Mavzu: modda va uning xossalari


Download 0.75 Mb.
bet5/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1571854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
7-sinf laboratoriya ishlari

3-Laboratoriya ishi: FIZIK HODISALAR.
Maqsad: tajriba natijalaridan foydalanib, fizik hodisalarni kimyoviy hodisalardan farqlashni o'rganish.
Jihozlar: tomchi analizi uchun planshet (1), tomchi analizi uchun to'plam (2), pipetka (3), bug'latish kosachasi (4), qisqich (5), plastmassa shpatel (6), probirka (7), probirkalar uchun shtativ (8), quruq yoqilg'i (9), keramik plita (10), plastik taglik (11), 50 ml li polipropilen stakan (12), shisha tayoqcha (13), 150 ml li polipropilen stakan (14), shisha stakan (15), laboratoriya shtativi, elektron tarozi.
Reaktivlar: parafin, natriy xlorid, etil spirti, sirka kislota (suyultirilgan eritmasi), distillan­gan suv.
O'quv-ko'rgazmali qoilanmalar: kimyodan plakatlar to'plami, xavfsizlik texnikasi, «Kimyo fanidan proyektsion ko'rgazmali-metodik qo'llanmalar»- 10-12 proyeksiyalari.
Eslatma: sirka kislotaning 5% li eritmasidan 50 ml tayyorlash uchun 150 ml li polipropilen stakanga 100 ml li o'lcha silindri yorolamida 47,5 ml distillangan suv soling. Uning ustiga pipetka yordamida 2,5 ml konsentrlangan sirka kislotasidan quying. Eritmani shisha tayoqcha yordamida aralashtiring. Tayorlangan eritmani keyingi tajrilalarga olib qo'yish mumkin.
Ishni bajarish tartibi: I. Parafinni suyultirish.

  1. Shtativ sterjeniga tutqich yordamida halqa o'rnatiladi.

  2. Parafin bo'lagi bug'latish kosachasiga solinadi.

  3. Kosacha laboratoriya shtativiga o'rnatilgan halqaga joylashtiriladi.

  4. Keramik plitaga quruq yoqilg'i o'rnatiladi va yoqiladi.

  5. U quruq yoqilg'i alangasida suyuq holatga kelgunga qadar qizdiriladi.

  6. Suyultirilgan parafin xona haroratigacha sovutiladi.

  7. O'quvchilar sodir bo'lgan hodisani izohlab berishadi.

II. Natriy xloridni suvda eritish va eritmani bug'latish.

  1. Natriy xlorid tuzidan elektron tarozida o'lchab shpatel yordamida 1 -2 g stakanga solinadi.

  2. Uning ustiga 5 ml suv solinadi va uning suvda erishi kuzatiladi.

  3. Erimay qolgan tuz shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi.

  4. Hosil bo'lgan eritma chinni kosachaga quyiladi.

  5. Bug'latish kosachasidagi eritma laboratoriya shtativining halqasiga joylashtirib, quruq yoqilgi alangasida bug'latiladi.

  6. Kosachada tuz kristallari hosil bo'lishi bilan qizdirish to'xtatiladi.

  7. Hosil bo'lgan tuz kristallari tajriba uchun olingan tuz kristallari bilan solishtiriladi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling