Mavzu: Muhandislik inshootlarining shaxsiy va tushuvchi soyalarini aniqalash


Geometrik shaklli binoni perspektivada soyalarini yasash


Download 39.08 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi39.08 Kb.
#1644734
1   2   3
Bog'liq
Muhandislik inshootlarining shaxsiy va tushuvchi soyalarini aniqalash

Geometrik shaklli binoni perspektivada soyalarini yasash.
Binoning perspektivada soyalarni chizish uchun yoritish manbai S va uning ufq chizig’idagi asosi Fs tanlanadi(149-shal).

Bu holda binoning soyasi o’ng tomonga tushadi.
Mm Nn devorning soyasini chizish uchun MS nur va mFs nur asosi chiziqlari chiziladi, mFs chiziq, devorni nc dan vertikal chiqariladi. MS nur bu vertikal chiziqni kesib, M nuqtaning soyasi Mc ni hosil qiladi. McN chiziq MN qirraning soyasidir. MNnm devori o’z soyasida bo’lgani uchun ochroq rangda bo’yaladi. NMc nc mc soya – MNnm devorning tushuvchi soyasidir, shuning uchun bu soya devorning o’z soyasiga nisbatan to’qroq rangda bo’yaladi. Ikkinchi ABba va devorning soyalari ham xuddi chu usulda topiladi. Avvalo Aa va AB qirralarning soyalari aniqlanadi. A nuqtaning soyasi quyidagicha aniqlanadi. AS va aFs chiziqlar o’tkazilib, ularning kesilish nuqtasi Ac topiladi. Ac nuqta A nuqtaning yerdagi soyasidir. B nuqtaning soyasi ham shunday topiladi. AB qirraning o’ziga paralleldir. Shuning uchun AB va AcBc chiziqlar F2 ga yo’nalgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan quyidagilar kelib chiqadi.
Gorizontal chiziqlarning soyalari o’zlariga parallel bo’ladi, ya’ni bu chiziqlar ufq chizig’idagi umumiy nuqta F2 da uchrashadilar, masalan AB va Ac Bc chiziqlar uchrashuv nuqtasi –F2, BC chiziq va uning soyasining uchrashuv nuqtasi-F1 dir ( 149 – shakl).
Deraza va eshiklardagi soyalar.
150- shaklda binoning deraza va eshik tekisliklarida soyalarni yasash ko’rsatilgan. Avvalo deraza va eshiklarning o’z soyalarini aniqlaymiz. Binoning deraza va eshik qalinliklari, yuqori qalinliklari o’z soyasida bo’ladi.
Tushuvchi soyalarni aniqlash uchun deraza raxining chetlarida A va a nuqtalar tanlanadi. AS va aFs nurlar o’tkaziladi. AFs chiziq devorni kesib a0 nuqtadan chiqarilgan vertikal chiziq Aa qirraning devorga tushgan soyasidir. A nuqtaning devordagi soyasini aniqlash uchun AS chiziq bilan Aa qirra soyasi Ac nuqtada kesishtiriladi. A nuqtaning soyasi Ac nuqta bo’ladi. Aca0Aa qirraning soyasi, Ac dan F1 ga yonalgan chiziq esa AB qirraning soyasidir. Bu soyalar tushuvchi soyalardir, shu sababli ular to’qroq qilib bo’yaladi.

150 – shakl.

Download 39.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling