Mavzu: mintaqalar aholisi va mehnat resurslari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu mintaqalar aholisi va mehnat resurslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
3.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish Bugungi milliy istiqlol va bozor munosabatlari sharoitda aholining tabiiy ko’payishi va chetdan kelayotganlar salmog’ining kattaligi tufayli mehnatga yaroqli kishilarning mutloq soni ortib, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish va undan oqilona foydalanish masalalari yuzaga kelmoqda. Qo’shimcha ish joyi yaratish sur’ati mehnatga yaroqlilarning ko’payish sur’atidan ortda qolayotganligi esa respublikamizda bu muammoni tezda bartaraf etishni tarixiy zaruriyat sifatida ilgari surmoqda. Paxta, pilla, qorako’l etishtirish, tabiiy gaz ishlab chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo, paxtachilikni yalpi mexanizatsiyalashga xizmat qiladigan mashinasozlik sanoati kabi tarmoqlarni yuksaltirish uchun respublikamizning o’zida ish kuchlari etarli. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov “Respublikamiz boshqa mintaqalar xavas qilsa arziydigan ming-minglab ish kuchlariga, avloddan- avlodga o’tib kelayotgan mehnatsevarlik, insonparvarlik, bag’rikenglik, bardoshlilik singari ma’naviy boyliklarga egadir” degan edi. Mehnatga yaroqlilar sobiq Ittifoqda respublikalararo ham ayirboshlanar edi. Juladan, kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika, to’qimachilik, binokorlik va kon sanoati korxonalariga asosan Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadan kadrlar jalb etilar edi. Bu nomaqbul jarayon tub joy aholisining zamonaviy ixtisosliklarni egallashlari uchun birmuncha to’siq bo’lib xizmat qilgan. Bugungi kunda esa respublikamizda milliy kadrlar tayorlash dasturiga asosan zamonaviy ilm-fan yutuqlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislar tayyorlanib moddiy ishlab chiqarishga jalb etilmoqda. Shu boisdan ham hozir respublikamiz qudratli mehnat salohiyatiga ega. Mehnat resurslarining shakllanishi, avvalambor yuqorida ko’rib o’tilgan aholining yosh-jinsiy tarkibi orqali aniqlanadi. Sababi uning o’zgarishi nafaqat mehnat resurslarida, balki jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida ham o’z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda respublikamizda mehnatga yaroqli aholi soni 1990 yilda 10,0 mln. kishi, 1996 yilda esa 11,4 mln. bo’lsa, 2015 yilda 17,7 mln. kishini tashkil etdi 6 Tabiiy o’sish yuqori bo’lgan O’zbekiston aholisi tarkibida yosh avlod salmog’ining ko’p bo’lishi, o’z navbatida, mehnat yoshidagi aholi salmog’ining nisbatan kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga, tabiiy o’sishning yuqoriligi unda mehnat resurslari sonini doimo ko’payib borishini ta’minlaydi. Ma’lumki, mehnat yoshidagi butun aholi ishlab chiqarishda turli sabablarga ko’ra ishtirok etolmaydi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish, armiya xizmatini o’tash, ishlashga salomatligi yo’l bermasligi kabi ob’ektiv sabablardan tashqari, turli sub’ektiv sabablarga ko’ra ham ba’zilari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmasligi mumkin. Ko’p bolali onalarning oilada bola tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lishlari, shuningdek, shaxsiyxo’jalik yumishlari bilan bandligi O’zbekistonga xos bo’lgan sub’ektiv xususiyatlar bo’lib, mehnat resurslaridan foydalanish me’yorini hisobga olishda bu xususiyat e’tibordan chetda qolmasligi lozim. O’zbekiston ko’p bolali oilalar salmog’ining kattaligi bilan ham xamdo’stlik davlatlarida ajralib turadi. Ko’p bolalar ko’rib, ularni voyaga etkazish va tarbiyalash esa jamiyat uchun foydali mehnat xisoblanadi. Keyingi yillarda respublikamizda sanoatning mashinasozlik va metalsozlik, kimyo, elektrotexnika kabi texnika taraqqiyotini ta’minlovchi sohalari jadal rivojlanib bormoqda. Mutanosib ravishda mazkur tarmoqlarda mehnat qiluvchilarning soni butun sanoatdagiga nisbatan yuqori sura’tlar bilan o’sib bormoqda. Ammo shunga qaramay sanoat, toransport va aloqa tarmoqlarida band aholi salmog’i respublikamizda xamdo’stilik mamlakatlaridagi o’rtacha ko’rsatkichlardan ancha past. Bu tarmoqlarda xalq xo’jaligida band bo’lgan aholining salmog’i mutonosib ravishda 12,8 va 5,3%ni tashkil qiladi. Buning sabablari bor. Birinchidan Respublikaning qulay tabiiy iqlim sharoiti qishloq xo’jaligining sermehnat tarmog’i xisoblangan paxtachilikni keng ko’lamda rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa, o’z navbatida, mehnatda band bo’lgan kishilarning katta qismini qishloq xo’jaligiga bog’lab qo’yadi. Ikkinchidan, Oktyabr to’ntarishidan avval bu erda sanoat mehnati deyarli yo’q darajada edi. Aholining mehnat malakalari ham asosan qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan. Hatto hozirgi kungacha ham mahalliy millat yoshlarini sanoat mehnatiga jalb qilishning murakkabligi ularni qishloq xo’jalik sohalarida ishlashni avzal ko’rishlari bejiz emas. O’zbekiston mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan olib qaraganda quyidagi 3 guruga ajratilishi mumkin: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling