Mavzu: Moliya bozorining umumiy asoslari Moliya bozori haqida tushuncha


Qimmatli qog‘ozlar haqida tushuncha va ularning mohiyati


Download 12.19 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi12.19 Kb.
#1402273
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
DENOV TADBIRKOR-WPS Office

Qimmatli qog‘ozlar haqida tushuncha va ularning mohiyati.

Biror bir mamalakatning barqaror rivojlanishi va dunyo iqtisodiyot maydonida o‘z qadr-qimmatiga ega bo‘lishi uchun u davlat o‘zining bir qator iqtisodiy bozorlarini tashkil etishi va ularni shakllantirishi lozimdir.

Shunday bozorlardan biri –bu qimmatli qog‘ozlar bozoridir.
Qimmatli qog‘ozlar - shunday pul hujjatidirki, u hujjat egasini uning emitentiga nisbatan mulkiy huquqini, qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, ya’ni qimmatli qog‘ozning ahamiyati shundan iboratki, u ayni vaqtda mulk tituli ham, qarz majburiyati ham, daromad olishga bo‘lgan huquqi ham, daromadning bir qismini to‘lash majburiyati hamdir. U alohida hujjat yoki hisob varaqalardagi yozuv shaklida ham bo‘lishi mumkin.munosabatlar tizimidan iborat.

Qimmatli qog‘ozlar bozori ham boshqa bozorlarga o‘xshab talab va taklifga binoan amal qiladi. Bu yerda talab asosan ikki yo‘nalishda bo‘ladi:

- investitsiyani moliyalashtirish maqsadida korxona, korporatsiya va davlat tomonidan kredit olish;

- uy-joy, ko‘chmas mulk egasi bo‘lish maqsadida aholi va xususiy sektor tomonidan qimmatli qog‘ozlarni kreditor (qarz beruvchi) sifatida sotib olish.

Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan:

- birlamchi bozorlarga;

- ikkilamchi bozorlarga;

shaklan esa:

-birjaviy bozorlarga:

-nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi.

Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori deganda qimmatli qog‘ozlarni dastlabki egalari (investorlar)ga, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish maqsadida ularni birlamchi va takror (ikkilamchi va h. k. ) emissiya qilish va muomalaga chiqarish tushuniladi. Bu bozor qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni tashkil kiluvchi va ta’minlovchi bozordir. Boshqacha qilib aytganda, birlamchi bozor - bu birlamchi va takror emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni dastlabki egalariga joylashtiruvchi bozordir. Bu bozorda davlat va munitsipal obligatsiyalar, shuningdek, turli aksioner jamiyatlarining aksiyalari va obligatsiyalari emissiya qilinadi
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga muvofiq (96-modda) «Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi. Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: aksiya, obligatsiya, veksel, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi». Har qanday iqtisodiy kategoriya bozor tavsiflariga ega bo‘ladi, ular egalik qilish, chiqarish shakli, muomalada bo‘lish xarakteri va mazkur qimmatli qog‘ozga qo‘yilmalar havf darajasi, daromadni o‘z ichiga oladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish Moliya vazirligi, Markaziy bank yoki boshqa davlat organlariga yuklatilishi mumkin.


Download 12.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling