Mavzu: Moliyaning dolzarb muammolari” faniga kirish


Download 84.5 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1629475
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaning dolzarb muammolari 1-5 ta mavzu


  1. Mavzu: Moliyaning dolzarb muammolari” faniga kirish.

Byudjet siyosatining amalga oshirilishi va uning samaradorligi asosan byudjetni rejalashtirish, byudjetning ijrosi hamda uning ijro etilishini nazorat qilishni o’z ichiga oluvchi byudjet jarayonining tashkil etilishi bilan belgilanadi. O’zbekistonda bu sohada eng muhim o’zgarishlar Byudjet kodeksining qabul qilinishi, g’aznachilik institutining bosqichma-bosqich joriy etilishi, sog’liqni saqlash va ta’lim sohalarida jon boshiga moliyalashtirish metodologiyasi va mexanizmlari ishlab chiqilishi bilan bog’liq. So’nggi ikki yil ichida byudjet tasnifini va buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish borasida ishlar yanada faollashtirildi, davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishga kirishildi. Ammo qayd etilgan jarayonlar asosan byudjetni ijro etish tartib-taomillariga taalluqli bo’lib, uni rejalashtirish tartib-taomillari va metodikasiga jiddiy o’zgartirishlar kiritgani yo’q. Byudjet xarajatlari prognozini qonun yo’li bilan belgilangan normativlar va o’tgan yil uchun xaqiqiy xarajatlar asosida amalga oshirishga qaratilgan bazaviy usul (smetali rejalashtirish) byudjetni rejalashtirishning asosiy usuli bo’lib qolayotir. Muassasalar(byudjetdan mablag’ oluvchilar)ning byudjetlari o’tgan yillarda byudjetdan ajratilgan mablag’larni byudjet tasnifi moddalari bo’yicha indeksatsiya qilish yo’li bilan shakllantiriladi. Byudjetni ijro etish jarayonida mablag’larni qayta taqsimlash juda qiyin va byudjetdan mablag’ oluvchilar kelgusi yilda moliyalashtirish hajmlari qisqartirilishiga yo’l qo’ymaslik uchun ajratilgan mablag’larni «o’zlashtirish»ga harakat qiladilar. Ushbu usul barcha byudjet muassasalarini yagona yondashuvga muvofiq moliyalashtirishni ta’minlaydi, ammo bunda byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va oluvchilar byudjet tarmog’ini optimallashtirishdan manfaatdor bo’lmaydilar. Masalan, statsionar tibbiy muassasalarni moliyalashtirish uchun asosiy ko’rsatkichlar bemorlar shifoxonada o’tkazgan kunlar va bu erda band etgan joylar soni (koyka-kun) hisoblanadi. Shifoxona asosiy xodimlarining shtat birliklarini belgilash me’yorlari sifatida koylar soni amal qiladi, bemorlar shifoxonada o’tkazgan kunlar soni esa ovqatlanish, dori-darmonlar va yumshoq inventar bilan ta’minlash xarajatlarini aniqlash uchun asosiy ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Shu 67 sababli byudjetdan moliyalashtirishni joriy yil darajasida olish (saqlab qolish) uchun shifoxona koykalar sonini va bemorlar shifoxonada o’tkazgan kunlar sonining ko’rsatkichini saqlab qolishi lozim. Hozirgi vaqtda normativ moliyalashtirish unsurlarini o’zlashtirish yo’lida ilk qadamlar tashlanmoqda. Xususan, birlamchi sog’liqni saqlash muassasalari doirasida jon boshiga moliyalashtirish usulini ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish amalga oshirilmoqda. Bu usul byudjet mablag’lari taqsimotini yaxshilash imkoniyatini beradi, lekin ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish muammosini to’la hal qilmaydi. Byudjet cheklashlariga qat’iy rioya etilgan holda, byudjetni rejalashtirishning joriy amaliyoti prognoz ko’rsatkichlari bajarilishini va byudjetning balansliligiga erishilishini ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda, davlat byudjetini rejalashtirish joriy metodologiyasida byudjet mablag’laridan samarali foydalanish imkoniyatlarini cheklovchi bir qator kamchiliklar mavjud: 1. Joriy smetali rejalashtirish moliyalashtirish natijalarini aniqlash muammosini amalda chetlab o’tadi. Boshqacha qilib aytganda, xarajatlarning o’zi natijalar sifatida amal qiladi. Mazkur yondashuv byudjetdan moliyalashtirishning samaradorligini aniqlash imkoniyatini bermaydi. U faqat mablag’lar maqsadli sarflanishini ta’minlash, moliyalashtirishning rejalashtirilgan va amaldagi summasini taqqoslash imkoniyatini beradi. Natijada butun byudjet jarayoni – xarajatlarni rejalashtirishdan boshlab ularning bajarilishini nazorat qilishgacha – «xarajatlarni boshqarish»ga qarab mo’ljal oladi. 2. Byudjetni rejalashtirish bir yil bilan chegaralanadi va bu byudjet siyosatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy yil doirasidan chetga chiquvchi ustuvor vazifalari va maqsadlariga erishishga yo’naltirish imkoniyatini bermaydi. Natijada o’rta va uzoq muddatli kelajakda amalga oshirishni mo’ljallab qabul qilinadigan milliy va tarmoq dasturlari aksariyat hollarda byudjet imkoniyatlari bilan bog’lanmaydi. Bu esa ularni bajarish muddatlari ko’p karra qayta ko’rilishiga va dastur tadbirlariga o’zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. 3. Joriy (amaldagi) byudjet investitsiya dasturi bilan lozim darajada bog’lanmagan. Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (yangi quvvatlarni yaratish, amaldagi obyektlarni asbob-uskunalar bilan jihozlash) ishga tushirilganidan so’ng ularni joriy ta’minlashga xarajatlarni talab qiladi. Ammo, yangi obyektlarning ishga tushirilishi byudjet prognozi bilan bog’lanmagan, ya’ni unda mazkur obyektlarni joriy ta’mirlash xarajatlari hisobga olinmagan hollar ham uchraydi. Natijada moliya yili mobaynida mazkur obyektlarni ta’minlashga qo’shimcha mablag’larni topish (shu jumladan rejaga muvofiq ajratilgan mablag’larni qayta taqsimlash yo’li bilan) to’g’risida qarorlar qabul qilinadi.



Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling