Mavzu. Muloqot psixologiyasining predmeti, maqsad va fazifalari
Download 3.01 Kb.
|
Mavzu. Muloqot psixologiyasining predmeti, maqsad va fazifalari-genderi.org
Mavzu. Muloqot psixologiyasining predmeti, maqsad va fazifalari Mavzu. Muloqot psixologiyasining predmeti, maqsad va fazifalariReja 1.Muloqot haqida umumiy tushuncha 2.Muloqot maqsad va vazifalari 3.Muloqot psixologiyasining boshqa tarmoqlar bilan bog‘liqligi 4.Muloqot ijtimoiy psixologik voqelik sifatida Tayanch tushunchalar: muloqot, kommunikatsiya, perseptiv, interaktiv, kinetika, paralingvistik, visual aloqa, affekt, pegulatsion-kommunikatsiya. Muloqot psixologiyasining predmeti-muloqot madaniyati, muloqot texnikasi, muloqot etikasini o‘rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos bo‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jaryonida bir-birlari bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi.Umumiy holda, Muloqot – odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliayt ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak.Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari qiyidagilarda o‘z aksini topadi: 1.Hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o‘zaro ta’sir va muloqot qonuniyatlarini o‘rganish, 2.Sharq allamolarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish, 3.O‘quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab o‘tish 4.O‘quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish 5. Shaxslararo munosabatalrni muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish 6.O‘zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.Kommunikatsiya- tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvi anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, insonlar texnik vositalar bilan aloqa qilishi- bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivijlanish yo‘li) paydo bo‘ladigan birinchi turidir. Faoliyat jarayonida insonlar o‘rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak faoliyat va muloqot o‘zaro chambarchas bog‘liq.Muloqot o‘z navbatida 3 turga bo‘linadiu: Kommunikativ muloqot-til va nutq vositasida gaplashish, so‘zlashish jarayoni. Interaktiv muloqot- munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro harakatlar, imo-ishoralar asosida munosabatga kirishishi. Pertseptiv muloqot- o‘zaro bir-birini idrok qilishihttp://genderi.org Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling