Mavzu: Moliyaviy tizimni boshqarish


Erkin bozor qachondan paydo bo‘lgan?


Download 1.73 Mb.
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1429606
1   2   3   4   5
Bog'liq
Erkin bozor iqtisodiyoti tanazzuli konsepsiyasi

Erkin bozor qachondan paydo bo‘lgan?

  • Erkin bozor qachondan paydo bo‘lgan?
  • Bundan ko‘p asrlar ilgari pulsiz ham odamlar bir-biri bilan savdo qilishgan. Buning dalillari tarixiy manbalar tushuntira oladiganidan ancha uzoqqa ham cho‘ziladi. Savdo dastlab norasmiy edi, ammo iqtisodiy ishtirokchilar oxir-oqibat valyuta ayirboshlash vositasi ushbu foydali operatsiyalarni osonlashtirishga yordam berishini tushunishdi.
  • Eng qadimgi ayirboshlash vositalari qishloq xo‘jaligidaro‘y bergan. Masalan, ayrim tahlilchilar don va qoramoldagi ayirboshlashni miloddan avvalgi 9000-6000 yillarda vujudga kelganini taxmin qilishadi. Bu miloddan avvalgi 1000 yillargacha amalda bo‘lgan. Keyin Xitoy va Mesopotamiyada metall tangalar zarb qilindi va bu pul vazifasini bajaradigan tovarning birinchi ma’lum namunasi hisoblandi.

Ikki ustun

Ikki ustun

  • Bozor iqtisodiyotining ikki ustuni mavjud: ixtiyoriy ayirboshlash va xususiy mulk. Savdo u yoki bu birisiz sodir bo‘lishi mumkin, ammo bu bozor iqtisodiyoti bo‘lmaydi. Ya’ni, faqat bittasi bilan amalga oshirilsa markazlashtirilgan tarzda bo‘ladi.
  • Xususiy mulk tushunchasi tarixiy manbalar yozilishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, lekin bunga oid muhim dalillar 17-18-asrlar, aniqrog‘i Jon Lokkdan keyin paydo bo‘ldi.
  • Ma’lumot uchun, Jon Lokk – ingliz pedagogi va faylasufi, empirizm va liberalizm vakili. Uning g‘oyalari gnoseologiya va siyosiy falsafaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U ma’rifatparvarlik davrining eng nufuzli mutafakkirlari va liberal nazariyotchilaridan biri sifatida tan olingan.

Erkin bozorlar kapitalizmdan farqlanadi

Erkin bozorlar kapitalizmdan farqlanadi

  • Erkin bozorlarni kapitalizmdan farqlash muhimdir. Kapitalizm – bu tovarlar qanday ishlab chiqarilishining iqtisodiy tizimi – bu yerda biznes egalari va investorlar (kapitalistlar) kompaniya, korporatsiya yoki zavod kabi markazlashtirilgan tashkilotda ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Umuman, kapitalistlar barcha ishlab chiqarish vositalariga egalik qiladi. Ya’ni, ko‘chmas mulk, xom ashyo, tayyor mahsulotlar va foyda.
  • Shuningdek, kapitalistlar, o‘z navbatida, ish haqi evaziga ishchilarni yollaydi. O‘z navbatida ishchilar mehnat asboblari, xom ashyo, tayyor mahsulot yoki foydaning hech biriga egalik qilmaydi – ular faqat ish haqi uchun xizmat qiladi.
  • Erkin bozor esa iqtisodiy taqsimot tizimidir. U talab va taklif qonunlari orqali iqtisodiyotda kim nima va qancha olishini belgilaydi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling