Mavzu: moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashdagi hozirgi zamon analitik


Download 0.7 Mb.
bet17/52
Sana31.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1312054
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
Ximiyaliq izertlew ozb

Mass-spektrometriya usuli.
Bu usulda tekshiriladigan modda bug’ holiga o’tkaziladi va undan ionlar hosil qilinadi. Hosil bo’ladigan ionlar ko’pincha musbat zaryadli bo’ladi. Ionlarni ular massasining (m) zaryadiga (z) nisbati bo’yicha bir- biridan ajratish mumkin. Ionning zaryadi birga teng bo’lsa, m/z qiymati uning massasiga teng bo’ladi. Ushbu qiymat massaning uglerod birligidagi massa soni deb yuritiladi. Ajratilgan ionlar m/z qiymatlariga ko’ra ion qabul etgich yordamida qayd qilinadi, natijada tegishli spektr hosil bo’ladi. Spektrdagi signallarning o’rni m/zqiymatga, ularning intensivligi esa ionning chastotasiga to’g’ri keladi. Bu signallar cho’qqilar deb ataladi.
Mass-spektrometriya usuli bug’simon holatga o’tadigan barcha element va moddalarni analiz qilish uchun ishlatiladi. Anorganik birikmalar va elementlar analizi, ko’pincha, moddalar tarkibidagi izotoplarni aniqlashga, organik moddalar analizi esa moddalarni identifikatsiyalash va ularning strukturasini aniqlashga qaratiladi.
Tekshiriladigan modda molekulalari (yoki atomlari) tezlashtirilgan elektronlar dastasi bilan bombardimon qilinganda, ulardan bitta yoki ikkita elektron urib chiqariladi:
M+eM++2e; M+eM2++3e yokiularga elektron birikadi:
M+eM-.
Buningnatijasidamolekulyarionlardebataladiganionlarhosilbo’ladi. Ko’pincha, bombardimonnatijasidabitta elektron uribchiqariladi. Ikkitaelektronninguribchiqarilishhollariham, ozbo’lsa-da, uchraydi, lekinmanfiyzaryadlanganionlarninghosilbo’lishijudakam (0,1 %) kuzatiladi.
Keyingiyillardamanfiyzaryadlanganionlarnianiqlashuchunelektronniushl ash mass-spektrometriya usuliyaratildi.


Mass – spektrometriya6


Mass-spektrometriya uslubideganda, ionlarmassasiningelektrzaryadiganisbatinianiqlash orqali moddani tekshirish usuli tushiniladi. Mass-spektroskopiyani spektroskopik usullarning biri deb qaraladi, ammo bunday qarash qisman xato hisoblanadi. Optik spektroskopiyada nurlanishdan keyin modda molekulasi boshlang’ich holatga o’zgarmasdan qaytadi, ammo mass- spektroskopiyada qo’zg’aladi, ionlanadi va molekulyar ion parchalanadi va bu parchalangan ionlardan boshlang’ich bo’lishga sababchi bo’lgan bir qancha



6 G.D. Christian, Analytical chemictryUniversity of Washington,USA, 2009.s.592-594.
hodisalarning yig’indisini molekulaning bir qancha hodisalarning yig’indisini molekulaning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish hodisasi deb qarash noto’g’ri hisoblanadi.
Moddalarning mass-spektrini olish uchun namuna ionlanish va dissoyiyalanish hodisalari elektrondar zarbasi, fotonlar va kuchli elektr maydoni taъsirida ro’y beradi.
Ionlanish. Mass-spektrometrda bo’lakli ionlarning hosil bo’lish jarayoni molekulani elektronlar bilan taъsirlanishidan boshlanadi, bunda energiya 100 eV ga teng bo’lsa, tezzligi 5.9 ·106 m/sek bo’ladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling