2-Masala.
Maqsad – buxgalteriya balansidagi o’zgarishlar tartibini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
«M» kompaniyasi 200 yil 30 noyabr holatidagi balansi quyidagi ko’rinishga ega:
Aktivlar
|
Summa (ming so’m)
|
Majburiyatlar
|
Summa (ming so’m)
|
Kassa
|
263 389
|
To’lanadigan vasiqalar
|
83 361
|
Olinadigan schyotlar
|
339 798
|
To’lanadigan schyotlar
|
229 453
|
Tovarlar
|
387 660
|
Boshqa majburiyatlar
|
300 847
|
Mulklar
|
330 455
|
Majburiyatning jami
|
613 661
|
Boshka aktivlar
|
99 800
|
Hususiy kapital
|
807 441
|
Jami aktivlar
|
1 421 102
|
Jami passivlar
|
1 421 102
|
Dekabr oyida korxona tomonidan quyidagi muomalalar sodir bo’ldi (ming so’mda):
Mulk egalaridan naqd pulda omonatlar qabul qilindi – 1 800 so’m;
Kompaniyaga investitsiya ko’rinishida maxsus uskuna olindi – 4 000 so’m;
Oddiy vasiqa berilib naqd pul kirim qilindi – 10 000 so’m;
Nakd pul to’lanib uskuna sotib olindi – 12 500 so’m;
Mol etkazib beruvchilardan TMZ sotib olindi – 9 000 so’m;
Kreditor qarzlar (schyotlar) nakd pulda to’landi – 5 400 so’m;
Boshqa kompaniyaga uskuna sotildi – 1 400 so’m;
Debitorlik qarzlari (olinadigan schyotlar) nakd pulda kirim qilindi – 8 400 so’m;
Topshiriq:
1. Ushbu oyda sodir bo’lgan muomalalarni taxlil qiling.
2. Taxlildan keyin «Aktiv = majburiyat + xususiy kapital» tenglamani isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |