Mavzu: Mulkchilik huquqlarini tafsirlashga nisbatan yondashuvlar
Mulkchilik ta’riflarining tahlili
Download 12.86 Kb.
|
Mavzu Mulkchilik huquqlarini tafsirlashga nisbatan yondashuvlar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi Yondashuv nomi Mulkchilikning asosiy belgilari 1. Klassik yo`nalish Daromad
- Nemis tarixiy maktabi
- Ernando de Soto (Peru
2.Mulkchilik ta’riflarining tahliliO`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi jamiyatning iqtisodiy negizlariga oid XII bobda quyidagilar bayon etilgan: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilar huquqlarining ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi Yondashuv nomi Mulkchilikning asosiy belgilari 1. Klassik yo`nalish Daromad - keltirish qobiliyati mujassamlangan sarmoya. 2. Faylasuflar va neoklassiklar - Tashqi dunyo ob’ektlar ustidan nazoratni ularni o`zlashtirib (egallab) olish asosida amalga oshirish. 3. Dialektik usul tarafdorlari - Shaxsning tabiatdan ham, ijtimoiy hayot jamoatchiligidan ham begonalashishida hamda ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish vositasidan ajratishda namoyon bo`luvchi ijtimoiy aloqalarni tarkiblash, murakkablashtirish shakli. 4. Nemis tarixiy maktabi - Ijtimoiy o`zaro hamkorlikning asosiy tamoyili hisoblangan ahloq normasida jamiyat tomonidan oliy va muqaddas qadriyat hamda individ mustaqiligining kafolati. sifatida tan olish. 5. Neoinstitutsional yo`nalish - Turli shaxslar o`rtasida bir buyumda turli huquqlarning namoyon bo`lish imkoniyati. buyumga qarashli vakolatlar tutami 6. Xuquqshunoslar - Shaxsning buyum ustidan hukumronligi va boshqa shaxslar imkoniyatlarini cheklash. 7. Sotsiologlar Iqtisodiy buysundirish asosida ijtimoiy iyerarxiyani o`rnatish usuli 8. Ernando de Soto (Peru) - Qiymatga aylanishda ishtirok etish va daromad keltirish qobiliyati. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o`rtasidagi emas, balki insonlar o`rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak. Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo`shgan holda huquqlar to`plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o`zlarining aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob’ektlari bo`lib buyumlarning o`zi emas, balki ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e’tiborni qaratadi. Masalan, yer uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b. Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi o`ta samarali. Mulkdor, mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham, boshqarish huquqidan ham, daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o`zining jismoniy xususiyatlarining yig`indisi sifatida, balki imkoniyatlar va cheklovlarning ma’lum to`plami sifatida namoyon bo`ladi. Biroq, boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari - qiymat, mulk tarkibiy qismlarga bo`linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi. Shuning uchun mulkchilikni huquqlarning murakkab tutami sifatida ta’riflash mazmunga emas, balki texnologik xususiyatga ega. Download 12.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling