Mavzu: Molekulyar fizika faniga kirish. . Molekulyar - kinetik nazariyaning asoslari.
Atom, molekula va ularning xossalari to’g’risida umumiy tushunchalar.
Reja:
1. Molekulyar fizika fanining maqsadi va vazifalari.
2. Molekulyar - kinetik nazariyaning asoslari.
3. Atom, molekula va ularning xossalari to’g’risida umumiy tushunchalar.
4. Moddalar nimalardan tuzilgan?
Tayanch iboralar: Modda, atom, molekula, massa, temperatura, issiqlik, proton, neytron,
elektron.
Nazorat savollari va topshiriqlari:
1. Molekulyar fizika fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat
2. Modda tuzilishining molekulyar – kinetik nazariyasi qanday omillarga asoslanadi?
3. Atom, molekula va ularning xossalari nimalardan iborat?
4. Moddalar nimalardan tuzilgan?
Siz fizika fanining ilk kursi mехanika bo‘limi bilan tanishganingizda, jismlarning harakat
qonuniyatlarini o‘rganishda ular bir butun, yaхlit jism dеb qaradingiz.
Molekulyar fizika fanida istalgan jismlarning ichki tuzilishi qanday, nima uchun odatdagi
sharoitda ayrim moddalar gaz, ayrim moddalar suyuq, ayrim moddalar qattiq holatda bo’ladi degan
savollarga ham javob beradi.
Ya’ni fizikaning mexanika bo’limini o’rganishda jismlar zarralardan tuzilganligini
e’tiborga olmagan edik. Molekulyar fizika va termodinamikani o’rganishda esa moddalar
zarralardan tuzilganligiga asosiy e’tibor qaratamiz. Bunda statistik va termodinamik metodlardan
foydalaniladi.