Mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularning turlari


Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nis-batan noaniqlik darajasi


Download 49.04 Kb.
bet10/10
Sana23.12.2022
Hajmi49.04 Kb.
#1045787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
18 moliyaviy bozor stavkalari reja Foiz stavkalari va ularn

Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nis-batan noaniqlik darajasi.
Qo‘yilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasining noaniqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, hosilga oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’siri; shaxta va quduqlarning taxmin qilinganidek resurslarga boy bo‘lmasligi; mashinalarning vaqt-vaqti bilan eskirishi va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi yoki alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni o‘z tabiatiga ko‘ra mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi.
Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi (nimagadir ustuvorlik berishi).
Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil inson psixologiyasidir. Odamlar, odatda hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, aynan bugun foydalanishni afzal ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni kiritish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari bo‘lmagan taqdirda ham foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul berish va qarz olishlari uchun yagona sabab ularning umri davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.Riskni yoqtirmaslik (xush ko‘rmaslik, qabul qilmaslik, tan olmaslik). YUqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi.

Nazorat uchun savollar:
1. Foiz stavkalari va ularning turlari nimalardan iborat ?
2. Foiz stavkasining darajasiga ta’sir etuvchi omillarni izohlang?
3. Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri nimalardan iborat?
4. Foiz stavkasiga to’lov muddatining ta’siri nimalardan iborat ?
5. Riskli aktivlarning daromadlilik stavkasi deganda nimani tushunasiz?
6. Daromadlilikning real stavkasi qanday formula orqali ifodalanadi?
Download 49.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling