mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi Ma’ruza– soat. R e j a


Download 378 Kb.
bet5/6
Sana08.03.2023
Hajmi378 Kb.
#1249594
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu. Mo\'g\'illar ist. va zulmiga qarshi kurash-2018

“yom” (jom) deyilib, ularning xizmati va harajati mahalliy aholi bo‘ynida edi. Bu bekatlar bo‘ylab davlat ishlari bo‘yicha ko‘plab elchi, chopar, vakil va boshqalar o‘tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235-yildan boshlab xoqon farmoniga ko‘ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 2 ta tuman aholisiga yuklatildi. “YOmlar bo‘yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi”,-deb yozgan edi Rashididdin.
Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo‘lishidan qat’iy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mo‘g‘ullarning ichki xo‘jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida o‘z o‘rnini topmadi. Aksincha, zo‘rlik po‘pisaga qaramay, 1232-yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg‘ona, SHosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mo‘g‘ul istilosidan so‘ng pul zarb etish o‘z-o‘zidan tugagan edi. Natijada tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.
Mislsiz jabr-zulm, aholining xo‘rlik va qashshoqlik domiga tashlanishi, soliqlarning haddan ziyod o‘sishi, mehnatkash aholining tinka madorini quritib yubordi. Aholi ichida mo‘g‘ullarning zo‘ravonligi va istibdodiga qarshi norozilik harakati tobora kuchayib, bu norozilik ayniqsa, 1238-yilgi Mahmud Tarobiy qo‘zg‘olonida o‘z aksini namoyon qildi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni 1238-yil Buxorodan uch farsah (taxminan 18-21 km) uzoqlikdagi Tarob qishlog‘ida boshlandi. Bu qo‘zg‘olonda mo‘g‘ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan ahvoli og‘irlashgan hunarmand, dehqon va kambag‘al aholi, ayniqsa, faol qatnashadi. Qo‘zg‘olonga esa asli Tarob qishlog‘idan bo‘lgan g‘alvir yasovchi hunarmand usta Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi.
Mahmud Tarobiy avval o‘z qishlog‘ida istilochilar zulmi, bedodligiga qarshi otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. O‘z atrofiga yig‘ilgan qo‘zg‘olonchilarga murojaat etib: “Ey haq toliblari, qachongacha kutamiz va intizorlik tortamiz. Ro‘yi zaminni tangridan qo‘rqmaydiganlardan pok qilmoq lozim. Kimning qanday qurolga qurbi etsa, qilichmi, o‘q-yoymi, kaltakmi, qo‘lga olsin. Qo‘ldan kelgancha tangridan qo‘rqmaydiganlardan birontasini ham tirik qo‘ymaslik lozim”,-degan so‘zlar ozodlik kurashiga xalqni da’vat etadi. SHu paytda SHerozdan kelgan harbiy anjomlar ortilgan karvon qo‘zg‘olonchilarning qurollanishiga yordam beradi. Qo‘zg‘olon kuch-qudrati oshib borayotganligini, xalq qo‘zg‘olonchilar tarafiga o‘tib borayotganligini ko‘rgan mo‘g‘ul no‘yonlari Movarounnahr hokimi Mahmud YAlavochdan yordam so‘rashga majbur bo‘ladilar. Mahmud Tarobiy o‘zining ko‘plab tarafdorlari bilan Buxoro tomon yo‘l oladi. Buxorolik aqoid (diniy ilm) olimi, mashhur shayx SHamsiddin Mahbubiy ham qo‘liga qurol olib, o‘z safdoshlari bilan qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi. Tarixchi Juvayniy Mahmud Tarobiy haqida shunday deb yozgan edi: “U akobir, boy-badavlat kishilarni haqorat qildi, sharmandasini chiqardi, o‘ldirtirdi, ularning bir qismi esa undan qochib qutildi. U oddiy xalqqa va darbadarlarga, aksincha, iltifot va marhamat ko‘rsatdi”. Darhaqiqat Mahmud Tarobiy Buxoro ahliga muruvvat namunalarini ko‘rsatdi. Buxorodan qochgan mo‘g‘ul harbiylari va buxorolik zodagonlar Karmanaga kelib panoh topgan edilar. Bu erda ular ma’lum kuch to‘plab, Mahmud Tarobiy ustiga harbiy yurishni boshlaydilar. Bundan xabardor bo‘lgan Mahmud Tarobiy dushmanga qarshi kurashish maqsadida shahar chetidan Karmana yo‘liga katta harbiy kuch bilan chiqadi. Ikki o‘rtadagi qattiq jangdan so‘ng istilochilar engilib orqaga chekindilar. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullarni to Karmanagacha quvib bordilar. Ushbu jangda mo‘g‘ullardan 10000 kishi qirib tashlandi. Lekin bu zafarli jangda qo‘zg‘olonchilar rahbarlari Mahmud Tarobiy va SHamsiddin Mahbubiylar halok bo‘ldilar. Qo‘zg‘olonchilar endilikda shahid ketgan Mahmud Tarobiyning o‘rniga uning ukalari Muhammad va Alini rahbar etib saylaydilar. Lekin bu yangi rahbarlarning harbiy tajribalari yo‘q, xalq ularni yaxshi tanimas, omma ichida ular nufuzga ega emas edilar. Bu esa qo‘zg‘olonning borishiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Oradan bir hafta o‘tmay mo‘g‘ullarning Elduz no‘yon va CHag‘an qo‘rchi boshchiligidagi yangi qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirib uchun etib keldi. Ikki tomonlama jangda Mahmud Tarobiy tarafdorlari butkul tor-mor qilinib, ikkala tomondan 21 mingdan oshiq jangchi halok bo‘ldi.
Mahmud Tarobiy boshchiligidagi ushbu xalq ozodlik qo‘zg‘oloni xalqimiz ozodlik kurashlari tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. U, avvalo, istilochilar va ular tomoniga o‘tib ketgan mahalliy zodagonlarning umumiy zulmiga qarshi ko‘tarilgan kurash edi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni mo‘g‘ul istilochilariga ular qanchalik shavqatsiz tuzum o‘rnatmasinlar, xalq hamisha o‘z ona vatani ozodligi yo‘lida kurashdan cho‘chimasligini namoyon qildi. Mo‘g‘ullar bu qo‘zg‘olondan so‘ng bosqoqlar tomonidan yig‘iladigan soliq va o‘lponlarni tartibga keltirishga harakat qildilar. Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan keyin CHig‘atoy qo‘zg‘olonni bostirishda sustkashlik qilgan, degan maqsadda, Mahmud YAlavochni o‘z amalidan chetlashtirib, uni Movaraunnahrdan chiqartirib yubordi. Tez orada xoqon uni Dasin (Pekin)ga shahar noibi etib jo‘natadi. SHundan so‘ng Movaraunnahr noibi hamda ijaradori sifatida Mahmud YAlavochning o‘g‘li Ma’sudbek tayin etiladi. U o‘limiga qadar (1289 y.) shu lavozimni egallab turadi.
XIII asrning ikkinchi choraklaridan boshlab, mo‘g‘ullarning ichida ham endilikda ma’lum siyosiy nizolar, parokandaliklar kelib chiqa boshlaydi. 1241-yilga kelib bosib olingan Rusiya, Volga bo‘yi, Ural va boshqa erlardan Oltin O‘rda davlati tashkil topadi. Mo‘g‘ullar 1256-yili Xulagu boshchiligida Eron, Kurdiston, Iroq va YAqin SHarqning boshqa erlariga hujum qiladilar. Mo‘g‘ul xonlari o‘rtasida oliy hukmdorlik uchun kurash avj oladi. Ayniqsa, buyuk xoqon Guyukxonning (1246-1249) o‘limidan so‘ng bu kurash keskin kuchayadi. 1251-yili hokimiyat tepasiga Botuxon va Berkaxonlarning qo‘llab-quvvatlashlari bilan Tulining to‘ng‘ich o‘g‘li Munqa (1251-1259) ulug‘ xon sifatida saylanadi. U dastlab CHig‘atoy ulusini mulk sifatida tugatadi va uni Botuxon bilan bo‘lib oladi. Keyinchalik Munqaning o‘limidan so‘ng CHig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon (1261-1266) Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, CHig‘atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi.
XIII asrning 60-70-yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan mo‘g‘ul imperiyasi aslida Erondagi Xulagiylar, Movaraunnahrdagi CHig‘atoylar, Oltin O‘rda deyarli mustaqil qismlariga bo‘linib ketgan edi. Har bir ulus xoni o‘zini tamomila mustaqil sanab, payt kelganda qo‘shni uluslarga o‘lja uchun hujum ham qilib turar edilar. Masalan 1272-yili Xulagiylarning Oqbek boshchiligidagi askarlari Kesh va Nahshab shaharlarini, 1273-yil yanvarida Buxoroni talon-taroj etadilar. Buxoro dahshatli qirg‘in-barotni boshdan kechirib, etti yilgacha vayrona tarzda yotadi. Mo‘g‘ullar to‘g‘risida so‘z ketganda yana bir muhim xususiyatni e’tiborga olmoq kerak bo‘ladi. Bosib olingan erlarda mo‘g‘ul harbiy sarkardalari, no‘yonlari, zodagonlari orasida siyosiy dunyoqarash o‘zgara boshlaydi.
Ba’zi no‘yon, xonlar, harbiy ma’murlarning kichik qismi, ularga ergashgan mahalliy zodagonlar, savdogarlar, diniy ulamolar va boshqalar o‘troq hayotga o‘tish, markaziy hokimiyatni kuchaytirib, savdo-sotiqni rivojlantirish tarafdorlari edi. Dehqonchilik va savdo-sotiq xazinaning asosiy manbayi bo‘lishi mumkin edi. Buning uchun esa shahar va qishloqlarni tiklash, ekinzorlarni o‘zaro payhon etishga chek qo‘yish, soliqlarni tartibga tushirish, shaharlar rivoji, savdo, hunarmandchilikka homiylik qilish darkor edi. YUqorida ta’kidlangan madaniylashish tarafdorlari safiga Munqaxon (1251-1259) va CHig‘atoy noibi, xoqonning yaqin maslahatchisi Ma’sudbek (1238-1289) ham kirar edilar. Munqaxon shubhasiz tadbirli va zehnli Movaraunnahr noibi Ma’sudbekning ta’siri ostida ba’zi bir ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi.
Ayniqsa, xo‘jalik-iqtisodiy hayotni bir me’yorga tushirish, savdo va pul muomalasini izga solishda CHig‘atoy ulusi noibi Ma’sudbekning xizmati va islohotlari katta o‘rin tutgan. Ma’sudbek mo‘g‘ul qoonlariga shaxsan yaqinligi ham uning islohotlar o‘tkazilishga imkon ham bergan edi. 1271-yili mo‘g‘ullarning madaniy, o‘troq hayot tarafdorlari madadi, Talas qurultoyi (1269-y.) qarorlariga tayanib, Ma’sudbek yangi pul (moliyaviy) islohot o‘tkazishga kirishdi. Unga ko‘ra, har qanday shaxs o‘ziga kerakli tangalarni zarbxonalarga olib borib, uni xohlagan tarzda, lekin bir xil hajm, qiymat, vaznda zarb etish mumkin edi. Avval boshida qiyinchilik bilan kechgan bu jarayon XIII asrning 80-yillariga kelgandagina faollasha bordi. Tez orada 16 ta yirik shahar va viloyatlarida bir xil vazn va yuqori qiymatga ega sof kumush tangalar zarb etilib, muomalaga kiritildi. Garchi atrofdagi islohotlarga qarshi mo‘g‘ul harbiylari Erondan, Ettisuvdan Movaraunnahrga vayronagarchilik keltirib chiqaruvchi kurashlarni amalga oshirib tursalarda, lekin islohotlar borishiga to‘sqinlik qila olmadilar. Ma’sudbek 1273-1276-yillari qayta talangan Buxoroning tiklanishiga o‘zi bosh qosh bo‘ldi. 1282-83-yillarda Buxorodagi zarbxonalar to‘laqonli ishlashga kirishdi. Savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borayotgan Farg‘ona vodiysida esa CHig‘atoy xoni Duvaxon (1291-1306) davrida Andijon shahriga ham asos solindi.
XIV asrning 1-yarmiga kelib, CHig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlashuv jarayoni kuchayib, mo‘g‘ul zodagonlarining katta qismi savdo doiralari bilan yaqinlashib, islom madaniyati ta’siriga berilishi kuchayib bordi. Movarounnahr madaniy o‘lkasi bilan yaqin aloqa o‘rnatib, o‘troq hayot kechirishga intilgan CHig‘atoy xonlaridan biri Kebekxon (1309, 1318-1326) bo‘ldi. U butunlay Movarounnahrga ko‘chib kelib, o‘z qarorgohini Nasaf shahri yonida barpo etdi. Keyinchalik bu saroy o‘rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxon davlatni idora etish, uning ma’muriy tuzilishini qayta tashkil etish, iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida 2 xil ma’muriy va moliyaviy islohot o‘tkazdi. Ma’muriy islohotga ko‘ra mahalliy tuzilmalar tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Mahalliy hokimlar-maliklar, sadrlarning o‘rinlari turkiy-mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari qo‘liga o‘tdi. Noiblik esa merosiy bo‘lib qoldi. Bu islohot davlatni birmuncha mustahkamlashda o‘zining ijobiy samarasini berdi.
Ma’sudbek davrida pul islohoti amalga oshirilgan bo‘lsa-da, Kebekxon uni takomillashtirmoqchi bo‘ldi. Jumladan, u Xulagiylar va Oltin O‘rda tangalari namunasida 2 xil pul: yirik kumush tanga-“dinor” va mayda kumush tanga “dirham” lar zarb ettiradi.
Dinor (2 misqol, 8 gr. atroflarida) 6 ta dirhamdan iborat bo‘lib qoldi. Kebek nomidan tangalar asosan Buxoro va Samarqandda zarb etilar edi. SHuningdek, O‘tror zarbxonasi ham faol ishlay boshladi.
Kebekxonning islohotlari anchadan beri o‘troq hayot, mahalliy aholi madaniyati bilan yaqinlashuviga qarshi bo‘lgan guruhlarning ham faoliyatini kuchaytirib yuboradi. Kebekxoning ukasi Oloviddin Tarmashirin (1326-1334) akasining siyosatini davom ettirib, o‘troq hayot an’analarini qattiq turib himoya qiladi. U islom dinini qabul qilib, islom dinini CHig‘atoy ulusining rasmiy diniga aylantiradi. Tarmashirin siyosatidan norozi ko‘chmanchi mo‘g‘ul zodogonlari isyon ko‘tarib 1334-yilda uni o‘ldirishadi. Tarmashirindan so‘ng hokimiyat tepasida bo‘lgan CHangshi (1334), Bo‘zan (1334-1338), Eson-Temur (1338-1342), Muhammad (1342-1343)lar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganligi yo‘q. Aksincha, mahalliy qabilalar hokimiyati, urug‘ boshliqlarining ta’siri bu paytga kelib yanada kuchayib, CHig‘atoy hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi.
XIV asrning 40-yillariga kelib, Ettisuvda Dug‘lot amirligining yuzaga kelishi, amalda CHig‘atoy ulusining tarqab ketishidan, o‘rniga Movarounnahr amirligi yuzaga kelganligidan dalolat berar edi. CHig‘atoy xonlarining so‘nggi vakilaridan biri Qozonxon (1343-1346) markaziy xon hokimiyati kuch-qudrati ta’sirini ko‘tarib, ichki siyosatda Kebekxon-Tarmashirin yo‘lini tutishga harakat qildi. U ko‘chmanchi harbiylarga qarshi kurash olib borib Qashqadaryo vohasida hatto ularga qarshi tayanch markazi etib-Zanjirsaroy qal’sini ham barpo etgan edi. Qozag‘on boshchiligidagi bir guruh ko‘chmanchi, talonchilik siyosati tarafdorlari 1346-yili fitna natijasida Qozonxonni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lishadi.
Qozag‘an o‘ziga amir unvonini olib, davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Movarounnahr Qozag‘on davridayoq bir necha yarim mustaqil qismlarga bo‘lib ketgan edi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik avj olib, o‘zaro nizolar yanada kuchaygan edi. Kesh (SHahrisabz) atrofidagi erlar Hoji Barlos boshchiligidagi barlos urug‘iga, Xo‘jand Boyazid Jaloyiriyga qaram bo‘lib qoldi, Balx va uning atrofidagi erlar Qozog‘onning nevarasi amir Husaynga tobe bo‘ldi, SHiburg‘on esa Muhammadxo‘ja Apverdi qo‘liga o‘tib ketdi. Bundan tashqari Buxoroda diniy ulamolardan iborat sadrlar, Xuttalonda mahalliy hokimlardan bo‘lishi Kayxusrav, Termizda-sayidlar, Badaxshonda o‘zboshimcha mahalliy shohlar hokimiyatni qo‘lga olishdi.



Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling