Asosiy savollar; - 1.Dasturning yaratilish sababi va tarixi.
- 2.Bugungi kunda Respublikada MTMning ahvoli.
- 3.Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tizimi qanday omillarga tayanadi.
- 4.Bolalarni rivojlantirish maktabga tayyorlash jarayoni qanday yo`nalishlarda amalga oshiriladi.
Tayanch dasturning maqsadi - "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari"ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog`lom, aklan va ma’nan etuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo`la oladigan, borliqni aniq idroq etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
Dasturning vazifasi - Bolalarni jismoniy. aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog`ligini muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ahloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturning mazmuni kuyidagi tamoyillarga tayanadi: - maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
- maktabgacha ta’limning demoqratikligi;
- bola shahsiga yo`naltirilganligi;
- bolalarni sog`lomlashtirishga qaratilganligi;
- bolalarning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
- maktabgacha ta’limda o`yin faoliyatining etakchiligi;
- maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
- maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
- maktabgacha ta’limning oila va boshlang`ich ta’lim bilan o`zviyligi.
Muassasa dasturni amalga oshirishda har bir bolaga quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad kilib qo`yishi lozim: - -ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;
- -mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo`lish;
- -muammolarni aniqlash va ularni hal etish yo`llarini topish;
- -jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq karamaslik.
"Bolajon" tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi: - - davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bo`lgan munosabatning kuchayganligi;
- - erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;
- - milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o`zlikni anglash tuyg`usi rivojlanayotganligi;
- - milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg`usini shakllanayotganligi.
- Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o`z-o`ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-xissiy rivojlanish, nutq, o`qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-olam to`g`risidagi bilimga ega bo`lish va uni anglash yo`nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini taminlaydi.
Ushbu dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo`linadi: - gudaklik (1 yoshgacha);
- ilk yosh (1-2 yosh);
- ilk yosh (2-3 yosh);
- kichik yosh (3-4 yosh);
- - urta yosh (4-5 yosh);
- - katta yosh (5-6 yosh);
- - maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).
Mazmun jihatdan dastur tarkibiga: - - bolalarni jismoniy rivojlantirish, o`z-o`ziga xizmat va gigiena;
- - bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;
- - bolalarning nutqi, o`qish va savodga tayyorgarligi;
- -bolalarning bilish jarayoni, atrof-olam to`g`risidagi tasavvurga ega bo`lishi va uni anglashi;
- -bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish;
- -bolalarda musiqiy faoliyatni rivojlantirish;
- -bolalarda o`yin faoliyatini rivojlantirish yo`nalishlarida ta’lim-tarbiya vazifalari keltirib o`tilgan.
- -bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish;
- -bolalarda musiqiy faoliyatni rivojlantirish;
- -bolalarda o`yin faoliyatini rivojlantirish yo`nalishlarida ta’lim-tarbiya vazifalari keltirib o`tilgan.
Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi muassasalari va mutaxassislari xamda oilalar, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz. - Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi muassasalari va mutaxassislari xamda oilalar, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |