Mavzu: Moliyaviy tashkilotlar Reja: Moliyaviy tashkilotlar haqida tushuncha. Xalqaro moliya tashkilotlari(xmt)


Download 21.8 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi21.8 Kb.
#1028170
  1   2
Bog'liq
Dinamik referat


Mavzu: Moliyaviy tashkilotlar
Reja:
1.Moliyaviy tashkilotlar haqida tushuncha.
2.Xalqaro moliya tashkilotlari(XMT).

Mamlakatlararo tashkilotlarning tashkil topishi 1929-1933 yillardagi jahon


iqtisodiy inqirozi ta’sirida boshlandi. Xalqaro tashkilotlar ishtirokchi mamlakatlar
moliyaviy resurslarining birlashishi natijasida vujudga keladi.
Bunday tashkilotlarning tashkil topishidan asosiy maqsad-hamkorlikni rivojlantirish, birlikni ta’minlash, qiyin vaziyatlarni stabillashtirishdir. Xalqaro valyuta va moliya-kredit tashkilotlarining faoliyat doirasi xalqaro valyuta va fond bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash, investitsion faoliyatni, mamlakat loyihalarini kreditlash, fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishga qaratilgan.
SHunday tashkilotlardan biri Jahon banki guruhidir. Jahon banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
- Xalqaro qayta qurish va rivojlanish banki;
- Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankining uchta filiali: Xalqaro rivojlanish
assotsatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Ko‘p tomonlama investitsion-kafolat
agentligi. Yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar har biri mustaqildir, ammo ularni yagona boshqaruv organi birlashtirib turadi.
Xalqaro qayta qurish va rivojlanish banki-qashshoq, o‘rtacha yashash darajasiga
ega, ammo to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan mamlakatlarni rivojlantirish uchun
kreditlar beradi. U strategik maqsadlarni amalga oshiruvchi, a’zo mamlakatlar
iqtisodiyotini integratsiya qiluvchi tashkilot sifatida tan olingan.
Uning asosiy maqsadi- xususiy sektorni kreditlash, ammo so‘nggi yillarda u
rivojlanayotgan mamlakatlardagi davlat tashkilotlarni ham kreditlab kelmoqda.
Kreditlar 15-20 yilga beriladi. 50 yil davomida bank tomonidan 128 mamlakat
ajratilgan kreditlarning umumiy miqdori 320 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Bankning asosiy kreditlari infratuzilmani rivojlantirishga, qishloq xo‘jaligi va baliqchilikni, sanoatni qo‘llab-quvvatlashga 15% kreditlari ajratilgan, xolos.
Xalqaro rivojlanish assotsatsiyasi AQSH ko‘magida 1960-yilda tashkil topgan.
Ushbu assotsatsiya Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankini to‘dirib, imtiyozga ega bo‘lgan kreditlarni berish bilan shug‘ullanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarga 1% miqdorida 10 yil imtiyozga ega bo‘lgan 35-40 yilga kreditlar beriladi. Bunday kreditlar aholi jon boshiga YIM miqdori 650 AQSH dollaridan oshmagan mamlakatlarga beriladi. Bu assotsatsiyaga a’zo bo‘lish uchun, eng avvalo, Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankiga a’zo bo‘lish lozim.
Xalqaro moliya korporatsiyasi 1956-yilda tuzilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi
xususiy sektorning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Unga 174 ta
mamlakat a’zo bo‘lib, ushbu tashkilotning kreditlar uzog‘I bilan 15 yilga berilib, eng
qimmat kreditlar hisoblanadi.
Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik Xalqaro qayta
qurish va rivojlanish banki filiali sifatida 1988-yilda tuzilgan. Ushbu agentlikning maqsadi rivojlnayotgan mamlakatlarga o‘zining notijorat tavakkalchiliklarni sug‘urtalash orqali investitsiyalash. Agentlik ushbu tavakkalchiliklarga 15 yil kafolat beradi. Agentlik a’zosi bo‘lish uchun Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankiga a’zo bo‘lish lozim.
Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy moliya va texnik ko‘mak
manbai hisoblanadi. Islom taraqqiyot bankiga 1973 yilda asos solingan bo‘lsa ham, u
rasman ish faoliyatini 1975 yilda boshlagan. Uning asosiy maqsadi musulmon diniga
itoat etuvchi xalq va davlatlarning ijtimoiy rivojlanishiga ko‘mak berish va 2020
yilga qadar jahon standartlari darajasidagi bankga aylanish. Hozirgi davrda bankning
asosiy ishtirokchilari 56 mamlakat bo‘lib, ITB ularda quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat
olib boradi:
- loyihaviy moliyalashtirish;
-a’zo mamlakatlarda qashshoqlik darajasini kamaytirish;
-a’zo mamlakatlarning savdo-iqtisodiy rivoji;
- kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- a’zo mamlakatlarda resurslarni mobillashtirish;
-islom moliya institutlari kapitalida ishtirok etish;
-investitsiyalarni sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash va eksportni kreditlash.
Uning ta’sischi mamlakatlari quyidagilar: Saudiya Arabistoni, Quvayt, Liviya,
Turkiya, Birlashgan arab amirliklari, Misr, Indoneziya, Pakiston.
Islom taraqqiyot banki tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
- Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi;
- Investitsiyalarni va eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha Islom
korporatsiyasi;
- Islom tadqiqot va o‘quv institute;
Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi.
Bankning xususiy kapitali 15 milliard islom dinorini tashkil etadi.
Bankning rasmiy ofislari unga a’zo 12 ta davlatda mavjud, shuningdek
O‘zbekistonda ham.
ITB guruhiga quyidagilar kiradi:
Islom taraqqiyot banki(1975);
Islom tadqiqot va o‘quv instituti(1981);
investitsiyalarni sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash va eksportni kreditlash islom
korporayiyasi; xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi; Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi. ITB tomonidan kichik biznesga yo‘naltirilgan 170 ta loyiha amalga oshirilgan va 3300 ta yangi ish joylari tashkil etilgan.

Download 21.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling