Mavzu: Modda miqdorini va sarfini o’lchash
Download 98.49 Kb.
|
Modda miqdorini va sarfini o’lchash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarf va miqdor to’g’risida umumiy ma‘lumotlar.
Mavzu: Modda miqdorini va sarfini o’lchashReja: Sarf va miqdor to’g’risida umumiy ma‘lumotlar.Modda miqdorini o'lchovchi tezlik miqdor o'lchagichlari. Suyuqlik miqdorining xajm miqdor o'lchagichlari. Sarf va miqdor to’g’risida umumiy ma‘lumotlar.Modda miqdori hisobi bilan bog’liq o’lchashlarda muhim tushunchalar, bu moddaning sarfi va miqdoridir. Sarf- bu ma‘lum moddaning miqdori vaqt birligida quvo’rning o’tkazgich kesimidan o’tishini ifodalaydi. Sarf ikki turga bo’linadi: hajmiy sarf va massaviy sarf. Hajmiy sarf Qh (м3/сек), (м3/соат) va boshqalar bilan o’lchanadi. Massaviy sarf Qm (kg/s), (kg/soat), (tonna/soat) va boshqalar bilan o’lchanadi. Massaviy sarf birliklari hajmiy sarf birliklariga qaraganda to’liqroq ma‘lumot berishi mumkin, chunki moddaning hajmi ayniqsa, gazlarning bosim va haroratiga ko’p darajada bog’liq bo’ladi. Standartlarga binoan, moddaning sarfini o’lchash uchun ishlatiladigan o’lchash asbobi sarf o’lchagich, moddaning miqdorini o’lchash uchun esa miqdor hisoblagich atamasi qo’llaniladi. Sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan quyidagi turlari mavjud: 1) Bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar. 2) Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar. 3) Tezlik bosimli sarf o’lchagichlar. 4) O’zgaruvchan sathli sarf o’lchagichlar. 5) Induksion sarf o’lchagichlar. 6) Ultratovushli sarf o’lchagichlar. 7) Kalorimetrik sarf o’lchagichlar. 8) Ionizatsion sarf o’lchagichlar. Miqdor hisoblagichlar o’lchash usuliga ko’ra quyidagi guruxlarga bo’linadi: 1) Hajm hisoblagichlar. 2) Tezlik hisoblagichlar. 3) Vazn hisoblagichlar. O’lchanayotgan moddaning turiga ko’ra sarf o’lchagichlar mazut, bug’, gaz va xokazolarni o’lchagichlarga bo’linadi. Modda miqdori xajm yoki massa birligida ([m3] yoki [kg]) ifodalanadi. Modda miqdorini o'lchaydigan o'lchov asboblarini miqdor o'lchagich deyiladi. Qandaydir vaqt oralig'ida oqib o'tgan modda miqdorini shu vaqtga nisbati modda sarfi deyiladi. Sarfning xajmiy va massaviy turlari mavjud. Sarfning o'lcham birligi: m3/sek va kg/sek. Download 98.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling