Mavzu: Mulkiy sug’urta Reja


Download 5.93 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi5.93 Kb.
#1784804
Bog'liq
Mavzu Mulkiy sug’urta-fayllar.org


Mavzu: Mulkiy sug’urta

Mavzu:Mulkiy sug’urta

Reja:

Mulkiy sug’urta hayot sug’urtasidan tashqari umumiy sug’urta tarmog’ida eng asosiy sug’urta turlarini o’z tarkibiga oladi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, har qanday korxona, tashkilot yoki fuqaro o’z mol-mulkini avaylab-asrashga harakat qiladi. Ammo, oldindan ko’rib bo’lmaydigan ko’ngilsiz voqealarning tasodifan sodir bo’lishi oqibatida bu mol-mulklar zararlarlanadi yoki butunlay nobud bo’ladi. Rejali iqtisodiyot tizimida barcha korxonalar davlat tasarrufida bo’lganligi bois bunday voqelarning ro’y berishi natijasida etkazilgan zararlar, aksariyat holatlarda, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplangan.


  • Mulkiy sug’urta hayot sug’urtasidan tashqari umumiy sug’urta tarmog’ida eng asosiy sug’urta turlarini o’z tarkibiga oladi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, har qanday korxona, tashkilot yoki fuqaro o’z mol-mulkini avaylab-asrashga harakat qiladi. Ammo, oldindan ko’rib bo’lmaydigan ko’ngilsiz voqealarning tasodifan sodir bo’lishi oqibatida bu mol-mulklar zararlarlanadi yoki butunlay nobud bo’ladi. Rejali iqtisodiyot tizimida barcha korxonalar davlat tasarrufida bo’lganligi bois bunday voqelarning ro’y berishi natijasida etkazilgan zararlar, aksariyat holatlarda, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplangan.

Mulkni sug’urtalashning o’zi bir qator sug’urta turlarini o’z ichiga oladi.


  • Mulkni sug’urtalashning o’zi bir qator sug’urta turlarini o’z ichiga oladi.

jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urtalash


Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug’urtalash,

Mulkiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan sug’urtalovchi o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga erishilishi lozim:


  • Mulkiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan sug’urtalovchi o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga erishilishi lozim:

  • sug’urta ob’yekti bo’lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to’g’risida;

  • yuz berishi ehtimol tutilib sug’urta amalga oshirilayotgan voqea (sug’urta hodisasi)ning xususiyati to’g’risida;

  • sug’urta puli miqdori to’g’risida;

  • sug’urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to’g’risida, agar shartnomada uni sug’urta pulidan oz miqdorda to’lash mumkinligi nazarda tutilgan bo’lsa;

  • sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati (muddatlari) to’g’risida;

  • shartnomaning amal qilish muddati to’g’risida.

Yuridik shaxslarning quyidagi mulklarini saqlash bilan bog’liq ularning mulkiy manfaati sug’urta ob’yekti sifatida qabul qilinishi mumkin:


  • Yuridik shaxslarning quyidagi mulklarini saqlash bilan bog’liq ularning mulkiy manfaati sug’urta ob’yekti sifatida qabul qilinishi mumkin:

  • binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari;

  • ishchi mashinalar, uzatish qurilmalari, quvvat beruvchi uskunalar;

  • inventar;

  • tovar zaxiralari, xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar. Sug’urtalanuvchiga mulk huquqi sifatida tegishli bo’lgan mol-

  • mulklar ham, ijara va keyinchalik egalik huquqini berish sharti bilan qabul qilingan mol-mulklar ham sug’urtalanishi mumkin.

Sug’urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy munosabatlarini belgilab beruvchi xujjatdir. Shartnomada franshiza


  • Sug’urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy munosabatlarini belgilab beruvchi xujjatdir. Shartnomada franshiza

  • qo’llanilishi mumkin. Franshiza - yuridik shaxslar ko’rgan zararning muayyan qismi bo’lib, sug’urta hodisasi yuz berganda sug’urta tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar bo’lmaydi va u to’lanishi kerak bo’lgan sug’urta qoplamasidan chegirib tashlanadi.

  • Sug’urtalovchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli mol- mulklarni yong’in, zilzila, toshqin, suv bosishi, ko’chki, bo’ron, er cho’kishi, ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilishi natijasida to’liq yoki qisman nobud bo’lganda sug’urta qoplamasini, sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik shaxslar esa sug’urta mukofotini o’z vaqtida to’lash va shartnomaning boshqa shartlarini bajarish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar sug’urta tashkiloti va yuridik shaxslar o’rtasida mol-mulkni sug’urtalash bo’yicha tuzilgan shartnomaning predmetini tashkil etadi.

Sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning majburiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:


  • Sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning majburiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • sug’urta ob’yektini ko’zdan kechirish uchun imkoniyat yaratib berish;

    • sug’urta mukofotlarini o’z vaqtida to’lash;

    • shartnoma tuzilayotganda sug’urtalovchiga sug’urta tavakkalchiligini baholash uchun ahamiyat kasb etuvchi o’ziga ma’lum barcha holatlar haqida, shuningdek mazkur sug’urta ob’yekti bo’yicha tuzilgan yoki tuzilajak hamma sug’urta shartnomalari to’g’risida ma’lumot berish;

    • Sug’urta hodisasi yuz berganda sug’urtalangan mulkiga zarar etkazilishining oldini olish va zararni kamaytirish uchun zarur choralarni ko’rish va sug’urtalovchiga sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi haqida sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan muddatlarda xabar berish.

  • E’tiboringiz uchun rahmat!


http://fayllar.org
Download 5.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling