Mavzu: Moddalarning fizik texnik xossalari Reja
Metallar va qotishmalar. Po’latlar
Download 216.84 Kb.
|
1 ilova Mavzu Moddalarning fizik texnik xossalari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mis va uning qotishmalari.
- Alyuminiy va uning qotishmalari.
- Titan va uning qotishmalari
Metallar va qotishmalar. Po’latlar. Po’lat navlari mexanik mustahkamlik va egiluvchanlik (plastik) xususiyatlariga ega bo’lishi, oson shtampovkalanishi va engil payvandlanishi lozim.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish jihozlarining detallari Ct3kp, Ct3sp, Ct5sp, BCt3kp va BCt5sp navli po’latlardan tayyorlanadi. Ishchi bosim R≤1.6 MPa va 10÷200oS haroratlar oralig‘ida ishlovchi apparatlarning korpuslari va qopqoqlari St3kp2 va St3kp navli po’latlardan tayyorlanadi. Oddiy sifatli (qora) po’latlarning zanglash tezligi 0.52.5 mm/yil. Shuning uchun jihozlarning mahsulot bilan kontakda bo’ladigan detallari mahsus loklar bilan bo’yaladi, metall qoplamalar bilan qoplanadi yoki 08kp, 10, 10kp, 20, 30, 40, 45 va 50 navli sifatli po’latlardan tayyorlanadi. Ishchi bosim R≤10 MPa va harorat chegaralari -20÷475oS bo’lgan hollarda issiqlik qurilmalarining korpuslari, qopqoqlari, trubkalar chambaragi, zmeeviklar va qizdiruvchi trubkalar plastikligi yuqori va mustahkamlik chegaralari 314340 MPa bo’lgan sifatli konstrukstion po’latlardan ishlanadi. Po’latlarning mustahkamligini oshirish, korroziyaga va issiqlikka chidamliligini orttirish uchun ularning tarkibiga legirlovchi elementlar (Sr, Ni, Co, Mo, W, V, Ti, Cu, Al va boshqalar) qo’shiladi. Legirlangan po’latlardan yuqori haroratlarda va agressiv muhitlarda ishlovchi detallar va ishchi organlar tayyorlanadi. Cho’yanlar. Oziq-ovqat mashinasozligida cho’yandan jihozlarning quyma qismlari (korpus, massiv tagliklar), qovurish chanlari, nasos va kompressor stilindrlarining korpusi hamda quvurlar uchun armaturalar (kran, ventil, zadvijka) tayyorlanadi. Cho’yanlar qoliplarga oson quyiladi, siqilish yuklamalariga chidamli, ammo mo’rt bo’ladi. Mis va uning qotishmalari. Mis atmosfera havosi, chuchuk suv, neytral eritmalar, sirka va limon kislotlari, o’yuvchi ishqor va spirtlar tasiriga chidamli. Mis yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka ega, ishlov berishga qulay, ammo qoliplanish xususiyati past. Misdan konditer va aroq-vino korxonalari uchun zmeevikli va trubkali qizdirish qurilmalari, bug‘latish qozonlari va spirtli aralashmalarni haydash kublari tayyorlanadi. Tarkibi S vitaminiga boy bo’lgan mahsulotlar, sut va sut mahsulotlarini mis idishlarda saqlash va misdan ishlangan jihozlarda qayta ishlash tavsiya etilmaydi. Apparatlarning misdan ishlangan ishchi hajmlari, ko’p hollarda, eritilgan qalayning yupqa qatlami bilan qoplanadi. Sirop qaynatish, djem pishirish va spirtli suyuqliklarni haydash qurilmalari uchun bunday qoplama shart emas, ularga qo’yiladigan asosiy talab - ishchi yuzalarning tozaligidir. Oziq-ovqat mashinasozligida asosan misning qalay, alyuminiy va kremniyli qotishmalari - bronzalar (Br03S12S5, Br03S7S5N1, Br05S5S5, BrO10F1, BrAJ9-4, BrAJMst10-3-1.5, BrA9JZL va x.) qo’llaniladi. Misning rux (10÷15%) bilan qotishmasi latun deyiladi. Latun truba va turli xil quymalar shaklida ko’p ishlatiladi. Latundan issiqlik almashinish qurilmalarining trubkalari (L63, L68, L070-1 va b.) va boshqa detallar tayyorlanadi. Alyuminiy va uning qotishmalari. Alyuminiy yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka ega, engil, plastik, oson shakllanadi, yuzasi silliq va korroziyaga chidamli. Sirka, yog‘, vino, limon va olma kislotalari ta’siriga bardoshli, ishqoriy muhitda tez emiriladi, mineral kislotalarga chidamsiz. Uning qotishmasi - dyuralyuminiy (D1 va D1T navlari) sutni qaytash ishlash korxonalarida, turli xil mashina va idishlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Titan va uning qotishmalari agressiv muhitlarda korroziyaga chidamli, mustahkamligi yuqori va nisbatan engil bo’lganligi uchun oziq-ovqat sanoati mashinasozligida keng qo’llaniladi. Titan qotishmalari yaxshi payvandlanadi, tokarlik ishlovi berish oson va yuqori harorat ta’siriga (400÷800 oS) chidamli. Titandan stentrifuga va separatorlarning rotorlari, distillyatorlar, bolalar ozuqasi ishlab chiqaruvchi jihozlar va b. tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladigan titan qotishmalarining (VT1-00, VT1-0, OT4, OT4-1, VT5 va b.) mustahkamlik chegarasi yuqori, 1372 MPa gacha bo’ladi. Download 216.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling