Mavzu: mintaqalar aholisi va mehnat resurslari


-guruh - Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax,  Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari.  2-guruh


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1528174
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu mintaqalar aholisi va mehnat resurslari

1-guruh - Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax, 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. 
2-guruh - Andijon, Namangan, Farg’ona va Xorazm viloyatlari 



3-guruh - Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlar. 
Bu guruhlarning mehnat resurslari nuqtai nazaridan xususiyatlari quyidagicha. 
Birinchi gurux viloyatlari O’zbekiston hududining juda katta qismini (86%)ni egallab 
uning katta maydonlari xali kam o’zlashtirilgan. Bu viloyatlar va Qoraqalpog’iston 
respublikasi katta xom ashyo zahiralariga ega, ularni sanoat va qishloq xo’jalik 
maqsadlarida o’zlashtirish istiqbollari katta. Bu guruh viloyatlarida asosan mahalliy 
mehnat resurslaridan foydalaniladi va respublikaning boshqa hududlaridan ham ishchi 
kuchi jalb etilish imkoniyati mavjud. 
Ikkinchi guruhga kiruvchi viloyatlarida aholi bir muncha zich joylashgan. Bu 
viloyatlarda ayniqsa ularni qishloq joylarida hamda o’rta va kichik shaharlarida ishga 
jalb qilinmagan ish kuchlari mavjud. Bu gurux viloyatlaridagi ortiqcha ish kuchidan 
ishlab chiqarishda keng foydalanish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur mehnat 
resurslari joylashgan shahar va qishloqlarning o’zida yangi ishlab chiqarish quvvatlari 
(ish joylari) barpo qilish bilan birga yoshlarning ma’lum qismidan respublikaning 
boshqa viloyatlarida, jumladan yangi o’zlashtirilayotgan erlarda foydalanish mumkin. 
Uchinchi gurux viloyatlari va poytaxt – Toshkent shahri sanoat eng yuqori 
darajada rivojlangan mintaqa bo’lib, unda mehnat resurslaridan foydalanish 
samaradorligi juda yuqoridir. Bu gurux viloyatlari o’zlarining mehnat resurslariga 
bo’lgan ehtiyojlarini kelajakda ham mavjud aholining tabiiy o’sishi hisobiga hamda 
mehnat resurslarini tarmoqlararo qayta taqsimlash hisobiga to’la qondirishi mumkin. 
4.Mintaqalarda mehnat bozori va uni tartibga solish masalalari 
Mehnat bozori bozor infratuzilmasida ishchi kuchini yollash va undan 
foydalanish bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat munosabatlari majmui bo’lib,
mehnatga bo’lgan talab va taklifda o’z ifodasini topadi.
Ma’lumki, mehnat bozorida uchta sub’ekt faoliyat ko’rsatadi: ish beruvchi, 
yollanma ishchi va davlat. Agrar mehnat uzoq vaqt rejalashtirilgan iqtisodiyot 
sharoitida amalga oshirilishi natijasida qoloq professional iqtisodiyot, past mehnat 
unumdorligi hamda ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning muvozanatsizligi 
oqibatilari girdobida bo’lishi mehnat motivatsiyasi pasayib ketishiga olib keldi. Bu esa, 
ishchi kuchining sun’iy tanqisligini yuzaga keltiradigan yuqori mehnat sig’imi natijasi 
bilan bog’liq. Shu munosabat bilan rejalashtirilgan iqtisodiyot sharoitida davlat 
monopolist sifatida ish haqining sun’iy pasaytirilgan darajasini qo’llab-quvvatlashni 
ma’qul ko’rdi, chunki bu u yuritayotgan siyosatini asosiy vositalaridan biri edi.



Mehnat bozorini o’rganish jarayonida quyidagilar juda muhim hisoblanadi: 
«iqtisodiy muvozanat» tushunchasi, mehnat bozori segmentatsiyasi, bandlik hajmining 
belgilanishi.
Mehnat bozoridagi iqtisodiy muvozanatning mohiyati quyidagilardan iborat: 
talab, taklif, ishchi kuchi bahosi va raqobat. Ishchi kuchiga bo’lgan talabning hajmi 
hamda mehnat resurslariga bo’lgan talabning hajmi mehnat resurslariga bo’lgan talab 
va ularning bahosiga bog’liq. Taklif esa, asosan, demografik xususiyatlarga asosan 
belgilanadi.
Mehnat bozorning asosiy ko’rsatkichlaridan biri raqobat quyidagicha 
belgilanishi mumkin: agrar talab va taklifning solishtirilish jarayonida taklif talabdan 
ko’proq bo’lsa, demak, raqobat mavjud bo’ladi. Uni ta’minlash uchun esa, birinchi 
navbatda tovar ishlab chiqaruvchilarda erkinlik bo’lishi lozim.
Mehnat bozoridagi iqtisodiy muvozanat shunday holatki, unda talab, taklif 
va ishchi kuchi bahosi egri chiziqlari bir nuqtada bir-birlarini kesib o’tadi. Egri 
chiziqlar bir-birlarini kesib o’tadigan nuqta esa, mehnat bozoridagi iqtisodiy 
muvozanat nuqtasi hisoblanadi. Lekin, bozorning bunday holatda bo’lishi juda 
kamdan-kam uchraydi. Bu bozor sharoitlaridagi iqtisodiyotning iqtisodiy muvozanatda 
emasligidan dalolat beradi. Mehnat bozoridagi iqtisodiy muvozanatda talab, taklif va 
ishchi kuchining qaysi holatida ishsizlik, qaysi holatida ishchi kuchi etishmasligi 
kuzatiladi. Bunda mehnat bozorini boshqarishga bo’lgan ishchi kuchining 
muvozanatlashganini baholash juda katta rol o’ynaydi.
Bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan, ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi 
muvozanatlashgan narxdan yuqori o’rnatilganda taklifning talabga nisbatan ko’pligi 
paydo bo’ladi, talab oshgan sari ish haqi ham oshadi, talab kamaygani sari esa, ish haqi 
ham kamayadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, respublikadagi past darajali mehnat 
ta’minotiga ega bo’lgan xo’jaliklarda mehnat natijalari erkinligining yo’qligi past 
daromad olinishiga sabab bo’ldi. Bu esa ularga ishchi kuchini takror ishlab chiqarish 
imkoniyatini bermaydi. Ayni shu sabablarga ko’ra, ushbu xo’jaliklarda ishchi kuchi 
tanqisligi sun’iy yo’l orqali paydo bo’ladi. Ishchi kuchi bilan yuqori darajada 
ta’minlangan xo’jaliklarga xos bo’lgan daromad olish tendentsiyalari ayni ishchi kuchi 
bilan past darajada ta’minlangan xo’jaliklarga xos bo’lgan tendentsiyalar bilan bir xil, 
faqat ikkinchi holatda ishchi kuchi ta’minoti bahosi va talabi ko’payishiga imkoniyat 
bo’lmaydi. Shuning uchun ham, bunday xo’jaliklarda ishchi kuchining ortiqchaligi
yoki yashirin ishsizlik mavjud. 
Mehnat bozoriga tegishli bo’lgan muhim masalalardan biri bandlik hajmini 
aniqlashdir. Bozor klassik nazariyasiga muvofiq, bandlik hajmi yalpi talab va yalpi 



takliflarning kesib o’tish nuqtasi orqali aniqlanadi. Ayni shu nuqtada kutilgan 
tadbirkorlik foydasi maksimal darajada bo’ladi. Bandlik hajmining o’sishi aholining 
iste’mol qilishga moyilligiga hamda ish joylarining ko’payishi uchun kerak bo’lgan 
investitsiyalar hajmiga bog’liq. Yalpi daromad o’sishi bilan iste’mol qilish ham o’sadi, 
shuningdek, jamiyatning yalpi investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan harajatlari ham 
oshadi.
Mehnatga bo’lgan talab miqdorini aniqlash uchun cheklangan mehnat 
unumdorligi egri chizig’i bilan real ish haqi egri chizig’i bir-birini kesib o’tishi 
mehnatning maksimal foyda olishni ta’minlovchi miqdorini ko’rsatadi. 
Agrar ishlab chiqarish sohasidagi ishsizliklarning maqomini aniqlash ham 
muhim masalarga kiradi. Ma’lumki, qishloq joylarda yashovchi ishchilarning deyarli 
har biri tomorqa xo’jaligiga ega bo’lib, bunday xo’jalik qishloq oilasi yalpi 
daromadining 40 – 60 foizini beradi hamda ishchi kuchining qisman takror ishlab 
chiqarilishi va ikki tomonlama bandlikni ta’minlaydi. Shaxsiy tomorqa xo’jaligiga 
egalik qiluvchi va ijtimoiy qishloq xo’jaligidagi ichidan mahrum bo’lib qolgan ishchini 
ishsiz deb ta’riflash va uni ishsizlik bo’yicha nafaqa olish uchun mehnat birjasida 
ro’yxatga olish to’g’rimi?
Agar to’g’ri bo’lsa, shaxsiy tomorqa xo’jaligida band bo’lgan ishchiga 
xususiy tadbirkor maqomi berilishi e’tiborga olinishi kerak. 
Tarkibiy segmentatsiya tashqi bozorni regional va mahalliy bozorlarga 
taqsimlashdan iborat. Omilli segmentatsiya esa, asosan ichki bozorga taalluqlidir. 
Bizning fikrimizcha, ikki bozordagi segmentatsiya ham birinchi navbatda quyidagilar 
bo’yicha amalga oshirilishi lozim malaka bo’yicha; mulkchilik bo’yicha; ma’lumot 
bo’yicha; ish haqi bo’yicha; yosh jihatidan va boshqalar.
Bundan tashqari, ichki bozor birlamchi va ikkilamchi bozorlarga 
taqsimlanadi. Birlamchi mehnat bozori barqaror bandlik va ish haqining yuqori 
darajasi bilan belgilanadi. U asosan, ma’lumoti va malakasi yuqori darajada bo’lgan 
ishchilardan iborat. Ikkilamchi mehnat bozori esa, bandlik darajasining beqarorligi, 
ishchi kuchi bahosi va malakasining past darajasi bilan belgilanadi.
O’tish davri iqtisodiyoti oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat 
bozorini shakllantirish va samarali rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo, ijtimoiy va 
iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan ongli ravishda foydalanish 
zarur.
Ma’lumki, taraqqiyot sohibi bo’lib xizmat qiluvchi inson – jamiyatning 
asosiy ishlab chiqarish kuchidir. U bir vaqtning o’zida moddiy boyliklar va 


10 
xizmatlarning ishlab chiqaruvchisi va iste’mol qiluvchisi bo’lganligi sababli, aynan 
uning tufayligina «ishlab chiqarish - iste’mol» tizimida muvozanatga erishiladi.
Faqat kishi ehtiyojini juda muhim deb bilgan va u samarali takror ishlab 
chiqarilishini ta’minlagan jamiyatgina eng yuqori taraqqiyotga erishadi. Jamiyatning 
boshqa barcha vositalari: mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish va ilmiy salohiyat, 
moliya, narxlar va hokazalar ushbu asosiy maqsadga bo’ysinishi kerak. Bu degani, 
bugungi bozorga qarab iqtisodiy tizim harakatini to’g’ri mo’ljalga olmoq o’tish davrini 
tezlatmoq yoxud sekinlashtirmoqdir.
Mehnat erkinligi va ixtiyoriyligi mehnat bozori shakllanishining asosiy 
shartidir.
Shu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir 
ko’rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqtisodiy va huquqiy 
shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni quyida batafsilroq ko’rib chiqamiz. 
Mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy sharti bo’lib yollanma 
xodimlarni o’z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning 
ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi.
Bu o’rinda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’ektlar o’zaro almashuv 
munosabatiga kirishishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, buning orasida 
esa shaxsiy iste’molchilik yotadi. 
Ular ham o’z navbatida qayta takror ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-
iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojini ifodalaydi.
Mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi 
muvozanatga erishish uchun o’zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli 
sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo’lishlarini taqazo etadi.
Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy 
zaruriyat nuqtai nazaridan bog’langan hamda bir-birlariga qaram bo’lsalar ham bir-
birlariga qarashib turadilar. 
Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasida bozor muvozanatiga erishish mehnat 
bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo 
bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga 
layoqatli aholi sonining talab miqdoriga nisbatan tez o’sishidir. Iqtisodiyotning barcha 
sektorlaridagi tarkibiy o’zgarishlar hozirgi sharoitda mehnat bozorida ishchi kuchiga 
talab va taklifning yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlardan 
hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarida yangi ish joylari yaratish 
va hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat o’zgarishlarini asoslab beradi. 


11 
Bunday sharoitlarda bir tomondan, mehnat bozorining yangi infratuzilmasi ko’p sonli 
mehnat talab qiladigan tarmoqlar va ishlab chiqarish bo’g’inlarini qamrab olsa, boshqa 
tomondan iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida bozor munosabatlarini vujudga 
keltiradi va rivojlantiradi.
Ishchi kuchi narxining o’zgarishi mehnat bozori shakllanishining muhim 
iqtisodiy sharti hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish amalga oshirilayotgan 
mamlakatlarda ish haqi haqiqiy darajasining pasayish tendentsiyasi kuzatiladi. Nazariy 
jihatdan bunday vaziyatda ish haqini qiyomatidan pastroq belgilash uchun qulay 
imkoniyatlar yaratiladi. Ammo bunday imkoniyatlardan foydalanishni davlat 
qonunchilik yo’li bilan «to’sib qo’yish»ga harakat qiladi. Shu maqsadda minimal ish 
haqi va kun kechirish uchun zarur miqdor darajasi rasmiy ravishda belgilanadi. Bunday 
holda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti normal faoliyat ko’rsatgan minimal 
ish haqi kun kechirish uchun zarur miqdor darajasidan kam bo’lmasligi kerak. Mehnat 
bozori konyunkturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari orasida yollanma 
xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko’rsatkichlarini oshirish etakchi o’rin egallaydi.
Agrosanoat kompleksi va xizmat ko’rsatish tarmoqlari ko’lamlarining 
kengayishi, ularning intensiv rivojlanishi, o’z vaqtida moddiy-texnik va moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlanishi, mehnatkashlar qayta tayyorgarlikdan o’tishini va yangi 
zamonaviy kasblarni (universal ishchi va xizmatchi, tadbirkor, menejment, marketing 
va hakozo) egallashlarini talab qiladi.
Demografik shart-sharoitlar ishchi kuchi taklifining shakllanishiga turlicha 
ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yuqori darajadagi tug’ilish mehnat bozoriga aholi oqimi 
kelishini asoslaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi 
(kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy 
sharti hisoblanadi. G’arb mutaxassislarining mehnat huquqi bo’yicha ilmiy ishlarida 
mehnat shartnomasi «xodimni ish haqi evaziga mehnat qilish majburiyatini olish va 
huquqiy bo’ysunishi mavjudligi haqidagi kelishuv» sifatida ifodalanadi. Shartnoma 
xususiy-huquqiy xaridorlarning turlicha ko’rinishi bo’lib, unga nisabatn fuqarolik 
huquqiga xos me’yorlar, qoidalar, kontseptual konstruktsiyalarni qo’llash 
imkoniyatlari va zaruriyatini asoslaydi.
Aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi bozor 
munosabatlariga erishishni bildiradi. Bunday holda ishsizlikning yo’l qo’yilishi 
mumkin (tabiiy) darajasi vujudga keladi. 
Bunday muvozanat ish beruvchilar va «mehnatga qobiliyatli» kishilarning 
iqtisodiy manfaatlari eng muqobil darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda 
ishchi kuchiga kasb-malakali tayyorgarligi bo’yicha mos narxlar belgilanadi. Xuddi 


12 
shular tufayli aholining oqilona bandligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi 
kuchi qiymati asosida «mehnat qilish qobiliyati»ni bozorda sotish uchun taklif 
qilinganlarning turmush darajasi shakllanishi kam ta’minlanadi.
Respublikamizda aholi bandligi shakllanishiga hali to’la erishilgani yo’q. 
Bunga quyidagilar asosiy to’siq bo’lmoqda: davlat mulkini xususiylashtirish 
samaradorligining past darajasi; iqtisodiyotda tub tarkibiy islohotlar va ishlovchilar 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarichida bo’lishining sekinligi; mehnat haqi uning yakuniy 
natijalaridan uzilib qolishi; ish joylarining past sifatli moddiy-texnik jihozlar bilan 
ta’minlanishi; mehnatga qobiliyatli o’smirlar, ko’p bolali ayollar, nafaqaxo’rlar va 
nogironlar faoliyatining etarlicha rag’batlantirilmaganligi; ishchi kuchi taklifi unga 
bo’lgan talabga nisbatan ko’proq o’sayotganligi; bo’sh ish joylari haqida ishonchli 
axborotlar kamligi va mehnat bozorini samarali tartibga solish mexnizmi 
takomillashmaganligi. Ular orasida davlat mulkini xususiylashtirish va xalq xo’jaligi 
tarmoqlarini tarkibiy isloh qilish etakchi o’rinni egallaydi. 
Vakant (bo’sh) lavozimlar va ish joylari mavjudligi haqida ishonchli 
axborotlarning kamligi band bo’lmagan aholini ishga joylashtirishni qiyinlashtiradi. 
Statistika idoralari faqat sanoat korxonalari va xizmat ko’rsatish ob’ektlaridagi ish 
joylarining miqdori va tuzilishi bo’yicha axborotlar to’plash va ularni tahlil qilish bilan 
shug’ullanadi. Amalda sinalgan metodika yo’qligi tufayli qishloq xo’jaligi ish 
joylarining soni haqidagi axborotlarni yig’ish amalga oshirilmaydi.
Bular va mehnat bozorida munosabatlarni tartibga solishning samarali 
mexanizmi mavjud emasligi aholining oqilona bandligi shakllanishiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Mavjud mexanizm esa oqilona bandlik shakllanishining asosiy shart-
sharoitlarini to’liq hisobga olmaydi. Takomillashtirilgan yangi mexanizm esa quyidagi 
asosiy shart-sharoitlarning ta’sirini tartibga solishi lozim: ishchi kuchiga talabning 
oshishi va unga taklifning kamayishi, yollanma ishchi kuchiga mehnat haqi (narxi)ning 
eng past miqdorini aholi jon boshiga to’g’ri keladigan minimal iste’mol byudjetidan 
kam bo’lmagan holda belgilash; mehnatga qobiliyatli o’smirlar, nafaqaxo’rlar, ko’p 
bolali ayollar va nogironlar bandligini oshirishni rag’batlantirish; ishsizlarning 
malakasi, 
raqobat 
qobiliyati 
va 
rentabelligini 
oshirish; 
bandlik 
xizmati 
infratuzilmasining samarali rivojlanishini ta’minlash va boshqalar. 
Bozor munosabatlariga o’tishda ayol ishsizligining o’sishi ko’pgina sabablar 
bilan izohlanadi. Ulardan eng muhimlari –ayol mehnatini qo’llash uchun ish joylari 
etishmasligi; qishloq xo’jaligi ishlarida qo’l mehnati salmog’i yuqoriligi; 
yollanuvchilar malakasi darajasi va safarbarligi pastligi. Bular qishloq xo’jaligiga oid 


13 
bo’lmagan mehnat bilan bandlikni murakkablashtiradi. Shuning uchun mehnat 
bozorida ayol ishchi kuchiga talab erkak ishchi kuchiga talabga qaraganda ancha kam.
Respublikamizda ayollar bandligini oshirishga yo’naltirilgan kompleks 
tadbirlarni o’tkazish lozim. U o’z ishiga ko’p bolali va yosh qizlar uchun yangi ish 
joylarini yaratish, ayollarni bolaga qarash davridan keyin kasbiy moslashtirish va 
ishlab chiqarishga qaytarish, bolasi bor ayollar malakasini oshirish uchun maxsus 
kurslar tashkil qilish, ayol mehnati sharoitini yaxshilash uchun sarmoyalar jalb qilishni 
rag’batlantirish kabi tadbirlarni qamrab olishi kerak. Oqilona bandlikni 
shakllantirishning barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi 
mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor 
muvozanatiga erishish; qishloq xo’jaligi bo’lmagan ish joylarini ko’paytirish; iqtisodiy 
faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; mehnat unumdorligining o’sishini 
ta’minlash; qishloq aholisining mehnat daromadlarini ko’paytirish; ishsizlikni 
kamaytirish va boshqalar. 
Mazkur mezonlar quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va 
yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; aholi jon 
boshiga ishlab chiqarilgan YaIMning hajmi; mahalliy va jalb etilgan mehnat 
resurslarining soni; aholining migratsion oqimi; mehnatning fond va energiya bilan 
qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining hajmi; mehnatga layoqatlilarning har 
biri uchun aholi er yuklamasi; o’rtacha yillik ish haqi; aholining uy-joy bilan 
ta’minlanishi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; sanoat 
korxonalaridagi asosiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan shaxslar va ishsizlik soni 
hamda ularning nafaqasi miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy 
infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli shakllari, 
mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va h.k.lar
O’zbekiston hududlarida demografik rivojlanish sur’atining pasayishi 
kuzatilmoqda. Bunga asosan tug’ilish darajasining pasayishi sabab bo’lmoqda. Biroq 
bu pasayish mehnatga yaroqli aholi sonining umumiy aholi sonidagi salmog’i o’sish 
sur’atini hisobga olganda, ijobiy rivojlanish sifatida baholanishi mumkin. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling