Mavzu: moliya bozori risklari va portfelni boshqarish “moliya bozori” fani


Moliyaviy instrumentlarni sotib olish bilan bogʻliq risklar moliya bozorida salbiy iqtisodiy


Download 321.83 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi321.83 Kb.
#1491325
1   2   3
Bog'liq
12. Risk

Moliyaviy instrumentlarni sotib olish bilan bogʻliq risklar moliya bozorida salbiy iqtisodiy
hodisalar vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻladi va quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
foyda darajasi kutilayotgan darajadan past boʻlishi
yoki
umuman kuzatilmasligi
qimmatli qogʻozning
qiymati tushganda
investor kiritgan kapitalining maʼlum qismini
yoʻqotilishi
qimmatli qogʻozning
qadrsizlanishi
Bunday oqibatlar shubhasiz potensial investor qaroriga taʼsir oʻtkazadi. Investorlar moliya
bozoridagi risklar mohiyatini bilish, toʻgʻri baholash va ularni samarali boshqarish uchun moliya
bozoridagi risklarlarni ikkiga boʻlishida, yaʼni: bozor (yoki tizimli, diversifikatsiya qilinmaydigan) risklari va bozordan tashqari (yoki oʻziga xos, tizimsiz, diversifikatsiyalanadigan) risklar.
Bozor risklari
bu bozor omillari oʻzgarishi oqibatida aktiv qiymatini
pasayishi riski hisoblanadi.
Bozor riskini quyidagi uchta standart shakli mavjud:
Fond (yoki narx) riski – bu aksiyalar narxining
tushishi riski.
Foiz riski – bu foiz stavkasi oʻzgarishi riski.
Valyuta riski – bu valyuta kurslari oʻzgarishi riski.
Bozor risklarini baholash uchun amaliyotda VaR usulidan keng foydalaniladi.
2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va baholash muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Ushbu davr talabiga munosib iqtisodchi olimlar tomonidan qator statistik usullar va yangi miqdoriy baholash
usullari tadqiq qilindi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios Bisias, Mark Flood, Andrew W. Lo,Stavros Valavanis
tomonidan tadqiq qilingan “ASurvey of Systemic Risk Analytics” nomli asarda tizimli riskni turli tomondan miqdoriy baholashning 31ta uslubiyotining sharhi berilgan. Ulardan amaliyotga joriy qilish imkoniyati
nuqtai nazaridan eng samarador va eng keng tarqalgan toʻrtta usulni quyida koʻrib chiqamiz.
Stress-test usuli.
Stress-testlar alohida moliyaviy institutni yoki butun tizimni makroiqtisodiy yoki makromoliyaviy oʻzgarishlariga nisbatan qanchalik zaifligini baholashga xizmat qiladi. Stress-testlar boshqa
usullardan farqli tarzda
tizimli riskni vujudga kelish ehtimolligini emas, balki
agar oʻzgarish (shok) roʻy
bersa, oqibatlar qanaqa boʻlishini aniqlaydi.

Download 321.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling