Mavzu: Moliyaviy tahlil va uning reja
Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlil
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
20-112
3. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlil. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy
vazifasi – qaysi mahsulot turlari, qaysi xarajat turlari, qaysi javobgarlik markazlari tufayli o`zgarishlar yuzaga kelganligini va bu borada rahbarlar qanday yo`l tutishi lozimligiga 5 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘RQ-404-сон 13.04.2016. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida (lex.uz) qaratilgan. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi – xo`jalik yurituvchi subyektining joriy davrdagi natijalarini, ularning kelgusidagi kutilishlarini, moliyaviy holatini keng qamrovli tavsiflashga, baholashga qaratilgan. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari quyidagilarga qaratilgan: xo`jalik subyektining iqtisodiy va moliyaviy holatini baholash; xo`jalik subyektining iqtisodiy salohiyatini baholash va tahlil etish; mulkiy holatini baholash (analitik balansni tuzish, balansning vertikal tahlili, balansning gorizontal tahlili, mulkiy holatdagi sifat o`zgarishlari tahlili); moliyaviy holatni baholash (likvidlik va to`lovga layoqatlilikni baholash, moliyaviy barqarorlikni baholash); moliyaviy xo`jalik faoliyati natijaviyligini baholash (ish aktivligi, foyda va rentabellikni baholash, qimmatli qog`ozlar bozoridagi holatini baholash)ni o`z ichiga oladi. Moliyaviy tahlilni quyidagi bosqichlardan iborat algoritmini belgilash mumkin: - tahlil uchun zarur bo`lgan axborotlarni yig`ish; - axborotlarni qayta ishlash, ko`rsatkichlarni tanlash va ularni tahliliyligini ta„minlash; - moliyaviy hisobotlarning gorizontal, vertikal, trend tahlilini o`tkazish; - moliyaviy hisobotlar ko`rsatkichlari asosida moliyaviy koeffitsiyentlarni hisob-kitob qilish, ularning qiyosiy tahlilini qilish, o`zgarishlarni omilli tahlilini amalga oshirish; - xo`jalik subyektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalari, pul oqimlarini tahliliy natijalarini chiqarish, ularni yaxshilashning, imkoniyatlarini aniqlash; - moliyaviy tahlil bo`yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash va amaliy chora-tadbirlarni belgilash. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling