Mavzu: Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari. Reja
-rasm.Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
Download 25.69 Kb.
|
Mavzu Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari
2-rasm.Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali xususiylashtirish. Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich amalga oshirilganligidir. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmni tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu ko’p mulkchilikdir yoki ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirishdir. Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Davlatimiz rahbari mulkchilik masalasini hal qilishni “....bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi” deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni 1991 yil 19 noyabr qabul qilindi. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishini bildiradi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa, davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki», deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo‘llashni rad etmaydi, aksincha,ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab - pulli; - pulsiz; - imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan qat‘iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta‘minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkning barcha shakllari va turlari rivojlanadi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlat zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma‘lum darajada haqiqiy egalari fuqarolarga berish demakdir. Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi,bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi. Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiya sotib olish va korxona mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami dasturini ishlab chiqish zarur. Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalambor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish va ayrimlarini ma‘lum muddatga soliqlardan ozod qilish zarur. Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma‘lum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo korxona raqobat kurashiga dosh bera olmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat byudjetidan mablag‘ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali barham beriladi. Download 25.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling