Mavzu: muammolarni aniqlash va ifodalash


Download 185.93 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi185.93 Kb.
#1578299
1   2   3   4
Bog'liq
MUAMMOLARNI ANIQLASH VA IFODALASH.docxkk

Qisman izlanuvchan mеtod.Qisman izlanuvchan mеtodning asosiy maksadi o’quvchilarda ijodiy ko’nikmalarni hosil qilishdir. O’quvchilarni ijodiy ishga qiziqtirish va o’rgatish muammoli yoki ijodiy vazifalarni ishlab chiqish va ularni dars jarayonida o’quvchilar tomonidan еchishi orqali amalga oshiriladi. Mazkur vazifalarni еchish usullari o’quvchilarga oldindan ma’lum qilinmog’i lozim. Mazkur mеtodni qo’llaganda o’qituvchining faoliyatiquyidagilardan iborat bo’ladi;
-o’qituvchi vazifani ishlab chiqada va uni o’quvchilarga e’lon qiladi;
-so’ngra o’qituvchi vazifani aloxida qismlarga bo’lib yuboradi yoki aloxida savollar tuziladi;
O’quvchilar mazkur vazifani еchish davomida kuyidagi faoliyatni amalga oshiradi;
-vazifani to’la va har tomonlama tushunishi lozim;
-bir kеtin ma’lum bir qismlarga bo’lngan vazifani еchishadi. Bunda ular qisman izlanuvchanlikni amalga oshiradi. Izlanuvchanlik ishlari o’kituvchi raxbarligida va uni boshqarishda amalga oshiriladi.
O’qituvchi matеriklar va okеanlar tabiiy gеografiyasi kursida. Shimoliy Amеrikaning tabiat zonalari mavzusida o’kuvchilarga quyidagi savollar bеrish mumkin: «Qadimgi muzliklar Shimoliy Amеrika tuproqlariga qanday ta’sir qilganini tushuntirib bеring». O’quvchilar maskur savollarga birdaniga javob Bеra olishmaydi, shuning uchun o’kituvchi uni ayrim qismlarga quyidagicha bo’lib chiqadi:
-muzlar Shimoliy Amеrika matеrigida qanday ishlarni amalga oshirgan?;
-Shimoliy Amеrika qaysi qismida tuproqlar yosh, shimoldami yoki janubdami?;
-qanday tuproqning qalinligi katta bo’ladi, qadimgilarnimi yoki yoshroqlarinimi?;
-nima sababdan Kanada to’plam Orolidagi tuproqlar yupqa va toshli?
Mazkur savollarga o’quvchilar javob bеrib bo’lishgandan so’ng o’qituvchi dastlab bеrgan savolini qaytaradi «Qadimgi muzliklar Shimoliy Amеrika tuproqlariga qanday ta’sir etgan» o’quvchilar endi mazkur savolga to’liq javob bеrishadi. Mazkur mеtodni qo’llaganda evristik suxbatdan foydalanish katta samara bеradi.
Izlanuvchan mеtod. O’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatadigan mеtod izlanuvchan mеtod dеb ataladi. Qisman izlanuvchan mеtod yordamida o’kuvchilar o’qituvchi yordamida qisman ijodiy ish olib borish ko’nikmasiga ega bo’lishdi. Izlanuvchan mеtoda esa o’kuvchilar mustaqil ravishda izlanish olib borishadi. Bunday ishlarni amaliy gеogravfiya kurslarida, o’lkashunosliu bo’yicha olib boriladigan ishlarda qo’llaniladi. Mazkur vazifalar umum ta’lim maktablarida asosan o’kuv sayoxatlarida hamda mustaqil ishlarni bajarish davomida bajariladi. Malalan, o’quv sayoxatiga chiqilganda hududni o’simliklarini o’rganish, xududnixo’jaligini o’rganish vax.k. mustaqil ishlar bajarish davomida quyidagi muammolarni еchish mumkin Orol muammosini hal qilish yo’llari; Toshkеntdan Farg’ona vodiysiga tеmir yo’l o’tkazish yo’nalishini aniqlash; O’zbеkistonda suvni tеjash usullarini asoslash; O’zbеkistonda shakar ishlab chiqarishni asoslab bеrish; O’zbеkistonda mashinasoslikni rivojlantirish muammolarini hal qilish yo’llari va x.
Muammoli vazifalarni еchishda faqat tabiat va jamiyat to’g’risida yangi bilimlarni gina topib qolmasdan maskur muammoni еchishning yangi samarali yo’llarni ham qidirish lozim. Bu esa o’kuvchilarni ijodiy tafakkurini rivojlantirishga, yangi mеtodlarni o’rganishga va ulardja ijodiy faoliyatni ko’nikmalarni shakillantirishga yordam bеradi. Izlanuvchan mеtodni qo’llaganda o’qituvchining vazifasi muammoli vazifani ishlab chiqish va ularni o’kuvchilar oldigi qo’yishdan iborat. O’kuvchilarni vazifasi esa mazkur muammoni qabul qilish , o’ylab ko’rish va еchishdan iborat. Dеmak rеproduktiv, qisman izlanuvchan va izlanuvchanlik mеtodlari bеvosita mustaqil mashg’ulotlar jarayonida bajariladi. Mustaqil mashg’ulotlar odatda o’kuvchilarni topshirig’iga binoan o’kituvchini ishtirokisiz amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning asasiy bеlgilari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: og’zaki javob; yozma ish; chizma ishlari; kartografik ishlar va x.k.
Mustaqil ishlar uchun vazifalar ikki turga bo’linadi: bir qolipdagi: muammoli yoki ijodiy.Bir qolipdagi vazifalar rеproduktiv mеtodga kiradi bunda o’quvchilardan uxshash o’quv jarayonida bir qolipdagi savollarga javob bеrish talab etiladi.
Iqtisodiy yoki muammoli vazifalarni еchish qisman izlanuvchan va izlanuvchan mеtodlar yordamida amalga oshiriladi. Maskur mеtodlar o’quvchilardan bilim va ko’nikmalarni yangi o’quv sharoitida qo’llashni va mustaqil fikrlashni talab etadi. Bir qolipdagi vazifalar yangi bilimlarni olishga va ilgari olgan bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlashga imkon bеradi.O’qitish mеtodlarini tanlash va o’quvchilarni bilish faoliyatini va o’quish jarayonini samaradorligini baholash bilimlarni o’zgartirish samaradorligini baholash bilimlarni o’zlashtirish darajalari orqali amalga oshiriladi. Gеografiya o’qitish mеtodidagi o’zlashtirish darajalari 1-jadvalda kеltirilgan.
Gеografik bilimlarni o’zlashtirish darajalari
1-jadval

O’zlashtirish darajasi

O’zlashtirish darajasini ko’rsatgichlari

O’qitish mеtodlari

I-daraja

O’quvchi tayyor ma’lumotlarni o’zlashtirada va aytib bеradi

Tushuntirish -ko’rgazmali

II-daraja

O’qituvchi tanish o’kuv sharoitida o’z bilmi va ko’nikmasini namuna asosida qo’llaydi

Rеproduktiv

III-daraja

O’quvchilar yangi o’kuv sharoitida o’z bilim va ko’nikmalarini ijodiy qo’llashadi

 Qisman izlanuvchan va izlanuvchan (tadqiqot)

Mazkurdarajalarvaulargamoskеluvchimеtodlarnio’qitishnibarchabosqichlaridaajratishlozim: yangimavzunio’rganishda, takrorlashda, umumlashtirishdavabilimlarnimustaxkamlashda.O’qitishjarayoniniharbirbosqichidaungamoskеluvchimеtodlartanlansao’qitishyaxshisamarabеradi.
Eng qisqa yo’l magistralini tuzing. Uni amalga oshirish uchun hozxirgi davrda qanday siyosiy va iqtisodiy omillar tusqinlik qilmoqda.
3. Nima uchun qo’ng’ir ko’mirni uzoqqa olib borish Samara bеrmaydi, shuning uchun IESlar ko’mir koniga yaqin quriladi.
4.Nima uchun oxirgi davrlarda mеtallurgiya zavodlari dеngiz qirg’oqlariga yaqin qurilmoqda?
Bunday vazifalarni quyilishi iqtisodiy gеografiya fanidagi mavzu ilmiy muammolarga asolanadi (xo’jalikning xududdiy tarkibi va uni aniqlaydigan omiilar, ichki va tashqi omillarni ishlab chiqarish kuchlarini joylanishiga ta’siri va x.k).
Turon bosqichlardan iborat bo’lgan muammolarni еchishga o’kuvchilarni jalb qilish katta axamiyatga ega. Mazkur bosqichlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin. ma’lumotlarni yig’ish (xaritalar, adabiyotlar, statistik ma’lumotlar va o’lkashunoslik ishlarida yig’ilgan ma’lumotlar asosida); yig’ilgan ma’lumotlarni tartibga solish (xaritalar, diagrammalar, chizmalar, jadvallar tuzish); yig’ilgan ma’lumotlarni tartibga solish (xaritalar, diagrammalar, chizmalar, jadvallar tuzish); taxlil qilish; umumlashtirish va xulosa ishlab chiqish.
2. Sharqiy Еvropa platformalarida joylashgan Rossiya tеkisligini rеlеfi shakillanib bo’lgan dеyish mumkinmi?
3.Afrika platformasida joylashgan cho’llarning rеlеfni shakillanib bo’lgan dеb hisoblan mumkinmi?
4.Agar Qozog’iston pasi tog’lar ko’tarilib, uning balandligi 5-6 ming mеtrga еtsa O’zbеkistonda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin?
5.Sibir daryolarini bir qismini O’rta Osiyo tomon oqizilsa Sibir tabiiy sharoitida qanda o’zgarishlar sodir bo’ladi?
6.Litosfеrani vulkanlar otilib turgan qismlarida qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin?
7. Nima uchun Antraktidada tabiati juda ham sovuq?
Mazkur muammolar gеografik qobiqning bir butunligini ifodalaydi va gеografik qobiqning bir qismini o’zgarishi boshqa qismini ham o’zgarishiga olib kеlishini asoslab bеradi. Iqtisodiy gеografiya. 1. Toshkеntda FArg’ona vodiysiga quriladigan tеmir yo’l magistralini loyixasini tuzing. Bunda qanday tabiiy va iqtisodiy omillar mavjudligi va ularni qanday hisobga olinishini asoslab bеrish.O’zbеkiston dunyo okеaniga chiqadigan masalan, gidrofеra mavzusini o’tmasdan avval o’kuvchilarga tog’ va matеrik muzliklari haqida muammoli vaziyatlarni qo’yib bo’lmaydi yoki bo’lmasa atmosfеra mavzusini o’tmasdan turib shamollar haqida muammoli vaziyatni tashkil qilib bo’lmaydi. Ijodiy fkrlarning birinchi bosqichi bo’lib muammoni aniqlash va uni shakillantirishdir. Muammoni ifoda qilishni shakillari bo’lib muammoli savol, muammoli masala, muammoli vazifa hisoblanadi. Muammoli o’qitishning asosiy bеlgisi bo’lib muammoni еchish orqali o’qitishdir.
Har bir gеografiya kursi bo’yicha muammoli vazifalar tizimi ishlab chiqilmog’i lozim. Ular didaktik maksadlarga ko’ra quyidagi guruxlarga bo’linishi mumkin: yangi mavzuni o’rganish; bilimlarni nazorat qilish; olingan bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash. Gеografiya pridmеtlarining barchasi bo’yicha muammoli vazifalar tizimini tuzish mumkin. Quyida maskur muammolar bo’yicha misollar kеltiramiz. Tabiiy gеografiya. Yonbag’irlardagi o’rmonlar kеsilsa tabiatda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.
Muammoli o’qitish mеtodi. Muammoli o’kitish mеtodi dеb o’quvchilarni o’qituvchi tomonidan ular uchun yangi bo’lgan gеografik muammolarni еchishga jalb etishga aytiladi.Muammoli mеtodlar bayon, qisman izlanuvchan va izlanuvchan mеtodlar hamda o’zlashtirish darajalari bilan tanishgandan so’ng zamonaviy o’qitish tizimining tarkibiy qismlaridan bo’lgan muammoli o’kitish mеtodiga o’tishi mumkin. Muammoli o’qitishning asosiy shartlaridan biri muammoli faziyatni tashkil qilish hisoblanadi. Muammoli vaziyat dеganda еchilmishi o’kuvchilar uchun qiyin tuyilgan va uni еchish uchun yangi izlanish va yondashishlarni talab qiladigan muammoga aytiladi. Muammoli vaziyatni vujudga kеlishi o’kuvchilar uchun qiyin tushuniladigan holat bilan bog’liq bo’ladi. Agaar mazkur vaziyatni taxlili davomida o’kuvchilar uning moxiyatini tushunib еtishga va uni еchish yo’llarini topmshsa muammoli vaziyat muammoga aylanadi agar vujudga kеlgan muammoli vaziyatini yеchishga o’kuvchilarning bilim va ko’nikmalari еtishmasa unda muammoli vaziyat yеchilmaydi va muammoli dar emas muammoli bayon shaklida o’kituvchini o’zi еchib bеradi.Hozirgi davrda o’kuvchilarni mustaqil ishlariga katta e’tibor bеrilmoqda ammo shunga qaramasdan muammoli o’qitishga ancha sust darajada e’tibor bеrilmoqda.
O’qitish jarayonida ijodiy mеtodlarni va muammoli o’qitishni qo’llashgеografiya o’qituvchilarining asosiy mеtodi bo’lib qolishi lozim.
O'quvchilarda fanning turli sohalaridan iloji boricha kengroq ma'lumotlarni o'zlashtirishi bilan birga ularda mustaqillik, hayotga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirishi kerak. Ana shu maqsadda o'qitishni o'quvchilarning u yoki bu shakldagi ta'limiy faoliyati tadqiqotni eslatadigan, o'quvchilar uchun “kashfiyotlar” bilan tugaydigan, ya'ni ular mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish taklif etiladi.
Muammoli ta'lim masalalari bo'yicha juda ko'plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va bu ishlar hozirgi kunda ham doimiy ravishda amalga oshirilib borilmoqda. Hozirgi kunda kasbhunar kollejlarida мuammoli ta'lim metodlari orasida quyidagi beshta asosiy metodlar farqlanadi:
1. Tadqiqot metodi. Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo'llanishini ta'minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida mazkur metodlarni va ularning qo'llanishini o'zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarini shakllantiradi, to'rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.
Ana shu xususiyatlarni nazarda tutib metodni o'quvchilarning o'zlari uchun yangi muammoni hal qilish bo'yicha ijodkorlik faoliyatini tashkil etish yo'li sifatida ta'riflash kerak. O'quvchilar o'zlari uchun yangi sanalgan muammolarni hal qiladilar. Tadqiqot metodida topshiriqlarning shakli har xil, masalan, sinfda va uyda tez bajariladigan topshiriqlar, dars jarayonini taqozo etadigan ishlar, ma'lum, lekin cheklangan muddatga mo'ljallangan uy vazifalaridan iborat bo'lishi mumkin. Chunonchi jamoa xo'jaligining, zavodning, mazkur aholi punktidagi tashkilotning tarixini o'rganishga doir topshiriqlar g'oyat foydali va samarali tadbirlardir.
Tadqiqot metodining bosqichlari:
1) faktlar va hodisalarni kuzatish hamda o'rganish;
2) tadqiqotga doir tushunarsiz hodisalarni oydinlashtirish;
3) gipotezani olg'a surish;
4) tadqiqotning rejasini tuzish;
5) rejani amalga oshirish;
6) echimni tuzish;
7) echimni tekshirish;
8) amaliy xulosalar.
Tadqiqot metodida ham og'zaki va matbuot so'zlari, ko'rsatmali vositalar, amaliy, yozma va grafik ishlar, laboratoriya ishi va hakazolardan foydalaniladi.
2. Qisman izlanish yoki evristika metodi. O'quvchilarni asta - sekin muammolarni mustaqil hal qilishga yaqinlashtirish uchun ularga avvalo echimning ayrim bosqichlarini bajarishni o'rgatish, ularda asta - sekin ko'nikma hosil qilish zarur. Tadqiqot metodining birinchi variantida o'quvchilarga ko'rsatilgan rasmga va so'zlab berilgan mazmunga savollar tuzishni tavsiya etish orqali muammolarni ko'ra olish, aytilgan faktlardan xulosa chiqarish o'rgatiladi.
Mazkur metodning boshqa bir varianti murakkab masalani tushunilishi oson va har qaysisi asosiy masalani echishga yaqinlashishni engillashtiradigan kichik masalalarga ajratishdan iboratdir.
O'zaro bog'liq savollardan tashkil topadigan evristik suhbatni tuzish tadqiqot metodining uchinchi varianti bo'lib, mazkur savollarning har biri muammoni hal qilish yo'lidagi qadam hisoblanadi va ko'plari o'quvchilardan faqat o'z bilimlaridan foydalanishni emas, balki izlanishlarni amalga oshirishni ham talab qiladi.
3. Tushuntirish, namoyish etish metodi. Bu metodning asosiy vazifasi o'quvchilarning axborotni o'zlashtirishini tashkil etishdir. Uni axborot – reseptiv metod, deb ham ataladi. (resepsiya - idrok ) va unda o'qituvchi bilan o'quvchi faoliyati davom etadi.Bu faoliyat shundan iboratki, o'qituvchi tayyor axborotni turli vositalar bilan beradi, o'quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O'qituvchi axborot berishni og'zaki so'z (hikoya), matbuot (darsliklar, qo'shimcha qo'llanmalar) dagi iboralar, ko'rsatmali qurollar va hokazolar yordamida amalga oshiradi.
O'qituvchilar bilimlarni o'zlashtirish uchun zarur ishlarni bajaradilar – yangi axborotni tinglaydilar, ko'radilar, o'qiydilar, kuzatadilar va uni ilgarigi o'zlashtirilgan axborot bilan taqqoslaydilar, xotiralarida olib qoladilar.
4. Muammoli bayon qilish. Ushbu metodning mohiyati o'qituvchi muammoni qo'yib, uni o'zi hal qilishi va echimning ahamiyatini o'quvchilarga tushunarli ziddiyatlar orqali ko'rsatishdan iboratdir.
O'quvchilar echimga olib boradigan yo'lning mantig'ini, tavsiya etilgan gipotezalarning haqiqatga o'xshashligini, isbotlarning ishonchliligini kuzatadilar. Ular dastlabgi paytlarda xulosalarga ishonmasalar ham, lekin keyinchalik muammoli bayon bilan muammolarni mustaqil hal etish jarayoni asta – sekin muvofiqlashuvi natijasida xulosalar chiqaradigan, ehtimol o'z muhoqamalarining mantig'ini tuza oladigan bo'lib qoladilar. Shunga ko'ra o'qituvchi mustaqil hal eta oladigan muammolardan murakkabroq muammolarni tanlash mumkin.
5. Reproduktiv metod. O'quvchilar ko'nikma va malakalarni egallashi, shu bilan bilimlarni o'zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o'qituvchi topshiriqlar tizimi orqali ularning o'zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. U topshiriqlar beradi, o'quvchilar esa topshiriqlarni bajaradilar – o'xshash masalalarni echadilar, namunaga qarab turlaydilar va tuslaydilar. O'qituvchining necha marta va qanday oraliqlarda takrorlashi o'zining qobiliyatiga, topshiriqning qiyin yoki osonligiga bog'liq.
Muammoli boshlash bilan bayon qilish.
O'qituvchi yangi bilimlarni bayon qilishni boshlashda muammoli vaziyatni yaratsa, keyin o'quv materialini an'anaviy, axborot usulida tushuntiradi.
Muammoli vaziyat faqat tushuntirishning boshida vujudga keltiriladi,o'quv materialining o'zi muammoni hal qilish sifatida bayon etilmaydi. U eng oddiy hisoblanadi va muayyan vaqt davomida qo'llaniladi. Umuman olganda muammoli vaziyatni qanday tushuntirish o'qituvchining iqtidori, tajribasiga bog'liqdir.
Muammoli ta'lim talabalarning fikrlash jarayonini ishga solib, ularning mavhum tafakkuri, analitik-sintetik faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki, bu texnologiya talabadan muammo asosida bayon etilgan o'quv materialining echimini topishni taqozo qiladi. O'quvchilar materialni tayyor holda emas, balki, o'zlari uchun yangi faktlar va hodisalarni ularga ilgari ma'lum bo'lgan bilimlarga tayanib taqqoslash yo'li bilan tushuntirib borishlari kerak bo'ladi. O'quv jarayoni talabalar tafakkurining yuksak faolligiga erishib, ularning mustaqilligini asta – sekin o'stirib borish yuli bilan o'tadi.
Muammoli vaziyat- sub'ekt (o'quvchi) bilan ob'ekt (masala) o'zaro ta'sirining o'ziga xos turi. Muammoli vaziyat avvalo o'quvchining fan to'g'risida, topshiriqni bajarish usullari yoki shartlari to'g'risida yangi bilimlarni «kashf etishni» (o'zlashtirishni) talab etadigan vazifani bajarish jarayonida paydo bo'ladigan muayyan psixik holatni xarakterlaydi. Muammoli vaziyat quyidagi hollarda vujudga keladi:
1. O'quvchilarning bilimlari bilan ular yangi o'quv vazifalarini hal qilayotganlarida ularga qo'yiladigan talablar o'rtasida nomuvofiqlik sezilib qolgan paytda muammoli vaziyat paydo bo'ladi. O'quvchi o'z bilimining etarli darajada chuqur emasligiga yoki nihoyatda yuzaki ekanligiga ishonch hosil qilganida unda yangi nazariy va amaliy bilimlar hamda ko'nikmalar hosil qilishga, ulardan foydalanish usullarini o'zlashtirib olishga extiyoj tug'iladi.
2. O'quvchi o'z bilimlari sistemasidan foydalanganda vazifani to'g'ri hal qilish imkonini bera oladigan birdan – bir zarur bilimlarni tanlab olishni bilolmay qolgan paytda muammoli vaziyat paydo bo'ladi. Agar vazifani to'liq bo'lmagan ma'lumotlar bilan hal etish o'quvchini mustaqil bilim olish yuliga solsa, o'quvchi oldiga ortiqcha ma'lumotlar bilan hal etiladigan vazifalar qo'yish- o'quvchini bilimlarni tanlash va baholashga majbur etadi, ya'ni uning mustaqil izlanish faoliyatini faollashtiradi.
3. O'quvchi o'z bilimlaridan foydalanishning yangi amaliy shart – sharoitlariga duch kelib qolganda muammoli vaziyat vujudga keladi. Aslida bu o'z bilimlarini amalda qo'llash yullarini izlashdan iborat bo'ladi.
4. Vazifani hal etishning nazariy yuli bilan tanlangan usulning amaliyotda amalga oshirib bo'lmasligi o'rtasida, shuningdek vazifani hal etishning amalda erishilgan natijasi bilan uni nazariy jihatdan asoslanganligi o'rtasida ziddiyat yuzaga kelganda muammoli vaziyat paydo bo'ladi. Mashina va mexanizmlarni hamda texnologik jarayonlarning konstruktiv masalalarini hal etish, ularni texnika jihatidan modellashtirish hamda rasionalizasiya qilish vazifalarini hal etish vaqtida bu kabi muammoli vaziyatlardan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo'ladi.
O'qituvchi qo'ygan va o'quvchilar qabul qilgan muammolarni hal etish muammoli vaziyatni tahlil qilishdan, undagi qarama – qarshiliklarni tushunib olishdan va hal etilishi talab qilinayotgan konkret nazariy va amaliy masalani asta – sekin ifodalab berishdan boshlanadi. Oqibat natijada har bir o'quvchi bir qancha shunday savollarga duch kelib qoladi-ki, bu savollar undan gipotezalar qilishni, ularni asoslab berish, tekshirish hamda olingan natijalarni baholashni talab etadi.
Muammoni hal etish yo'lini topish uchun shunchaki qo'shimcha faktlar to'plashning o'zi etarli bo'lmaydi. U o'quvchilarning o'z tajriba va bilimlarini qayta ishlab, qo'llashga qaratilgan shaxsiy fikrlash qobiliyatlari bilan albatta bog'liq bo'ladi. O'quvchilar muammoni hal etar ekanlar, o'zlari uchun go'yo bir yangi olamni, u paytgacha o'zlariga noma'lum bo'lgan olamni yangidan ochganday bo'ladi. Natijada javoblarni mustaqil qidirish ularning bilimga bo'lgan qiziqish va extiyojlarini qondirishga hamda o'stirishga olib keladi, o'quv mehnatini quvonchga aylantiradigan ijobiy shaxsiy his-tuyg'ularning paydo bo'lishiga olib boradi.
Olg'a surilgan muammoning hal etilishi muammo asosida ta'lim berishning asosiy momenti bo'lib, u o'qituvchidan o'quvchilarning fikrlash faoliyatlarini mahorat bilan boshqarishni talab qiladi. O'qituvchi materialni tushuntirib bermasdan, faqat o'quv muammosini ilgari surishi uchun o'quvchilar u muammoni mustaqil tushunib olishlari, uni hal qilish usullarini qidirib topishlari hamda bu sohada muayyan xulosalar chiqarishlari lozim. Buning uchun, ular o'qituvchi rahbarligi ostida muammoni hal etish ustida mustaqil ishlash malakalarini asta –sekin hosil qilib borishlari kerak. Shu maqsadda o'qituvchi birinchi bosqichda muammo qo'yib o'quvchilarga hal etish yo'lini ko'rsatib beradi, shu tariqa o'quvchilarni bilish metodlari bilan qurollantiradi.
Ikkinchi bosqichda o'qituvchi o'quvchilar oldiga muammo qo'yib bo'lganidan keyin o'quvchilarni bu muammoni hal etish yo'llarini qidirib topishga da'vat qiladi. Yoki o'quvchilarning fikrlash faoliyatlarini maqsad sari yo'llaydigan hamda ularni izchillik bilan qo'yilgan muammoni hal etish tomon etaklaydigan juz'iy savollar beradi.
Keyinchalik, o'quvchilarda mustaqil ishlash malakalari o'sa borgan sari, o'rtaga qo'yilgan muammoni hal etishda o'qituvchining beradigan yordami asta – sekin qisqarib borishi lozim va oqibat natijada o'qituvchi qo'yilgan muammoni o'quvchilarning mustaqil hal qilishlariga erishadi (3- bosqich). Jumladan, bu bosqichda o'quvchilarga muammoni hal etishning shunday bir xilini tavsiya etish mumkin. Muammoli vaziyat vujudga keltirilgandan keyin o'qituvchi namoyish qilib ko'rsatiladigan tajriba o'tkazadi, tajriba vaqtida tushuntirib o'tirmaydi. O'quvchilar o'z kuzatishlari asosida va ilgari hosil qilgan bilimlaridan foydalanib, tajribadan o'zlari xulosa chiqaradilar.
Qo'yilgan muammoni hal etish jarayonini ham o'quvchilarning ishlab chiqarish tajribasi va hayotiy kuzatishlaridan foydalanib, xuddi mana shu tarzda echish mumkin. O'quvchilar o'quv ustaxonalarida yoki korxonalarda ishlar ekanlar, har kuni turli mashinalarga, asbob – uskunalarga, materiallar va apparatlarga duch keladilar, ularning ishlab chiqarishda qanday qo'llanilishini kuzatadilar, bir qancha texnika hodisalari bilan ularni hali sinfda o'rganishga kirishmaslaridanoq amalda tanishib oladilar. Mana shu hodisalardan va o'quvchilarning hayotiy kuzatishlaridan foydalanish o'quvchilarni dars vaqtida qo'yilgan o'quv muammolarini hal qilishga jalb etish imkonini beradi.
Dars jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish, ularni hal qilish yo'llarini izlash va aniqlash, muammoni hal qilish jarayonining o'zi, chiqarilgan xulosalarning qanchalik to'g'ri ekanligini amalda tekshirib ko'rish o'quv jarayonining muhim elementlari bo'lib qolmoqda.
Dars jarayonida muammoli vaziyatlarni hosil qilish o'quvchilar aktiv aqliy faoliyatning zarur shartidir. O'quvchi oldiga muayyan vazifa qo'yiladi, bu vazifa unda qiziqish uyg'otadi va o'quvchi bu vazifani hal qilishga urinadi, ammo o'z bilimlari hamda tajribalari etarli darajada to'la va chuqur emasligini payqaydi, ya'ni aniq qiyinchilikka duch keladi. O'quvchida hosil bo'lgan vaziyatdan chiqish yo'lini topishdek ichki extiyoj paydo bo'ladi, qiyinchilikni his etish paydo bo'lgan sharoitni tahlil qilishga va qo'yilagn masalani echish yo'llarini topishga undaydi. Shunday qilib, bilish lozim bo'lgan va amaliy vazifalar bilan o'quvchilarning bilimlari darajasi orasida ziddiyatlar paydo bo'ladi, bu ziddiyatlar yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etishga qaratilgan intensiv fikrlash faoliyatini o'yg'otadi.Ukuvchiga taklif etiladigan muammoli vazifa ukuvchining intellektual imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Vazifaning kiyinlik darajasi ikkita asosiy kursatkich: uzlashtirilishi kerak bulgan ukuv materialining yangilik darajasi va uning umumlashtirilganlik darajasi bilan baholanadi.
Odatda, muammoli vazifa o'zlashtirilishi lozim bo'lgan o'quv materialidan oldin berilishi zarur. Ammo o'quvchilarda muammoli vazifani hal qilish uchun etarli darajada bilim va o'quvlar bo'lmasa, ularga zarur ma'lumotlarni bayon etish yoki ularni muayyan harakatlarga o'rgatish lozim. Bunday hollarda o'qituvchi jarayonlarning xususiyatlari, aniq ma'lumotlar va shu kabilarni aytib beradi, o'quvchilar esa ana shu ma'lumotlar asosida, o'rganiladigan harakatlarning umumiy konuniyatlarini, bajarish usullari hamda shartlarini ijodiy o'zlashtiradilar.
O'quvchilarning muammoli masalalar echish yo'li bilan yangi bilimlarni o'zlashtirish jarayoniga o'qituvchi doimo bevosita rahbarlik qilishi kerak. Bilim va harakatlarning ma'lum darajada murakkab sistemasini muammoli o'zlashtirishini ta'minlash uchun muammoli vaziyatlar yaratishda muayyan sistemaga rioya qilish kerak. Shuning bilan birgalikda qo'yiladgan muammo avvaldan hal etilishi yo'llari va o'quvchi tomonidan bildiriladigan echimlar taxminan nazarda tutilishi kerak.
Shuni ta'kidlab o'tish zarurki, darsda muammoli vaziyatlar hosil qilish oqibat natijada aniq o'quv materialini ongli ravishda o'zlashtirishga qaraganda ancha ko'p narsani bilishga yordam beradi, chunki o'quvchilar ularni hal etib, fikrlashga, mulohaza yuritishga, xulosalar chiqarishga o'rganadilar. O'qitishning bunday uslubi insonni faol, ijodiy uylaydigan qilib tarbiyalashga yordam beradi. Uning barcha turdagi vaziyatlardan ijobiy yo'l bilan hal qilib chiqishiga yaqindan yordam beradi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya’ni nima noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog`langan. Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo`nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma’lum bo`lgan . O`quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma’lum bo`ladi, lekin talabalar o`zlaridagi avval egallangan bilim va ko`nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo`lini izlashga tushadi. Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli o`quv muammosi bo`la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o`quv muammosi bo`la olmaydi. O`quv muammosining muhim belgilari quyidagilar: yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning qo`yilishi; talabalarda noma’lumni topish yo`lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan muayyan bilim zaxirasining bo`lishi. O`quv muammosini yechish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini o`ylab topish yoki gipoteza qo`yish hamda gipotezani asoslashdir. O`quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda xar bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo`lib xizmat qiladi. Muammoli o`qitishning zaruriy sharti talabalarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabatni vujudga keltirishdir. Muammoli o`qitish mashg`ulotlarini tashkil etish va o`tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o`qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo`lishi talab qilinadi. O`qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg`ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo`lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo`ladi. Muammoli o`qitishni chuqur o`rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo`lib, uning asosida “Tafakkur - muammoli vaziyatdan boshlanadi” - degan g`oya yotadi. Muammoli vaziyatda bilish faoliyatining ketma-ketligi quyidagicha bo`ladi: • muammoli vaziyat; • muammoni yechish yo`llarini izlash; • muammoning yechimi; Axborot texnologiyalari yoki postindustrial deb atalayotgan bugungi jamiyatda hayot shaxsdan faol harakat qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni, hayotning o`zgarayotgan sharoitlariga moslashishni talab qiladi. O`z navbatida hayotning bunday tarzi shaxs ma’lum sifatlarga ega bo`lishini talab qiladi. Xususan: • zarur bilimlarni mustaqil egallashni, egallangan bilimlarni turli muammolarni yechishda mahorat bilan qo`llashni; • axborotlar bilan savodli ishlashni (ma’lum masalani tadqiq qilish uchun zarur faktlarni yig`ishni bilish, ularni tahlil qilish, muammolarni yechishga qaratilgan gipotezalarni taklif qilish, qonuniyatlarni aniqlash, yangi muammolarni aniqlash va yechish); • olingan bilimlarning qayerda va qanday qo`llanishi mumkinligini aniq bilish va bu bilimlarni qo`llash sohasini anglay olish; • mustaqil tanqidiy fikrlash, real dunyoda paydo bo`layotgan qiyinchiliklarni ko`ra bilish va ularni bartaraf etishning optimal yo`llarini izlash; • ijodiy fikrlash, yangi g`oyalar yaratish qobiliyatiga ega bo`lish; • turli ijtimoiy guruhlarda kirishimli bo`lish, birgalikda ishlashni bilish yoki nostandart vaziyatlardan chiqishni bilish; • o`zining ma’naviyati, intellekti va madaniy salohiyati ustida mustaqil ishlash. Yuqorida aytilgan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga nafaqat ta’lim mazmuni, balki qo`llanilayotgan o`qitish texnologiyalari ham muhim rol o`ynaydi. O`quv jarayoni o`qish va bilish faoliyatiga o`zgartirishning imkoniyatlaridan biri muammoli o`qitish texnologiyasini tatbiq etish. Chunki muammoli o`qitish jarayonida o`qituvchilar ham, o`quvchilar ham o`zlarining intellektual, jismoniy, ma’naviy imkoniyatlarini o`quv va amaliy muammolarni yechish uchun doim sinovdan o`tkazadilar. Bu jarayonda hosil bo`lgan ko`nikma va malakalar axborot jamiyati sharoitlarida yashash uchun zarur sifatlarni shakllantirishga olib keladi. An’anaviy ta’lim tizimida o`qituvchi va darslik bilimning asosiy manbasi bo`lsa, muammoli o`qitishning falsafasi va metodologiyasi o`qituvchining rolini o`quvchilarning izlanish-tadqiqotchilik faoliyatining tashkilotchisi, mutasaddi maslahatchi va yordamchi sifatida ko`radi. Bu rol an’anaviy o`qitishdagi roldan ancha murakkabroq va o`qituvchidan yuqoriroq mahorat talab qiladi. Muammoli o`qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. D’yui (1859-1952) g`oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shahrida o`qitish asosini o`quv rejasi emas, balki o`yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkil qilgan. O`qish, hisoblash, yozish bo`yicha mashg`ulotlar bolalarning fiziologik balog`atiga qarab o`z- o`zidan paydo bo`lgan ehtiyojlariga muvofiq o`tkazilgan. Dj. D`yui o`qish uchun to`rt ehtiyojni ajratgan: ijtimoiy, konstruktsiyalash, badiiy ifoda, tadqiqiy. Bilish manbalari sifatida bolalarga quyidagilar taqdim etilgan: so`z, san’at asarlari, texnik qurilmalari. Bolalar o`yin va amaliy faoliyat- mehnatga jalb etilganlar. Bu maktabda qo`llangan o`qitishning yangi uslublari, yo`llari va tamoyillari nazariy asoslanmagan va kontseptsiya sifatida ifodalanmagan edi. Dj. D`yui g`oyalari bo`yicha bola bilishda insoniyat yo`lini qaytaradi, bilimlarni o`zlashtirish spontan, boshqarilmaydigan jarayon bo`lib, bola o`zida hosil bo`lgan ehtiyojni qondirishi natijasi sifatida materialni o`zlashtiradi. Dj. D`yuining fikricha o`qitish samaradorligi shartlari o`quv materialini muammolashtirish bola faolligi bilan bog`liq bo`lishi kerak. Muammoli o`qitishni chuqur o`rganish XX asrning 60 yillarida boshlangan. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o`qitish g`oyasi va prinsiplari S.L. Rubinshteyn, M.I. Maxmutov, V. Okon, I.Ya. Lerner kabi psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. S.L. Rubinshteynning «Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi» degan g`oyasi muammoli o`qitishning psixologik asosi sifatida qabul qilingan. 70-80 yillarda an’anaviy o`qitish shakllari samaradorligi pasayib ketganligi qayd etilganda, etakchi pedagoglar muammoli o`qitish nazariyasiga e’tibor qarata boshladilar. Chunki an’anaviy o`qitish shaklida asosiy diqqat o`qituvchi faoliyatiga qaratilgan bo`lsa, muammoli o`qitish kontsepsiyasida asosiy urg`u o`quvchilar tomoniga ko`chadi. Muammoli o`qitish tamoyili bo`yicha bilim o`quvchilarga tayyor shaklda uzatilmaydi, balki ilmiy-tadqiqot jarayoniga o`xshatib, o`quv faoliyati jarayonida o`quvchilar tomonidan egallanadi. Hozirgi kunda bu sohadagi izlanishlar dunyoning turli mamlakatlarida davom ettirilmoqda, umuta’lim fanlari bo`yicha, ham oliy ta’lim fanlari bo`yicha ham muammoli o`qitish texnologiyalarining majmuaviy ishlanmalari yaratilmoqda. Muammoli o`qitish – o`quvchining muammoli taqdim etilgan ta`lim mazmuni bilan faol o`zaro bog`lanishini tashkil etadi. Bu jarayonda o`quvchi ilmiy bilimning ob’ektiv zidliklari va ularning yechimlariga yaqinlashadi, fikrlash, bilimlarni ijodiy o`zlashtirishga o`rganadi. Fanda muammoli o`qitish bilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi: "muammo" va "muammoli vaziyat" tushunchalari. Ayrim hollarda ular sinonimdek tushunilsada, lekin bu atamalar bilan belgilangan ob’ektlar o`z hajmi bilan farqlanadi. Muammo muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Demak, muammoli masalani muammoning oddiy, hususiy bir masaladan iborat holati sifatida ko`rish mumkin. Muammoli o`qitish ijodiy faoliyatni hamda unga ehtiyojni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, bu jarayonda o`quvchilar ijodiy fikrlashining rivojlanishi an’anaviy o`qitishdagiga nisbatan jadalroq bo`ladi. Lekin muammoli o`qitishning bu funksiyasi oshishi uchun o`quv jarayoniga muammolarning tasodifiy majmuasini kiritish yetarli emas. Muammolar tizimi bilimning mazkur sohasiga xos muammolarning asosiy turlarini qamrab olishi kerak. Muammoli o`qitishni ta`lim jarayoniga tatbiq etishda o`qituvchi ilmiy va o`quv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning umumiyligi – har ikkalasida ham ob’ektiv zidliklar mavjudligi bo`lsa, ilmiy va o`quv muammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qo`yilgan masala hali yechilmagan, o`quv muammoda esa masala yechilgan, uni yechish yo`li va natijasi ma’lum. Faqat bu yo`llar va natijalarni o`quvchilar izlab topishi kerak. Muammoli o`qitishning yakuniy maqsadi – o`quvchilarni muammolarni ko`rish va yechishga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. S.L. Rubinshteyn «tafakkur – inson oldida turgan masala va muammolarni yechishga olib keladigan idrok bo`lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi va muammoni yechishga qaratilgan bo`ladi»-deb ta’kidlaydi. Bundan quyidagi mantiq hosil bo`ladi. Shaxsning ijodiy, mustaqil, fikrlovchi bo`lishi jamiyat uchun zarur bo`lib, fikrlash jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi. Muammoli vaziyat – psixik qiyinchilik, ziddiyatli vaziyati bo`lib, o`quvchilarni muammoli vaziyat holatiga tushirish orqali ularda fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi. Muammoli o`qitish usullariga quyidagilar kiradi: tadqiqiy usul, evristik usul, muammoli vaziyatlar yaratish usuli. O`qitishning tadqiqiy usullarini qo`llaganda o`quvchilarga: • nostandart masalalarni tuzish bo`yicha; • shakllantirilmagan savol bilan; • ortiqcha ma`lumotlar bilan; • o`zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; • yo`riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish; • olingan natijalarni qo`llash chegaralarini aniqlash; • olingan natijalarni qo`llash darajasini aniqlash; • hodisaning namoyon bo`lish mexanizmini aniqlash; • «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. Evristika (yunoncha heurisko – izlayapman, topyapman, kashf etyapman) inson ijodiy faoliyatini, shuningdek yangi kashfiyotlarni yaratishda qo`llanadigan usullarni o`rganadigan fan sifatida psixologiya, kibernetika, strukturali lingvistika, axborot nazariyasi chegarasida rivojlanadi. Evristika yangi vaziyatda yangi harakatlarni qurish qonuniyatlarini o`rganadigan fan deb tushunish mumkin. Evristik usullar, masalan, dastlabki ma`lumotlar to`la yoki ishonchli bo`lmagan holda hosil bo`lgan ijodiy masalaning ishga yaroqli lekin doim ham optimal bo`lmagan yechimini topish ehtimolini oshiradi. Evristik uslublar juda murakkab, ko`zda tutilmagan vaziyatlarda ham yechimini topish imkonini beradi. Evristika maqsadga erishishga ko`maklashadigan harakatlar uslubini belgilaydi. Tafakkur- inson ongining bilish ob`ektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o`rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo`lishini ta`minlovchi umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish jarayonidir. Dunyoni tushunish, anglash va unga ongli munosabat bildirish jarayoni tafakkur, fikrlash deyiladi. Tafakkurning oliyligi shundaki, u idrokdan farqli ravishda bevosita aks ettirish bo`lmay, narsalar va ularning xossalarini, voqealarni ular yo`q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Masalan: Amir Temur davlati haqida so`z ketganda o`quvchi Amir Temur haqidagi kinofilmni ko`rmagan bo`lsa ham, markazlashgan davlat hususiyatlarini bilgani uchun ushbu axborotni tushunib, uni qabul qiladi. Buning asosida tafakkur jarayoni yotadi. Tafakkurni ta’minlovchi inson organi - bu bizning miyamiz bo`lib, eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab, mavhum teoremalarni isbot qilishgacha qaratilgan operatsiyalar miyada sodir bo`ladi. Inson miyasining fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha uning ishlash imkoniyatlarini tasavvur qilishning o`zi mushkil. Miyaga kelgan barcha o`y-xayollar-bu fikrlardir. Normal o`quvchini, insonni fikrsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Har on, har daqiqada odam miyasi qaydaydir fikrlar bilan band bo`ladi. Ularni tartibga solish, keragida diqqatni jalb qilish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish ya’ni ifodalash-fikrlash jarayonidir. Fikrlash jarayoni aslida ma’lum bir masalani, muammo yoki jumboqni hal qilish kerak bo`lganda paydo bo`ladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida bitta yechimni berishi shart, aks holda u boshqa jarayonga-hayol, fantaziyaga aylanib ketishi mumkin. Xayol-yangi obrazlar va taxminlarni shakllanish jarayoni bo`lsa, fantaziya – xayolni borliqdan, haqiqatdan biroz uzoqlashuvi jarayonidir. Shunday qilib, muammo yoki jumboq bizni fikrlashga majbur etadi. Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yoki muammoni yechish mobaynida o`quvchi uning shartlarini bir necha variantda tasavvur qilsagina yechimga kelar ekan. Chunki kimdir juda tez fikrlaydi, kimdir sekin fikrlaydi. Shuning uchun ham test yechish jarayonida yonma-yon o`tirgan ikki o`quvchi bir xil yechishni belgilasada, o`sha yechishga kelishi yo`llari har bir o`quvchida o`ziga xos bo`ladi. Mustaqil fikrlash- shaxsning shunday qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va hodisalar xususida o`z qarashi va nostandart yechishlarga ega bo`ladi. Masalan: aniq predmet ruchkani nima ekanligini va nima maqsadda undan foydalanish mumkinligini ko`pchilik biladi. Bu-yozuv quroli. Lekin, mustaqil nostandart tafakkurga erk berilsa, uning ko`rsatkich sifati, yoki sanoq tayoqchasi sifati, yoki g`altakka o`xshatib ip o`rash mumkinligi kabi o`nlab funktsiyalarini sanab berish mumkin. Demak, mustaqil fikr insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro`y berayotgan voqealarning mohiyati xususida o`z qarashlari bo`lishini taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlarini chegarasini kengaytiradi. Muammoli ta`lim bu-o`quvchiga beriladigan bilimning qaysi qismini, qanday yo`l bilan berish



Download 185.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling