Mavzu: muioqot va uning turlari


Download 0.81 Mb.
Sana01.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1737846
Bog'liq
Bekzod 1-amaliy ishi

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT ” FAKULTETI 3-BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASI RO’ZIYEV BEKZODNING “ PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA” FANIDAN 1-amaliy ishi BAJARDI : RO’ZIYEV.B QABUL QILDI : MIRZAYEV.S

Mavzu:muioqot va uning turlari

  • Psixologik va pedagogik ko’nikmalar
  • Inson ehtiyojlari va uning turlari
  • Jamoadagi psixologik muhit
  • Stress va frustrasiya

Zamonaviy psixologiyada kommunikativ kompetentlik va uning tarkib topishi shartsharoitlari, omillarini o‘rganishga nisbatan bir necha yondashuvlar mavjud. Masalan, bixevioristik yo‘nalish vakillari kommunikativ kompetentlikni shaxsning muayyan vaziyatlarda maqsadga muvofiq xulq-atvor shaklini namoyon qilish, vaziyatni oqilona baholash va shunga mos tarzda faoliyat yuritish ko‘nikmalarini egallaganligi bilan belgilaydilar.
Motivatsiya - bu har bir faoliyatga, jarayonga, harakatga sabab bo‘lgan turtki. Shuning uchun bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari tahsil olayotgan texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarini kreativligini oshirish uchun ularning professional kreativligini rivojlantirishda motivatsiya alohida o‘rin tutadi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining tikuvchilikka oid kreativligini rivojlantirishda motivatsiyaning turli usullaridan foydalanadi. Har bir mashg‘ulotda talabalarning ijobiy his - tuyg‘ularga duch kelishi muhimdir, shundagina u o‘ziga bo‘lgan ishonchga ega bo‘ladi va ta’limga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
Masalan, ba'zi psixologik pedagogik ko'nikmallar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- O'quvchilar bilan shaxsiy aloqalar o'rnatishni qo'llash;
- Qiziqish va qattiq qayg'udoshni oshirish;
- O'quvchilarga samarali va o'zlashtirish jarayonlarini taqdim etish;
- Individual va guruh o'qitishni birlashtirish;
- O'quvchilarning o'zlashtirishi va mustahkam qilishi uchun xarakteristik haqida ma'lumotlardan foydalanish.
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda bo`ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.
Pedagogik jamoalarda psixologik muhit masalasi bir tomondan muayyan mehnat jamoasidagi psixologik muhit sifatida talqin qilinishi mumkin, ikkinchi tomondan pedagogik jamoaning o`ziga xosliklaridan kelib chiqib, murakkab ijtimoiy psixologik va pedagogik jarayonlar zamirida yuzaga keladigan, pedagog shaxsidagi individual xususiyatlar turli psixologik fenomenlarga boy serqirra ilmiy-amaliy tadqiqodlar uchun ob`ektdir
Frustratsiya (lot. frustratio — aldanish, rejalarning barbod boʻlishi) — muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish yoʻlidagi faoliyatni izdan chiqaruvchi ruhiy holat. U kishining maqsadga erishishi yoʻlida uchraydigan, obyektiv ravishda yengib boʻlmaydigan yoki subʼektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar tufayli paydo boʻladi. Frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar frustrator deyiladi. Flustratsiya holati frustratorning kuchiga, jadalligiga bogʻliq. Fluratsiya holatida shaxsning vaziyatni toʻgʻri baholash qobiliyati muhimdir. Shu bois turmushning noqulay taʼsirlariga qarshi kurashish uchun odam feʼl-atvoridagi barqarorlikni shakllantirish lozim. Frustratsiya ham boshqa ruhiy holatlar singari kishi feʼl-atvoriga xos yoki yangi xislatlarning boshlanishini koʻrsatuvchi, shuningdek, oʻtkinchi holat boʻlishi mumkin. Frustratsiya asosan, salbiy hissiyotlar uygʻotadi. Frustratsiyaning turlari: tajovuzkor holat, apatiya, depressiv holat, gʻamginlik tuygʻusi, oʻziga ishonmaslik, kuchsizlik, maʼyuslik va boshqa. Frustratsiyaning tajovuzkor holati koʻpincha oʻzini tuta olmaydigan, qoʻpol odamga xos boʻlsa, depressiya holati oʻziga ishonmaydigan shaxsga taalluqlidir. Baʼzan ogʻir tabiatli kishilarda ham shu xildagi holatni vujudga keltirish mumkin, lekin bu vaziyat uzoqqa choʻzilmaydi.
Stress (inglizcha stress — „bosim“, „kuchlanish“, „tanglik“) — odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik holati. Stress — bu gomeostazni buzish bilan tahdid qiluvchi turli ekstremal omillar taʼsirida yuzaga keladigan tananing oʻziga xos boʻlmagan reaktsiyasi va asab va endokrin tizimlar faoliyatida stereotipik oʻzgarishlar bilan tavsiflanadi. Organizmda har xil taʼsirotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. „stress“ terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim stress holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular taʼsirida organizmda roʻy beradigan oʻzgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qoʻrquv, qattiq tovush, oʻta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar taʼsirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, taʼsir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bogʻliq. 
Foydalanilgan adabiyotlar
https://uz.wikipedia.org
https://cyberleninka.ru
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling