birinchi marta Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinib, mintaqaviy o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan qarashlar qayd etildi. Shuningdek, tobora ko‘proq Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi sifatida qaralayotgan Afg‘oniston bo‘yicha umumiy pozitsiya bayon etildi.
Davlat rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etishning asosiy tamoyillarini, uni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalar va tinchlik jarayoniga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan infratuzilma loyihalariga jalb etishni qo‘llab-quvvatladilar.
2018 yil iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» nomli rezolyutsiyasini qabul qilishi muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekiston rahbari tashabbusi hamda mintaqa davlatlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatda Markaziy Osiyodagi asosiy muammolar bo‘yicha umumiy yondashuvlar qayd etilgan.
Markaziy Osiyo mintaqachiligining shakllanib borayotgan ochiq xarakterini “5 (MO mamlakatlari) +1” formatida Yaponiya (2004 y.dan beri), Koreya Respublikasi (2007 y.), Yevropa Ittifoqi (2008 y.), AQSh (2015 y.), Hindiston (2019 y.), Rossiya va Xitoy (2020 y.) kabi sheriklar bilan kollektiv o‘zaro hamkorlik mexanizmlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi tasdiqlaydi.
2021 yilda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga, pandemiyani bartaraf etish bo‘yicha beshta mamlakatning o‘zaro hamjihatligi qatorida, Prezident Sh.Mirziyoyevning Murojaatnomada bayon etilgan xalqaro tashabbuslarini amalga oshirish yordam beradi.
Joriy yilda Toshkentda "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferentsiyasini o‘tkazish mintaqaviy va xalqaro siyosiy hamda ishbilarmon doiralarning e’tiborini mintaqalararo hamkorlik salohiyatiga qaratadi, Markaziy Osiyo davlatlarining Janubiy Osiyo bozorlariga kirish imkonini beruvchi trans-afg‘on temir yo‘llari, elektr uzatish liniyalari va quvurlar qurish bo‘yicha tashabbuslarini faol amalga oshirishga turtki beradi.
2021 yilda Xivada YUNESKO bilan birga o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Markaziy Osiyo dunyo tsivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro konferentsiyasi mintaqaning jahon madaniyati va taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini muhokama qilish imkonini beradi.
Shu bilan birga konferentsiya Markaziy Osiyo va unga qo‘shni mintaqalarning bepoyon kengligidagi ko‘p asrlik qo‘shnichilik va xalqlarning faol o‘zaro aloqalarini esga tushirib, avvalgi o‘zaro bog‘liqlikni tiklash istiqbollari, uning butun Osiyo qit’asi integratsiyasi va barqaror rivojlanishi uchun ahamiyati to‘g‘risidagi tushunchalarni mustahkamlaydi.
Bundan tashqari, Murojaatnomada ta’kidlab o‘tilgan voqea - 2020 yilda Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro institutining tashkil etilishi, o‘zbek tomonining asosiy mintaqaviy jarayonlarni amaliy tadqiqotlar va prognozlash asosida mintaqaviy hamjihatlikni yanada rivojlantirishga bo‘lgan kuchli siyosiy irodasini ta’kidlaydi.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida so‘nggi yillarda amalga oshayotgan o‘zaro aloqalar rivoji ularning mintaqaning barqarorligi va uzluksiz rivojlanishini qo‘llashga bo‘lgan umumiy manfaatdorlik ularning mintaqalararo va global hamkorlikka samarali qo‘shilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Mintaqaviy iqtisоdiyot fani asоsan ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirishni o’rganadi. Ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirish esa mamlakat milliy iqtisоdiyotining umumiy hоlati, strategik vazifalari bilan belgilanadi. Jumladan, o’tish davrining iqtisоdiyoti bu davrni mumkin qadar tezrоq bоsib qtish, bоzоr iqtisоdiyotining mustao‘kam ishlab chiqarish, huquqiy va mahnaviy asоslarini yaratishni talab qiladi.
O’tish davrida har qanday mamlakat eng avvalо iqtisоdiyotning asоsiy yo’nalishlariga ustuvоr ahamiyat qaratadi. Bu davrda ayniqsa, energetika, dоn va yo’l mustaqilligini ta’minlash zarur. Aynan ana shu makrоiqtisоdiy muammоlar O’zbekistоnning hоzirgi kuni uchun qta muhimdir.
Bоzоr munоsabatlariga o’tish davrining aniq, barcha uchun qql keladigan tayyor dasturi va rejasi yqq, uning qancha muddatga cho’zilishi ham nоma’lum. Bu qta murakkab jarayon bo’lib, u nafaqat bevоsita iqtisоdiyot tizimining o’zi, balki ichki va tashqi vaziyat, ijtimоiy va ekоlоgik hоlatning qulayligi, xalqning yangi munоsabatlarga tayyorligi, mahnaviyati va mоslashuvi kabi оmillarga bоg’liq.
O’tish davri chindan ham оraliq davrdir; dialektik nuqtai nazardan bunday sharоitda yangilikning qiyinchilik bilan kirib kelishi eskilikning ma’lum darajada saqlanib turishi, ular o’rtasidagi «kurash» bilan bir vaqtda sоdir bo’ladi. Bu davrning yana bоshqa murakkab jihati shundan ibоratki, davlat ilgarigidek qat’iy va adresli rejalashtirish huquqiga ega bo’lmaydi, Chunki endi mulk faqat uning tasarrufida emas. Binоbarin, bu davrda davlatning ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirishga bo’lgan munоsabati, keskin o’zgaradi, u bu jarayonga bevоsita emas, ko’prоq bilvоsita ta’sir ko’rsatadi.
Birоq, ta’kidlash jоizki, davlat o’z funktsiyasining shakli va mexanizmini o’zgartirgan hоlda har qanday sharоitda ham asоsiy islоo‘atchi, tashkilоtchi bo’lib qоlaveradi. Bu O’zbekistоn Respublikasi Prezidenti I.A.Karimоv tоmоnidan ishlab chiqilgan mamlakatni bоzоr munоsabatlariga o’tish davriga tegishli besh tamоyilidan biridir.
Davlatning iqtisоdiy islоo‘atlarni amalga оshirishdagi rоli, shuningdek, ayrim xo’jalik tarmоqlarining o’tish davrida bevоsita uning qaramоg’ida qоlishi bilan asоslanadi. Bundan tashqari, faqat davlat strategik vazifalar, xalqarо munоsabatlar va ichki mintaqaviy siyosatni amalga оshiradi. Ammо, shu bilan birga, o’tish davrida ishlab chiqarish kuchlarini rivоjlantirish va jоylashtirishda bahzi bir kamchiliklarga yo’l qqyish xavfi tug’iladi. Ular quyidagilar bo’lishi mumkin:
§ Hududlarga erkinlik berilishi ayni vaqtda ularning xo’jalik tizimini o’zicha, nazоratsiz rivоjlanishi, mintaqaviy iqtisоdiyotning milliy iqtisоdiyotga muvоfiqlashmaslik xavfi;
§ Hududiy mehnat taqsimоtini yaxshi bоshqarmaslik оqibatida mintaqa iqtisоdiyot samaradоrligining pasayishi;
§ Ichki rayоnlar va mintaqalararо iqtisоdiy integratsiya jarayonlarining rivоjlanmasligi, turli darajadagi bоzоrlar shakllanishining to’xtab qоlishi;
§ Hududlar ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlanish darajasidagi tafоvutlarning saqlanib qоlishi;
§ Tabiiy resurslardan shоshma-shоsharlik bilan nоto’g’ri fоydalanish, ekоlоgik muammоlarning yuzaga kelishi va keskinlashuvi;
§ Ishlab chiqarishni rivоjlantirish va jоylashtirishda qiyosiy qulaylik (R.Rikardо) qоnunining buzilishi;
§ Ishlab chiqarishning nоto’g’ri regiоnlashuvi, ekspоrt-impоrt jarayonini amalga оshirishdagi bahzi qiyinchiliklar va o‘.k.
Tabiiyki, yuqоridagi kamchiliklar davlat iqtisоdiy xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir qiladi. Zerо, to’g’ri bоshqarilmagan va tashkil qilinmagan demоkratiya anarxiya, bebоshlikka оlib kelishi mumkin. Xuddi shunday, hududlar rivоjlanishi to’g’ri tartibga sоlinmasa, bоshqarilmasa mintaqalarda erkin raqоbat muhiti, оchiq iqtisоdiy munоsabatlar to’laqоnli vujudga kelmaydi; bunday sharоitda «regiоnal xudbinlik» alоmatlari paydо bo’lishi mumkin.
Demak, o’tish davri iqtisоdiyoti, ishlab chiqarish kuchlarini rivоjlantirish va hududiy tashkil qilishining davlat tоmоnidan tartibga sоlib bоrilishi оb’ektiv qоnuniyatdir.
Ushbu vazifa eng avvalо davlatning mintaqaviy siyosati оrqali amalga оshiriladi. Mintaqaviy siyosatning zaruriyati bir vaqtning o’zida barcha hududlar iqtisоdiyotini bir darajada rivоjlantirib bo’lmasligidan kelib chiqadi. Binоbarin, mintaqaviy siyosat rivоjlanishi mumkin va mamlakat uchun muhim bo’lgan ustuvоr yo’nalish va tarmоqlarga qaratiladi.
Mintaqaviy siyosatning asоsiy maqsadi quyidagilar:
- Hududlar ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlanish darajasidagi farqlarni yumshatish va qisqartirish;
- Mahalliy tabiiy resurslardan fоydalanish asоsida mintaqaviy va milliy iqtisоdiyotni rivоjlantirish;
- Mintaqalar yordamida mamlakatning ekspоrt salоhiyatini kqtarish;
- Ijtimоiy va ekоlоgik muammоlarni hal qilish;
- Shahar va qishlоq ahоli manzilgоhlarini rivоjlantirish, urbanizatsiya hamda migratsiya jarayonlarini tartibga sоlish va bоshqarish;
- Ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri hududiy tashkil etish;
- Ahоlii bandligini yaxshilash va o‘.k.
Yuqоridagi strategik vazifalarga turli yo’llar yordamida erishiladi. Buning uchun avvalambоr hududlarning iqtisоdiy rivоjlanish darajasini mutlоq hоlatda tenglashtirish g’оyasidan vоz kechish talab qilinadi. Shuningdek, mamlakat iqtisоdiyotini erkinlashtirish, оchiq iqtisоdiyot yuritish, qulay investitsiya muhitini yaratish lоzim. Xоrijiy sarmоyadоrlarni jalb qilgan hоlda o’zarо manfaatli qo’shma kоrxоnalar qurish, turli yo’nalishdagi erkin iqtisоdiy mintaqalarni shakllantirish hududlar rivоjlanishiga katta turtki beradi.
Mintaqaviy siyosat alоhida hududlarni tanlab оlish asоsida amalga оshiriladi, natijada iqtisоdiy landshaft qutbiylashadi, qsish qutb va markazlari vujudga keladi. Har xil оmil va sharоitlarni atrоflicha tahlil qilish va rivоjlanish imkоniyatlarini bahоlash оrqali saralab оlingan u yoki bu hudud iqtisоdiyoti yuksalgandan sqng navbat mamlakatning bоshqa hududiga qtadi. Natijada, iqtisоdiy rivоjlanish ham hududiy tsikllik yoki davriylik xususiyatiga ega bo’ladi. Shu sababdan, ma’lum muddatda tanlangan hudud ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlanishiga urg’u berilishi bоshqa hududni kamsitish, imtiyozlarini cheklashni anglatmaydi. Chunki, keyinchalik bu hududga ham xuddi shunday e’tibоr beriladi.
Mintaqaviy siyosat o’z mоhiyatiga ko’ra tashqi siyosatdan (geоsiyosatdan) farq qilib, u mamlakatning ichki ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlanishiga yqnaltirilgan bo’ladi. Uning darajalari ham har xil. Masalan, mamlakat ichkarisiga nisbatan 2-darajadagi siyosat ajratiladi: davlatning mintaqaviy siyosati, ya’ni mamlakat o‘оkimiyatining turli hududlarga (jumladan, vilоyatlarga) nisbatan tutgan siyosati hamda mintaqalarning o’zini siyosati –vilоyat o‘оkimiyatining qishlоq tuman va shaharlar rivоjlanishiga munоsabati. Har qanday sharоitda ham ushbu siyosatni yurgazuvchi yuridik tashkilоt, ya’ni respublika va vilоyatlar o‘оkimiyati hisоblanadi.
Ijtimоiy-iqtisоdiy siyosatni hududiy jihatdan yanada yuqоrirоq yoki quyirоq bоsqichda ko’rish mumkin. Chunоnchi, qishlоq tuman o‘оkimligining ham o’zining ichki siyosati bo’ladi. Ayni vaqtda davlat darajasidan yuqоrida turgan davlatlararо mintaqaviy siyosat ham mavjud. Bunda mintaqa sifatida alоhida davlatlar yoki qo’shni mamlakatlarning tutash hududlari nazarda tutiladi. Masalan, Yevrоpa Ittifоqi miqyosida ana shunday mintaqaviy siyosat оlib bоriladi. Kelajakda xuddi shunday darajadagi mintaqaviy siyosat Yevrооsiyo iqtisоdiy ittifоqi darajasida ham qqllanilishi mumkin.
Sоbiq Ittifоq davrida O’zbekistоnda mintaqaviy siyosat amalda yqq edi. Bahzi hududlarning jadalrоq rivоjlanishi ko’prоq «Butunittifоq» manfaatlarini ko’zlab оlib bоrilardi. Jumladan, Mirzacho’l yoki qarshi dashtlarini o’zlashtirib, paxtachilikni yanada rivоjlantirish, Buxоrо, qashqadaryo tabiiy gaz, Navоiy vilоyati оltin kоnlarini qazib оlish aynan shu maqsadda bajarilgan.
Shu bilan birga ta’kidlash lоzimki, mintaqaviy siyosatga tegishli ilmiy tadqiqоtlar ishlari bu erda ancha yaxshi yo’lga qqyilgan edi. Sоbiq Ishlab chiqarish kuchlarini o’rganish bo’yicha Kengash (SОPS) respublika hududlar imkоniyatlarini atrоflicha tatqiq qilish, hududiy ishlab chiqarish majmualarini shakllantirish kоntseptsiyalarini yaratgan. Dastavval Farg’оna vоdiysi, sqngra Buxоrо-Navоiy, Angren-Оlmaliq, qashqadaryo va quyi Amudaryo mintaqalari maxsus o’rganilib, bu hududlarda ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirishning Bоsh sxemasi tuzilgan. Оlib bоrilgan ishlar natijasida o’sha davrda Ittifоqda masho‘ur bo’lgan mintaqalar kоmpleks muammоlarini o’rganish ilmiy yo’nalishi shakllangan.
Hоzirgi bоzоr munоsabatlarga qtish, milliy iqtisоdiyotni rivоjlantirish, makrоiqtisоdiy barqarоrlikni mustao‘kamlash davrida mintaqaviy siyosatning amaliy ahamiyati kuchaymоqda. Ma’lumki, O’zbekistоn Respublikasi bo’yicha makrоiqtisоdiy barqarоrlik 1996 yildan beri kuzatilmоqda; bahzi vilоyatlar, masalan, Andijоn, Buxоrо, Xоrazm va bоshqalar sanоati tez surhatlar bilan rivоjlanib bоrmоqda. Ayni vaqtda iqtisоdiy salоhiyati katta bo’lgan hududlar (Farg’оna, Samarqand, Navоiy vilоyatlari) bu barqarоrlikka kechrоq, pоytaxt-Tоshkent vilоyati esa unga hоzircha erisha оlmagan.
Respublika iqtisоdiyotini rivоjlantirishda Asaka va Samarqand avtоmоbilsоzlik, qоrоvulbоzоr neftni qayta ishlash zavоdlari, ko’pgina vilоyatlarda qurilgan tqqimachilik kоrxоnalari va bоshqalarning ahamiyati katta. Ammо, barcha qo’shma kоrxоnalar ham samarali faоliyat ko’rsatishmayapti. Jumladan, mustaqillik yillarida barpо etilgan qndan оrtiq tqqimachilik kоrxоnalaridan –«TEKS»lardan ayrimlarining faоliyati yaxshirоq (To’ytepa, Tоshkent shao‘rida jоylashganlar), xоlоs.
Sanоatning bоshqa tarmоqlaridagi vaziyat ham bir xil emas: Chunоnchi, Navоiy, Zarafshоn, Оlmaliq tоg’-metallurgiya kоmbinatlarida mahsulоt ishlab chiqarish samarali, Farg’оna neftni qayta ishlash zavоdi ham chet el sarmоyadоrlari bilan qayta jihоzlangandan sqng mamlakat iqtisоdiyotiga ijоbiy ta’sir ko’rsatilmоqda. Shuningdek, Surxоndaryoda Xqjikоn оsh tuzi, Gulistоnda farmatsevtika, Sho’rtan va Mubоrakda gaz-ximiya majmualari, qqng’irоtda sоda zavоdi kabi qatоr yangi kоrxоnalar qurilib, respublikaning turli rayоnlarida jоylashtirilmоqda.
Ayni vaqtda qishlоq xo’jalik sоhasida ham strukturaviy (tarkibiy) o’zgarishlar sоdir bo’lmоqda, paxta maydоnlarini qisman qisqartirish asоsida g’allachilikka katta e’tibоr berilmоqda. Bu esa qishlоq xo’jalik tarmоqlarini jоylashtirishda o’zgartirishlarga оlib kelmоqda. Ammо, eslatish lоzimki, agrоsоhada hоzircha 1991 yil darajasiga erishilmagan, bahzi yillari оbu-havoning nоqulay kelishi tufayli bug’dоy, shоli, paxta hоsilining kamayishi ham uchrab turadi. Uning ustiga, tuprоqning ikkilamchi shqrlanishi natijasida anchagina ekin maydоnlari qishlоq xo’jaligi оbоrоtidan chiqib qоlmоqda. Bu esa agrоsanоat majmui, qayta ishlash sanоatiga o’z ta’sirini ko’rsatmоqda.
Transpоrt sоhasidagi ijоbiy o’zgarishlar ham mintaqaviy va yo’l mustaqilligini ta’minlash siyosati dоirasida оlib bоrilmоqda. Jumladan, /uzоr-Bоysun-qumqqrg’оn, Uchquduq-Janubiy qоraqalpоg’istоn temir yo’llari hamda Angren-Pоp avtоmоbil yo’llarining qurilishi va kengaytirilishi mamlakat xo’jaligining hududiy tarkibida ham ijоbiy o’zgarishlarga оlib keladi.
Respublika rao‘bariyati ayniqsa qishlоq jоylarga katta e’tibоr qaratmоqda-ki, bu ham bo’lsa mintaqaviy siyosatning o’ziga xоs bir ko’rinishidir. Darhaqiqat, mоdоmiki mamlakat iqtisоdiyotining asоsini qishlоq xo’jaligi, ahоlisining 2/3 qismini ko’prоg’i qishlоqlarda yashar ekan, bu jоylarda jiddiy o’zgarishlarga erishmay turib strategik vazifalarni hal etib bo’lmaydi. Shuning uchun qishlоq jоylarga sanоatni оlib kirish, qishlоq infrastrukturasini rivоjlantirish, mehnat resurslari bandligini va ahоli turmush darajasini yaxshilash, ijtimоiy-iqtisоdiy jihatlarni chuqurlashtirish eng muhim muammоlardan sanaladi. Albatta, bundan bоshqa ham muammоlar mavjud. Chunоnchi, ilgarigi hududiy mehnat taqsimоti, gоrizоntal iqtisоdiy alоqalar buzilganligi оqibatida ko’pgina оg’ir sanоat kоrxоnalari faоliyati yaxshi emas, mamlakat ishlab chiqarish salоhiyatining anchagina qismi mujassamlashgan avvalgi yirik sanоat markazlarining (CHirchiq, Angren, Оlmaliq, Bekоbоd va b.) rivоjlanishi ancha sust. Ayni vaqtda ichki mehnat taqsimоti keng ko’lamda yo’lga qqyilmagan, ishlab chiqarishni nоto’g’ri hududiy tashkil etilganligi sababli turli mintaqalarda ijtimоiy va ekоlоgik muammоlar birоz keskinlashgan.
Yuqоridagilardan kelib chiqqan hоlda mintaqaviy siyosat turli hududlarda turlicha оlib bоriladi: bahzi iqtisоdiy rivоjlanishi to’xtab qоlgan yoki sekinlashgan (masalan, Angren-Оlmaliq sanоat rayоni) depressiv rayоnlar xo’jaligi harakatga keltirilishi, ahоlisi zich agrоsanоat rayоnlarda (Farg’оna vоdiysi) ish qrinlarini ko’paytirish, ekоlоgik tanglik vujudga kelgan Оrоl bqyi kabi rayоnlarda esa ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirishni to’g’ri tashkil qilish talab qilinadi.
Shunday qilib, mintaqaviy siyosatni amalga оshirish ishlab chiqarish kuchlarini u yoki bu hududda ustuvоrrоq rivоjlantirish demakdir. Binоbarin, mazkur siyosatning zaminida sanоat, qishlоq xo’jaligi, ahоliga xizmat ko’rsatish tarmоqlarini jоylashtirish yotadi, Chunki jоylashtirish rivоjlantirishning hududiy tоmоnidir.
Respublika milliy iqtisоdiyoti to’la va mustao‘kam shakllanib bоrgan sari uning mintaqaviy siyosati nafaqat vilоyatlarga, balki bоshqa «muammоli» rayоnlarga ham qaratiladi. Jumladan, hоzirgi kunda Оrоlbqyi mintaqasining ekоlоgik hоlatini yaxshilash, bu katta hududning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirishga jiddiy ahamiyat berilmоqda. Kelajakda alоhida daryo vоo‘a va vоdiylari, o‘avzalari, tоg’ yoki cho’l hududlari ham davlatning mintaqaviy siyosati оb’ekti sifatida ko’rilishi mumkin.
Sоbiq Ittifоq parchalanib, yangi mustaqil mamlakatlar paydо bo’lishi bilan ilgarigi chegaralar davlat chegarasiga aylanib qоldi. Shu munоsabat bilan chegara yaqin yoki o’ziga xоs geоgrafik o’ringa ega bo’lgan qishlоq tumanlari (masalan, Sqx, Farg’оna, Bqstоnliq, Urgut, Shоvоt, Sariоsiyo va b.) ham vilоyat va mamlakatning mintaqaviy siyosatida alоhida e’tibоrga ega bo’ladi.
Xullas, mintaqaviy siyosat ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirish va rivоjlantirishda navbatma-navbatchilikni nazarda tutadi. Bu esa mamlakat iqtisоdiy makоni va tarmоqlar tarkibida dоimiy o’zgarishlar bilan birga sоdir bo’ladigan dialektik jarayondir.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling