Mavzu: Mulk huquqlari nazariasi va mulkchilik shakillari rivojlanishni evalyutsiasi


Download 10.04 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi10.04 Kb.
#1817882
1   2   3   4
Bog'liq
Mulk huquqlari nazariasi va mulkchilik shakillari rivojlanishni

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasigadaromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi.

Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo’lishi asoslari.

  • Mamlakatimizda kichik va o`rta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o`ynaydigan ko`p ukladli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda. Kichik biznesni rivojlantirishni rag`batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo`yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bo`lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi.

Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash, foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ta'riflanishi ham mumkin. Jamiyatning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish bilan chambarchas bog`liq bo`lib, zero, hech qaysi bir mamlakatni mulkchilik munosabatlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Mulkchilik to`g`risidagi qonuniga ko`ra, mulkdor o`ziga tegishli mol-mulkka o`z ixtiyoriga ko`ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. 


Download 10.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling