Mavzu: Moliyaviy risklar Reja: Riskning mazmun-mohiyati. Risklarning turlari
Download 168.5 Kb.
|
5-mavzu
Mavzu: Moliyaviy risklar Reja: 1. Riskning mazmun-mohiyati. 2. Risklarning turlari. 3. Riskni boshqarish jarayoni. 4.Riskni “o‘tkazish” variantlari: xejirlashtirish; sug‘urtalash; diversifikatsiya. 1. Riskning mazmun-mohiyati. Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va Kursel Seneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi1. 19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining shakllanishi va o`zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi. “Risk” atamasi yevropaning ko`p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so`zi mavjud bo`lib, u qoya, cho`qqi ma`nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so`zi xatar, tahdid ma`nosini, “risicare” so`zi qoyadan mohirona o`tish ma`nosini bildiradi. Frantsuzlardagi “risdoe” so`zi tahdid, qoyani aylanib o`tmoq ma`nosini beradi. Iqtisodiy lug`atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo`qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma`nosida kelishi ko`rsatilgan. “Risk” so`zi ispancha-portugalcha so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan ma`noni bildiradi. Taniqli lug`atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma`no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug`atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta`rifni bergan bo`lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir”2, degan ta`rifni keltiradi. Risk nazariyasini o`rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo`shishgan. A.Smit risk va foyda o`rtasidagi o`zaro proportsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta`kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo`lgan maydonda qonun bo`yicha daromad kichik bo`ladi, bu esa o`z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko`paytirish uchun usullar salmog`i yanada ortib boradi”. Taniqli lug`atshunos S.Ojegovning rus tili lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma`nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli”3, deb ifodalangan. Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o`z navbatida oldindan ko`ra bilish qiyin yoki mumkin bo`lmagan voqealar bilan bog`liq bo`ladi”, deya izohlaydi. ye.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko`rish ehtimolidir”. Risk to`g`risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov quyidagicha ta`rif berib o`tadi: Risk bu moliyaviy yo`qotish darajasini belgilab: qo`yilgan maqsadga yetib bormaslik; noaniqliq holatda natijani belgilash; sub`ektiv holatda belgtlangan natijani baholash. Investitsiya faoliyati ma`lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma`lum daromad, foyda olishni ko`zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma`lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e`tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o`tgan va kelasi davr ma`lumotlari yetishmasligi yoki to`liq emasligi sababli sub`ektiv aniqlangan vaqtda e`tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma`lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo`lishi mumkin. Chunki o`tgan davr ma`lumotlari asosida faqat noma`lum kelajakda yuz berishi mumkin bo`lib o`tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin. Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo`qotish va zararlarga bog`liq bo`lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir. Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo`lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo`lgan oqibatlarga ega bo`lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi. Download 168.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling