Mavzu. Missionerlik yoshlar kelajagiga tahdid Reja
Download 57.18 Kb.
|
6-mavzu. Missionerlik va prozelitizm tarix va bugun, targ’ibot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Sekta
Mavzu. Missionerlik yoshlar kelajagiga tahdid Reja Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. Tayanch tushunchalar: Missionerlik, prozelitizm, sekta, diniy sektalar, diniy tashkilotlar, iegovo shohidlari, yettinchi kun adventistlari, missiya, Bibliya jamiyati. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so’zi asli lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo’lib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi. Turli lug’atlar va manbalarda missionerlikka ko’plab ta’riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so’z asosan xristian dini bilan bog’lanadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan «World Book» (“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o’z diniga targ’ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”,- degan fikr qayd etilgan. 2005 yilda Moskvada nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi”da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o’z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati»,- degan ta’rif keltirilgan.1 Umuman olganda, turli lug’atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bib-biriga juda yaqin va o’xshash bo’lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishni anglatadi. Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to’g’ridan-to’g’ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o’z mohiyatiga ko’ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Missionerlik o’ziga xos va uzoq tarixga ega. Dastlab muayyan darajada ijobiy ko’rinishga ega bo’lgan missionerlik islom va xristian dini rivojlangan davlatlar o’rtasida o’zaro savdo hamda madaniy munosabatlar orqali bir-biriga ta’sir etishiga sabab bo’ldi. O’zga xalqlar erishgan yutuqlarning kirib kelishi, mahalliy madaniyatlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Fan, texnika va texnologiya yutuqlarining jadal kirib kelishida ham missionerlarning ishtiroki katta. Bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga, xalqlarning turmush darajasining ortishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Biroq bugungi kunda missionerlikdan g’arazli maqsadlarda foydalanish ham keng tus olgan. Missionerlik e’tiqodni o’zgartirishdan tashqari shaxsiy boylik orttirish, geosiyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun ham vositachilik qilmoqda. Missionerlik harakatlarining kuchayishi bilan, ayniqsa, zamonaviy telekommunikatsiya, kompyuter, internet tarmog’i orqali biron bir hududga xos ma’naviy qadriyatlarni o’zga xalqlarga singdirish, insonlarning ongi va qalbini zabt etish yo’li bilan jahonda ma’naviy hukmronlikni o’rnatishga urinish hollari ham kuzatilmoqda. Afsuski, missionerlikning salbiy ta’sirlari kuchayib bormoqda. SHunga qaramasdan ayrim mamlakatlargina bunday illatning oldini olishga harakat qilib, boshqalari esa aksincha, missionerlik faoliyatiga qonun bilan ruxsat berib qo’yishgan. Masalan, Armaniston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunida (8-modda) prozelitizmning ta’qiqlanganligi ko’rsatilgan bo’lsa, Ukraina va Belorussiyaning bu boradagi qonunchiligida “missionerlik jamiyatlari” faoliyatiga diniy tashkilot sifatida rasman ruxsat etilgan2. Missionerlik dastlab buddizmda mil. avv. 3–asrdan boshlangan bo’lsa-da, haqiqatdan ham, o’z tarixiy taraqqiyotida u ko’proq xristian dini doirasida namoyon bo’ldi. Ma’lumki, xristian dinida missionerlik 4-asrdan boshlab paydo bo’lgan. 13-14 asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlar Ispaniya va Portugaliyada mustamlaka imperiyalari tashkil topgach (15-16 asrlar), o’z faoliyatini kuchaytirdi. Ma’lumotlarga ko’ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. XX asrga kelib, o’z holicha missionerlik bilan shug’ullangan tashkilotlarni birlashtirish yo’lida harakatlar boshlandi va ilk xalqaro protestant missionerlik tuzilmalari shakllantirildi. Birinchi butunjahon protestant missionerlari konferentsiyasi 1910 yilda Shotlandiyaning Edinburg shahrida bo’lib o’tgan edi. Keyinroq esa «Xalqaro missiyalar kengashi» tuzildi. Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega missiyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularni yanada rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari bilan ta’minlash juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Odatda, xalqaro missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug’ullanadi. Missiyani moddiy-moliyaviy ta’minlashda ishlab chiqarish tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko’ngilli homiylarni topishda missionerlik bazalarining ahamiyati katta. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ’ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishiga shubha qilmasa ham bo’ladi. Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug’ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo’lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur. Sekta bu – faqat o’zini haq din, insonlarni najotga yetkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg’in quroli» deb ta’riflaydilar. Diniy sektadeganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo’lmagan holda din bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug’ullanadi. Hozirgi kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimiz bilan chegaradosh bo’lgan davlatlarda «Богородичий центр», «Церковь объединения», «Церковь Иисуса», «Церковь Нового Завета», «Белое братство», «Божественный орден Первого Ангела», «Фархат ата», «Дианетика» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo’shni respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, o’ta xavfli bo’lgan mazkur sektaning Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor. Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo’lganlar ichida tashviqot olib borish yo’li bilan o’z tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qilmoqda. Download 57.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling