Mavzu: Mirzo Ulug‘bek
Download 60 Kb.
|
MA\'NAVIYAT ULUG\'BEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS YAKUNI
SANA ______ _________________ SINF ________________________ MAVZU: Mirzo Ulug‘bek MAQSAD: O’zaro erkin muloqotga o’rgatish DARS TURI: suhbat, bahs-munozara Mirzo Ulug‘bek Muhammad ibn Tarag‘ay yaxshi sarkarda, bahodir jangchi, yirik davlat arbobi, adolatli shoh, jahon tan olgan nazariyotchi va amaliyotchi donishmand alloma, qonunshunos, talantli me’mor, butun umrini xalq yo‘lida, haq yoiida, ilm-u urfon, madaniyat yo‘lida sarf qilgan, o‘z jonini ham fido qilgan xalq qahramoni, olim-u fuzalolaming eng yaqin do‘sti va homiysi, oqil, kamtarin, buyuk inson edi. Temurzoda Shohrux Mirzoning katta o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay hijriy 796-yil jumodil avval oyining 19-sida (milodiy 1394-yili 22-mart) yakshanba kuni Amir Temurning „besh yillik yurish“i paytida Iraqi Ajamning Sultoniya shahrida dunyoga keldi. Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim chig‘atoyning turkiy amirlaridan G‘iyosiddin Tarxonning qizi edi. Mirzo Ulug‘bekning ilk yoshligi buvisi Saroymulkxonim tarbiyasida Qorabog‘da o‘tgan bo‘lib, dastlabki ma’lumotni buvisidan olgan. Harbiy ilm sirlarini esa jang-u jadallarda bobosidan o‘rgangan. 1404-yili Samarqandga qaytib kelganidan keyin bobosi Samarqand yonidagi Cho‘ponota tepaligi yaqinidagi Konigil oromgohida katta to‘y qilib, uni Muhammad Sultonning qizi o‘gay bekaga uylantirib qo‘ydi. U shu yerda madrasada o‘qib, o‘z bilimini oshirdi. Otasi Shohrux unga Toshkent, Sayram, Jambil, Ashpara va Jeta viloyatidan Xitoygacha yerlarga hokimlik qilishni tayinladi va yetarlicha harbiy kuch hamda qurol-yarog‘ berdi. 1405-yili Amir Temur vafotidan keyin ancha vaqtgacha shahzodalar o'rtasida saltanat uchun kurash davom etdi. Xalil Sulton Samarqandni 1409- yil 30- martgacha o‘z qo‘lida ushlab turdi. Shohrux Ulug'bek va Shoh Maliklar bilan birga kelib, Xalil Sultonni yengib, Samarqandga Ulug‘bekni hokim etib tayinladi. Dushmani Shayx Nuriddin 1411-yil qatl etilgach, otasi sharafiga Konigilda katta ziyofat berdi va katta hadyalar in’om qildi. Shunday qilib, Mirzo Ulug‘bek 17 yoshida Amudaryodan to Sig‘noq va Ashparagacha bo‘lgan yerlaming yagona hokimi bo‘ldi. U shohlik bilan birga Platon, Aristotel, Gippokrat, Ptolemey, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nasriddin Tusiylarning asarlarini qunt bilan o‘rgandi. Padari Shohruxga va ustozlariga yuksak izzat-hurmat ko‘rsatdi, xutbalarda ulaming nomlarini qo‘shib o‘qitdi, oltin pullarda Oliy hokim sifatida Shohruxning nomini qo‘shib zarb ettirdi. Otasining oldiga turh hadyalar bilan tez-tez borib turdi. Butun hokimiyat Shohrux qo‘lidalik paytida Eronda ham, Turonda ham bir necha o‘n yilliklar davomida hokimiyatda osudalik va osoyishtalik hukm surdi. Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim aql-idrokli, mulohazali va ishbilarmon ayol sifatida saroydagi yirik lavozimlarga munosib kishilami tanlab qo‘yishda shohga katta yordam qildi. Mirzo Ulug‘bek shu osuda yillarda dunyoning zukko olimlarini to‘plab, ilm-ma’rifatga, madaniyatga keng yo‘l ochdi. Dunyoning turli mamlakatlaridan eng nodir asarlami to‘plab yuz ming nusxadan ortiq fondli boy kutubxona bunyod etdi. Obi rahmat arig‘i yonidagi Ko‘hak domanasi(tepalik)da yirik muhandislik qurilishi — uch qavatli silindr shaklli, tabiiy sekstantli rasadxona 1428–29-yillarda Qozizoda Rumiy, Mahmud Chalabiy, G‘iyosiddin Jamshid, Muiniddin Koshiy, Nizomiddin Biijandiy, Ali Qushchi kabi olimlar, ilmli kishilar ishtirokida qurib bitkazildi. 1417–20-yillari eski bozor o‘rnida Ulug‘bek madrasasi qurib bitkazildi va bu yerga Registon nomi berildi. Sherdor madrasasi 1619–36-yillari, Tillakori madrasasi 1647–60-yillari Yalangto‘sh Bahodir tomonidan qurilgan. Mirzo Ulug‘bek Buxoro va G‘ijduvonda ham madrasalar qurdirdi. Obodonlashtirish va tiklash, suv chiqarish ishlarini olib bordi. Boglar, ziroatchilik va bozorlarga katta ahamiyat berdi. Mirzo Ulug‘bek madrasasida ilmiy, nazariy ishlar, rasadxonada esa amaliy tajriba, tadqiqot ishlari olib borildi. Mirzo Ulug‘bek bu yerda dars berdi, mudarrislik qildi hamda amaliyot ishlariga bosh bo‘ldi. Rasadxona diametri 46,40 metr, balandligi kamida 30 metr bo‘lgan uch qavatU silindr shaklli bino edi. Rasadxonada juda ko‘p noyob asbob-uskunalar, kuzatuv va o‘lchov asboblari yaratildi. Sekstantning janubdan shimolga meridian chizig‘i bo‘ylab joylashgan vertikal doirasining radiusi 40,212 metrga, yoyining uzunligi 63 metrga teng bo‘lib, katta 60 gradusli yoy edi. U butunligicha to‘liq chorak aylana, ya’ni kvadrant bo’lgan. Mirzo Ulug‘bek „Ziji jadidi Ko‘ragoniy“, „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“, „Risolayi Ulug‘bek“, „Tarixi arba’ ulus“ kabi asarlar yozgan. Uning ,,Zij“ida eralar, kalendarlar, ularni tuzish, biridan boshqasiga o‘tish, matematik va sferik astronomiya, sinuslar va tangenslaming jadvallari, ekliptikaning osmon ekvatoriga nisbatan qiyaligi s=23°30'16ll581 gacha aniqlik bilan berilgan, yoritgichlar va yashash joylarining koordinatalarini topish, meridian chizig‘i, azimut, gorizont, poyaslar, aniq vaqt hisobi, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlari, tutilishlari, turg‘un yulduzlarning uzunlama va kenglama bo‘yicha holatlarini aniqlash jadvalida 1022 ta yulduzning aniq koordinata kattaliklari ko‘rsatilgan 46 ta jadval oltin yulduzlar va chizmalar bilan bayon etilgan bo‘lib, asar 1437-yili yozib tugallangan. Yulduz yilining uzunligi 365 sutka 6 soat 10 daqiqa 8 soniya deb belgilangan. „Mirzo Ulug‘bek donishmand kishi edi. U Qur’oni Karimning aksariyat qismlarini, tafsirlami va mufassirlarning har bir oyat haqidagi so‘zlarini yoddan bilardi. Arab, fors, turk tillarini yaxshi bilar va shu tillarda yaxshi yozardi. Til, mantiq, matematika, fiqh, astronomiya, astrologiya fanlarini mukammal bilardi. Esda saqlash, tez va ogczaki aniq hisoblash qobiliyati juda o‘tkir edi. „Tazkira“ va ,,Tuhfa“ dan shu qadar zo‘r dars o‘tardilarki, ularga hech qanday qo‘shimcha qilishning hojati qolmas edi“‘. Mirzo Ulug‘bek „Temur tuzuklari“ va bobosi Amir Temur vasiyatlariga qattiq amal qilar edi. U 1409- yildan 1449-yil, ya’ni umrining oxirigacha 40 yil davomida Movarounnahrning yagona sultoni sifatida hukm surdi. O‘g‘illari: Abdullo, Abdurahmon, Abdullatif, Abdulaziz. Qizlari: Habiba Sulton, Xonzoda begim, Robi’a Sulton begim. Mirzo Ulug‘bekning otasi Shohrux hijriy 850-yili 25-zulhijja (1447-yil 13-mart) kuni og‘ir kasallikdan vafot etdi. Uning jasadi oldin Hirotdagi Boysunqur dahmasiga, keyin Go‘ri Amirga dafn etildi. Xurosonga yurish Mirzo Ulug‘bek bilan o‘gii Abdullatif o‘rtasiga shunday sovuqchilik tushirdiki, tez kunda u dushmanlik tusini oldi. Taxt dushmanlari ota-o‘g‘il o‘rtasiga nifoq solishdi.1 yili ota va o‘g‘il lashkarlari uzoq muddat Amudaryoning ikkala sohilida bir-biriga ro‘para turdilar. Samarqandda Abu Sayid zuhur qilib, atrofiga unsur tarafdor va maslakdoshlarini to‘plab Abdulaziz va, demak, Ulug‘bekka ham qarshi harakat qildi. Uni ba’zi ruhoniy doiralar, ayniqsa, Buxoroda qattiq qo‘lladilar. Mirzo Ulug‘bek qo‘shinining yarmini shu yerda qoldirib, yarim qo‘shin bilan kelib Samarqandda tartib o‘rnatdi. Abu Sayid cho‘lga qochdi. Mironshoh qovchinni hokim qilib qoldirib, yana jangga ketdi. Qoldirib ketilgan yarim qo‘shin sotqinlik qilib Abdullatifga qo‘shilgan edi. Natijada oz qo‘shin bilan Ulug‘bek askarlari yengildi. Abdullatif avvaliga otasiga Makkaga haj qilishga ijozat bergan boidi va unga hamroh qilib Muhammad Xusravni yubordi. Bir vaqtning o‘zida xufiyona qozilarni to‘plab, mudhish hukm chiqardi. Ruhoniylar tomonidan fatvo yozilib, Abbos ismli bir unsur va yana bir josusni qasos olish uchun otasining orqasidan yubordi. Mirzo Ulug‘bek haj yoiida Abbos tomonidan 1449- yili 25-oktabr kuni fojiali o‘ldirildi. Uning ruhi foniydan boqiyga rixlat etdi. Jasadi Go‘ri Amirga dafn etildi. Xalq Abdullatifni shu kundan boshlab „mash’um padarkush“ deb atay boshladi. ,,Padarkush“ uch kundan keyin o‘z ukasi Abdulazizni ham o’ldirtirdi, yana Mirzo Ulug‘bek amirlaridan 4 kishini ham qatl ettirdi. Otasining haramidagi parichehra, husn, nazokat va latofat bobida tengi yo‘q, o‘ta go‘zal, sumbulsoch, maftunkor malak, Mirzo Ulug‘bekning sevimli kanizagi Feruzaga ham ko‘z olaytirib, uni o‘z nikohiga olmoqchi bo’ldi. Vaziyatni to‘g‘ri tushunib, kelgusi avlodlar foydalanmog’i uchun Mirzo Ulug‘bekning sodiq shogirdi va safdoshi Ali Qushchi rasadxona kutubxonasidagi eng noyob asarlardan bir necha mihg nusxa saylanmalarini va xazina oltin-u javohirlarini bir necha maxsus sandiqlarga joylab, ot-u tuyalarda faqat tunda yurib, o‘sha Mirzo Ulug‘bek bilan ovga borgan Urgut tog‘laridagi Ajdar g‘orni topib, u yerga yashirib ulgurdi. 50-yilning qishiga kelib Samarqanddagi hayot butunlay boshqacha tus oldi. Agar Mirzo Ulug‘bek asosan qurilish, obodonchilik, aniq fanlar, madaniyat va ma’rifat bilan shug‘ullangan va ruhoniylar unchalik mavqega ega bo‘lmagan bo‘lsa, endi ruhoniylar va darveshlar yuzaga chiqdi. Ilm, madaniyat sohiblari, olimlar tahqirlandi, quvg‘in qilindi. Jaholat ustun kelib, ilm-fan, madaniyat koshonasi bo’lgan rasadxona vayron qilinib, tuproq bilan ko‘mib tashlandi va bu yer ins-u jins, alvastilar makoni, „qirq dev“ ko'milgan, unga hech kim yaqinlashmasin, deb fatvo berildi. Qadimiy qo‘lyozma asarlarga, dunyoviy ilmlarga boy kutubxona yoqib yuborildi. Xalq qo‘lidagi kitoblarga qiron keltirildi. Lekin bu hoi uzoqqa cho‘zilmadi. Xalq qo‘zg‘aldi. Yashirin maslahat (chanoqiy)larga Mirzo Ulug‘bekning suyukli navkari Bobo Husayn Bahodir, shayxulislom Burhoniddin, shahar dorug'asi Mironshoh, buyuk olimlar Ali Qushchi va Mansur Koshiy, Abu Sayid Mirzo, Mirzo Abdulla, Sulton Muhammad va Qalandar Qarnoqiy, Miram Chalabiylar boshliq xalq askarlari qo‘shilib, Ko‘ksaroydan Abdullatifning chiqishini poylab, Mirzo Ulug‘bekka, ilm-fanga, xalqiga sadoqatli kishilar, amir-u ulamolar til biriktirib, 1450- yilning 8-may kuni Samarqand devori tashqarisida xandaq bo‘yida „mash’um padarkush“ Abdullatifni quvib yetib qatl qildilar. „А1 qasos ul-minal haq!“, ,,Padarkush“ning jazosi shu, — deb yozib, uning jasadini doimo xalq ko‘p yig‘iladigan joy — Mirzo Ulug‘bek madrasasining peshtoqiga bir necha kun osib qo‘ydilar. Taxtga esa temurzoda Mirzo Abdullani o‘tqazdilar. Mirzo Ulug‘bek Muhammad ibn Tarag‘ay hazratlarini xalq izzat-ikrom bilan shahriyori falak-iqtidor, bu hududsiz koinotning barcha sir-asrorlaridan voqif donishi jahon deguvchi edilar. Mirzo Ulug‘bek umrining so‘nggi paytlarida yozgan barcha ;isarlari, olib borgan ilmiy tadqiqot va kuzatuv ishlarining xulosasi sifatida Al-Beruniyning so‘nggi fikrlarini quvvatlab, geosentrik emas, geliosentrik sistema haqida aytmoqchi, baribir Yer o‘z o‘qi atrofida hamda Oy va barcha sayyoralar Yer bilan birga (Quyosh atrofida aylanadi, degan xulosaga keldi-yu, mutaassiblar bilan yakkama-yakka, yuzma-yuz kurash ummonida uning foniy dunyodagi umri qisqalik qildi, lekin baribir chiqarilgan hamma yakuniy xulosalar shunga olib kelayotgan edi. Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘beklarning ilmiy bashoratlarini keyingi asrlarda cherkov va inkivizitsiya qattiq iskanjaga olishiga qaramay, Galileo Galiley (uni o‘z g‘oyalaridan qaytarmoq uchun umrining oxirigacha uy qamog‘iga hukm qilingan. U so‘nggi damlarida ham Yer baribir o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanadi degan), Jordano Bruno (Galiley g‘oyalarini ballada qilib, g‘azal qilib xalq orasida kuylab yurgani uchun tiriklay o‘tda kuydirganlar) va, nihoyat, Nikolay Koperniklar geliosentrik sistemani to‘g‘ri chizib, haqiqatni izohlab, isbotlab, asoslab berdilar. Mirzo Ulug‘bekning ,,Zij“iga dunyoning juda ko‘p olimlari sharhlar yozdi, asarlari lotin, arab, hind, ispan, turk, xitoy, ingliz, fransuz, nemis va boshqa bir qancha tillarga taijima qilinib, qayta-qayta nashr ettirilgan, oliy o‘quv yurtlarida darslik sifatida o‘rganilmoqda. Jaholat botqog‘iga botgan ayrim nojins unsurlarning vah- shiylarcha harakati bilan rasadxona vayron qilinib, qariyb besh yuz yil qalin tuproq ostida ko‘milib yotdi. Samarqand arxeologi V.A.Vyatkin 1908-yili rasadxona qoldiqlarini tarixiy hujjatlar asosida topdi. Professor V.A.Shishkin boshliq arxeologlar uning yer ostidagi qismini ochishdi. V.A. Nilson uning tashqi ko‘rinishini asl holida tasvirlab berdi. 1949-yili 0‘zbekiston hukumati bu yerga monument o‘rnatdi. Bu qidiruv, tadqiqot, ilmiy arxeologik ekspeditsiya ishlari buyuk olimlar G‘iyosiddin Jalolov va 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti T.N.Qori Niyoziylar ishtirokida olib borilgan. 1964-yili bu yerda memorial muzey qurib bitkazildi. Mirzo Ulug‘bek haykali va unga atalgan ansambl, bog‘ bunyod etildi. 2010-yili sentabr oyida ansambl qayta qurilib, mahobatli haykal o‘matildi. Mirzo Ulug‘bek Muhammad ibn Tarag‘ay haqida she’riyat mulkining sulton i mir Alisher Navoiy: Temurxon naslidin sulton Ulug‘bek, Ki olam ko‘rmadi sulton aningdek, Aning obnoyi jinsi bo‘ldi barbod, Ki davr ahli biridin aylamas yod. Valek ul, ilm sori topdi chun dast, Ko‘zi olinda osmon boidi past. Rasadkim bogiamish — Zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur. Bilib bu nav’ ilmi osmoniy, Ki andin yozdi „Ziji Ko‘ragoniy“, — deb yozgan edilar. O‘zbek xalqining sevimli farzandi, ilm-fan va madaniyatining gultoji, buyuk olim, sarkarda, yetuk davlat arbobi temurzoda Mirzo Ulug‘bek Muhammad ibn Tarag‘ay ibn Shohruhning olamshumul xizmatlari, yorqin xotirasi xalqimiz qalbi toiida abadiy yashaydi. Xalqimiz shunday farzandi bilan haqli ravishda faxr va iftixor tuyg‘usini his etadi. Rag’batlantirish so’zlari aytilib, dars yakuvlanadi. DARS YAKUNI: mavzu yuzasidan xulosalar aytiladi. UYGA VAZIFA: mavzu yuzasidan ma’lumot to’plash. Ko’rildi: _____________ MMIBDO’ L.Mamarasulov 1‘A. Ahmedov. Ulug‘bek. ,,Fan“.T.,1991- y.51-bet. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling