Mavzu: Muhammad Shayboniyxon va uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi faoliyati Muhammad Shayboniy


Mavzu: Qo’qon xonligining tashkil topishi jarayonlarining manbalarda aks etishi


Download 131.38 Kb.
bet18/20
Sana21.06.2023
Hajmi131.38 Kb.
#1638993
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
tarix.Saida

Mavzu: Qo’qon xonligining tashkil topishi jarayonlarining manbalarda aks etishi
Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruv tizimi o‘rta asrlarda o‘lkamizda hukm surgan musulmon davlatlaridagi tizimdan deyarli farq qilmas edi. Xususan, temur va temuriylar davrida aniq tartiblar asosida shakllangan va Shayboniylar davrida biroz isloh qilingan davlat tizimini Qo‘qon xonligining davlat tizimida ham ko‘ramiz. Bu yerda ham xon cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan. Lekin qo‘qonning dastlabki hukmdorlari “biy” unvoni bilan hokimiyatni boshqargan bo‘lib, davlat boshlig‘i rasman “xon” deb Olimxon davridagina (1805 yildan boshlab) yuritila boshladi. Uning vorisi Umarxon (1810-1822) esa o‘zini “amir al-muslimin” deb e’lon qilgan edi. Xon cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lsada, saroy amaldorlari va qo‘shin boshliqlarining xonga ta’siri kuchli edi.
Manbalarning guvohlik berishicha, xon saroyida muhim davlat ishlarini ko‘rib chiqadigan kengash tuzilgan bo‘lib, unga mingboshi boshchilik qilgan.Saroy amaldorlari ichida mingboshi (bosh vazir), amiri lashkar (harbiy vazir), qushbegi – xon maslahatchisi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon maslahatchisi), shig‘ovul (vaziri ilmiya), xudoychi, tunqator, noib (sarbozlar boshlig‘i), otaliq, dodhoh, mehtarboshi, dasturxonchi, to‘qsabo, devonbegi, mirzoboshi, sarkar va boshqalar muhim amallar hisoblangan. Ular o‘z hizmatlari evaziga yillik maosh olganlar.
Farg‘ona vodiysi Qo‘qon xonligining asosiy hududi bo‘lib, 19-asr boshlarida Toshkent viloyati, Xo‘jand, o‘ratepa va tog‘liq tumanlar, Janubiy Qozog‘iston va xozirgi Qirg‘iziston hududlari ham xonlik tarkibiga kiritildi. Shu tariqa xonlik sharqda Sharqiy Turkistondan g‘arbda Sirdaryoning quyi sohillarigacha, shimolda Turkistonning Betpakdala saxrosidan janubda Buxoroga tobe Darvoz, Qorategin, Ko‘lob bekliklarigacha bo‘lgan katta hududni egallab O‘rta Osiyodagi yirik davlatga aylandi. Xonlik ma’muriy jihatdan bekliklarga bo‘lib boshqarilgan. Qo‘qon davlatining asosiy bekliklari Namangan, Marg‘ilon, Andijon, To‘raqo‘rg‘on, O‘sh, O‘ratepa, Xo‘jand, Toshkent, Turkiston, Chimkent bo‘lgan.
Qo‘qon xonligining ijtimoiy tuzumi ham qo‘shni davlatlardan farq qilmagan. Yuqori tabaqa hisoblangan saroy amaldorlari va diniy peshvolar katta mol-mulk va yer-suvga ega edi. Jamiyatning eng ko‘p sonli va eng kam huquqli tabaqasi oddiy xalq – fuqaro edi. Mamlakatning barcha moddiy boyligi ular mehnati bilan yaratilardi. Xonlikdagi eng yuqori harbiy amaldor amiri lashkar bo‘lib, ko‘p hollarda bu lavozimga qipchoq urug‘idan bo‘lgan kishilar tayinlangan. Qo‘shinning asosini ham qipchoqlar tashkil qilgan. Qo‘shin o‘sha davr qoidalariga mos ravishda o‘nminglik, minglik, yuzliklarga bo‘lingan. Harbiy-ma’muriy amaldorlar uchun saroy xazinasidan belgilangan tartibda yillik maosh va “tanho”, “tarxon” shaklidagi yer-mulklar berilgan.
Iqtisodda dehqonchilikning salmog‘i juda yuqori edi. Xonlik hududida suv manbalarining yetarli ekanligi dehqonchilikdan yuqori hosil olinishiga asos bo‘lardi. Bu yerda donli ekinlar yetishtirish, polizchilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, sholikorlik ancha rivojlangan. 19-asrga kelib xonlikda paxta maydonlari ham kengaya boshladi. Paxtaning asosiy xaridori Rossiya edi.
Xonlikdagi asosiy yerlar davlat mulki hisoblangan. Davlatdagi eng katta mulkdor xon bo‘lib, u katta yerlarga, yaylovlarga, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo do‘konlariga egalik qilgan. Chorvachilik ham mamlakat iqtisodiy hayotida muhitm o‘rin tutgan soha bo‘lib, u ayniqsa ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan tog‘liq hududlarda rivojlangan. Xonlikda o‘rta Osiyo mintaqasiga xos bo‘lgan barcha hunarmandchilik turlari: to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik, misgarlik, duradgorlik va boshqalar mavjud edi. Iqtisodning bu sohasi ayniqsa yirik shaharlar Qo‘qon, Toshkent, Andijon, marg‘ilon, O‘sh, Xo‘jand, Turkistonda yaxshi rivojlangan. Xususan, Qo‘qon o‘z temirchilari, misgarlari, Chust do‘ppido‘zlari, Rishton kulolchilik mahsulotlari, Shahrixon pichoqlari, Marg‘ilon ipak va shoyi matolari bilan shuhrat topgan edi.
Xonlikda murakkab siyosiy vaziyat savdo-sotiq rivojiga to‘sqinlik qilganiga qaramay, mamlakt iqtisodida savdo-sotiqning ahamiyati katta edi. Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, toshkent, Chimkent, O‘ratepa va boshqa shaharlar yirik savdo markazlari sifatida tanilgandi. Shaharlar va qishloqlar o‘rtasidagi iqtisodiy-savdo munosabatlari mamlakatda ichki savdo taraqqiyotini belgilovchi muhim omil edi. Ichki savdo munosabatlarida mahalliy mahsulotlar asosiy o‘rin tutardi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlar ichida turli metallar, fabrika mahsulotlari (Rossiyadan), choy (Xitoy va Hindistondan) va qo‘shni davlatlardan olib kelinadigan ba’zi hunarmandchilik buyumlarini aytib o‘tish mumkin. Tashqi bozorga chiqariladigan mahsulotlarning asosini qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta, jun, ip, matolar, quruq meva va boshqalar) tashkil etib, ular 19-asrdan boshlab bevosita Rossiyaga chiqarila boshladi.
Xonlikdagi mavjud soliqlar shariat qonun-qoidalari asosida belgilangan bo‘lsada, aholidan ko‘plab boshqa mayda soliqlar, jarimalar undirib olish keng tarqalgan edi. Asosiy soliqlar xiroj, zakot va tamg‘a bo‘lib, ular pul va mahsulot hisobida undirib olingan. Soliqlardan tashqari aholi ko‘plab majburiyatlarni bajarishga safarbar qilingan. Xonlikdagi ilm-fan taraqqiyoti o‘z darajasiga ko‘ra O‘rta Osiyodagi qo‘shni davlatlarga yaqin turardi. Asosiy madaniyat o‘choqlari yirik shaharlarda bo‘lib, oliy ta’lim beruvchi madrasalar asosan shaharlarda joylashgan. Boshlang‘ich maktablarda ham, madrasalarda ham asosiy e’tibor diniy ta’lim berishga qaratilardi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida dunyoviy fanlardan adabiyot, tarix, nutq, mantiq, aljabr va xandasa kabi fanlar o‘qitilgan. Poytaxt shahar Qo‘qonda 19-asrda 15 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, boshqa shaharlarda ham bir necha yirik madarasalar bor edi. Lekin xonlikda Buxoro madrasalarini tugatib kelgan kishilarning mavqei ancha baland hisoblanardi.
19-asr boshida Qo‘qon xoni Umarxonning homiyligi Qo‘qon adabiy muhitini shakllantirgan va rivojlantirgan qator talantli ijodkorlarni yuzaga chiqardi. Bu davrda faoliyat ko‘rsatgan shoirlar va ularning ijodi Fazliy va Mushrif tomonidan tuzilgan “Majmuat ush-shuaro” nomli tazkirada yaxshi yoritib berilgan. Unda 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan Maxmur, Gulxaniy, Fazliy, Mushrif, G‘oziy, Sodiq, Xijlat, Xoziq, Xotif va boshqa ijodkorlar haqida ma’lumot berilgan. Qo‘qon xonligining 19-asr birinchi yarmidagi adabiy hayoti rivojida marg‘ilonlik Jahon otin Uvaysiy, Nodira begim, o‘ratepalik Dilshod Barno, Mahzuna kabi ijodkor ayollarning alohida o‘rni bor.


Download 131.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling