O’simliklarning hayotiy formalari. O’simlik va hayvonlarning yashash muhit omillariga morfologik moslanishlari ularning tashqi qiyofasi—hayotiy formalari orqali bo’lib, turli tashqi ko’rinishlar, evolyusion jarayonlarda hosil bo’lgan va organizmlarni tashqi muhitning turli noqulay ta’siridan saqlagan. Aristotel davridan o’simliklar tashqi kiyofalariga qarab «daraxtlar», «butalar», «chala butalar», «o’t o’simliklar» va «suvda o’suvchi o’simliklar» nomi bilan atalib kelingan. - Bu atamalarga qo’shimcha «o’tsimon, daraxtsimon», «boshoqdosh», kabi so’zlar hamisha ishlatiladi.
- O’simliklarning fizik kimyoviy formalarini farqlashda trofit», «mezofit», «kserofit», «gelofit» kabi atamalar ham ishlatiladi. O’simliklar ekologiyasida «ekobiomorf», «biologik», «epimorf» kabi terminlar ishlatilib, ular asosan o’simliklarni tashqi qiyofasi haqida ma’lumot beradi. Yer yuzida yashash muhitining har xilligidan o’simliklarda son-sanoqsiz hayotiy formalar yuzaga keladi.
- 1806—1807 yillari nemis olimi A. Gumbolt ( birinchi bor o’simliklarni hayotiy formalar tushunchasini yaratdi. Daniyalik botanik K. Raunkier tomonidan ishlab chiqilgan o’simliklarning hayotiy formalari sistemasi ko’pchilik tomonidan qabul qilinadi. Raunkierning o’simliklarni hayotiy formalarini klassifikatsiyalash ko’p tomondan eng qoniqarli bo’lib, unda o’simliklarning sistematik holatlari inobatga olinmaydi.
- 2.Yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarning noyob va yo‘qolib borayotgan turlarini ekologik ahamiyati.(”Qizil kitob”) Hayvonlarning birinchi «Qizil kitobi» 1983 – yilda chiqqan. Keyingisi 1994 – yilda chiqarilgan bo‘lib, 113 turlari kiritilgan. 2006 yilda yangi «Qizil kitob» tuzildi, unga 184 turdagi hayvonlar kiritilib, avvalgisidan 71ta hayvonlar turiga ko‘paydi. O‘simliklar «Qizil kitobi» birinchi bor 1979 yilda, ikkinchisi 1984 yilda va oxirgisi 1998 yilda tuzildi.
- Oxirgi kitobda o‘simliklar 301 turi bo‘lib, avalgisidan 138 turga ko‘p. Davtabiatqo‘m raisining 18.02.2006 y.dagi 14-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9.03.1992 y.dagi 109- sonli «O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Qizil kitobga kiritilgan hayvon va o‘simliklar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga 184 turdagi hayvon, shundan 47 turi umuman yo‘qolib ketish havfi ostida, 5 turi yo‘qolib ketgan;
- 305 turdagi o‘simlik kiritildi. Hayvonot olami davlat kadastrini yuritish haqidagi nizomga muvofiq Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar sonining hisobini Fanlar akademiyasi yuritishi kerak. Biroq hayvonlar miqdori hisobini yuritish qimmatli mashg‘ulot bo‘lganligi, Fanlar akademiyasida esa mablag‘ yo‘qligi sababli ularning hisobi deyarli yuritilmayapti. O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida nazarda tutilgan markazlashtirilgan byudjet moliyalashtirilishi amalda mavjud emas.
- Har yili yo‘qolgan tuvaloqning hisobi olib boriladi. Qo‘riqxonalar va «Jayron» ekomarkazida hayvonlar hisobi yuritiladi. So‘nggi vaqtda qo‘ng‘ir ayiq bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashdi. Uning miqdori ko‘payib, turning holatidan tashvishlanishga hojat yo‘q.
- O‘zbekiston havzalarida noyob qushlar turlari: kichik uzunburun, oqbosh o‘rdak, qiziltomoq muntazam paydo bo‘la boshladi.
- O‘zbekiston orqali turnalarning uchib o‘tish yo‘li o‘tadi. Kulrang turnalar bilan birga Sibir oq turnalar ham uchib o‘tadi. Bu yo‘qolib borayotgan tur bo‘lib, uning populyasiyasi bir necha yuz boshdan iborat, xolos. Oq turnani saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Sibir turnasi yoki oq turna bo‘yicha Bitim va Oq turnani muhofaza qilish bo‘yicha chora- tadbirlarga nisbatan hamjihatlik haqida Memorandumni (7.07.96 y.) imzoladi. 2004 va 2007 yillarda oq turnalarni (10 ta qushni) Buxoro viloyatidan uchib o‘tayotganda ko‘rishgan.
- Qushlarning bu yerda qishlashi bir necha yil oldin boshlandi. Hamma vaqt davomida Davtabiatqo‘m, Davbionazorat tizimida noyob hayvonlar: jayronlar, qulonlar, Prjevalskiy otlarini ko‘paytirish amalga oshirilgan. Lekin «Jayron» ekomarkazidan tashqari Davbionazorat va uning rahbarligida boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Qizil kitobiga va CITES yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan Yovvoyi fauna va floraning turlari bilan xalqaro savdo qilish haqidagi Konvensiyaning II Nizomiga kiritilgan itolg‘ini tutqunlikda ko‘paytirish amalga oshirilgan.
- Tabiatga Yovvoyi hayvon turlarini introduksiyalash maqsadida 1992 yildan boshlab «MIKREL»QK va Toshkent hayvonot bog‘i, so‘ngra «Xoubara» QK va «JizzaxBioSpektrum» QK
Do'stlaringiz bilan baham: |