2-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
2.1.
1-topshiriq. Matndagi affiksatsiya usuli bilan yasalgan sifatlarni aniqlang, ularni
«yasalish asosi» va «yasovchi vosita»ga ajrating.
Ijodiy faoliyat, unumli mehnat, turkiy g‟azal, hosildor er, qarovsiz bog‟, yozgi
ta‟til, tarbiyaviy soat, kasalmand kishi, badavlat odam, noo‟rin so‟z,
serdaromad tarmoq.
2-topshiriq. Berilgan sifat yasovchi qo‟shimchalarni qaysi til qo‟shimchalari
ekanligiga ko‟ra ro‟yxatini tuzing.
-li, -siz,- lik,- gil, -qir, -g‟in, -ag‟on, -choq, -gi, -chan, ba-, bo-, no-, ser-, be-, -
parvar, -bon, -namo, -dor, -iy, -viy, -simon, -gin, -gun, -ma.
3-topshiriq. Keltirilgan sifat yasovchi qo‟shimchalar (2-topshiriqdagi)
vositasida sifat so‟zlar yasang. Yasalmalarning «yasovchi asos» ma‟nosiga
munosabati va qaysi turkumga oid so‟z (o‟zak)dan sifat yasayotganini izohlang.
2.2.
1-topshiriq. Berilgan qo‟shma sifat so‟zlar qaysi turkum so‟zlarining
qo‟shilishidan yasalayotganini aniqlang.
Muzyorar, kunbotar, osmono‟par, beshotar, bodomqovoq, sheryurak,
sarvqomat, qo‟yko‟z; oqbadan, oqbilak, ko‟kko‟z, qorasoch, oqko‟ngil;
kulrang, kamgap; uch qavatli (bino), qora sochli (qiz), duxoba do‟ppili (yigit).
2-topshiriq. Berilgan qo‟shma sifatlarni yasalish usuliga ko‟ra tahlil qilib o‟z
xulosangizni ayting.
A) bodomqovoq (qiz), oqbilak (oyim);
V) to‟g‟ri burchakli (parallelopiped), ko‟p qavatli (bino);
S) beshotar (miltiq), tezyurar (poezd).
2.3
topshiriq. Sifatga ko‟chgan so‟zlarning qaysi turkumga oidligini aniqlang.
Zahar odam, tilla bola, shakar qizim, oltin kuz, kumush qish, yog‟och oyoq;
yarashmagan qiliq, kelishgan qiz, o‟tar dunyo, tez odam, oqilona maslahatchi,
ruscha kitob, o‟zbekcha rasm-rusum.
2-topshiriq. Sifatga ko‟chgan (ad‟ektivatsiyalashayotgan) so‟zlarga 10 ta misol
toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |