Mavzu: Moliyaviy hisobotning elementlari


Download 1.53 Mb.
bet6/8
Sana24.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1395195
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliyaviy hisobotning elementlari

Daromadlar va Xarajatlar

  • Daromadlar
  • Yalpi daromad xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlarini o‘z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni realizatsiyasidan, shuningdek mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatiga kelib chiqib renta ko‘rinishida olinishi mumkin.
  • Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlar daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‘z ichiga oladi va konseptual asosning alohida tarkibiy elementi deb hisoblanmaydi.
  • Asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida yuzaga keladigan daromadlarga misol bo‘lib birjada aylanadigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash va boshqalar xizmat qilishi mumkin. Bunday daromadlar, agar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinsa, alohida ko‘rsatiladi, chunki iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot foydali bo‘lishi mumkin.
  • Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) — soliq qonunchiligiga muvofiq aniqlanadigan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir.
  • (56-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
  • Xarajatlar
  • Xarajatlar atamasi mulkni boshqarish, ishlab chiqarish, mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va zararlar bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Ular odatda pul mablag‘lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqalar singari aktivlarning chiqishi yoki ulardan foydalanilishi shaklida bo‘ladi.
  • Zararlar iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi va konseptual asosning alohida elementi sifatida qaralmaydi.
  • Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday zararlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ular haqidagi axborot iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lishi mumkin va shuning uchun ham ular alohida ko‘rsatiladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling