Mavzu: Multimedia aloqa tarmog‘ini boshqarish Reja


Download 185.28 Kb.
bet6/8
Sana19.07.2023
Hajmi185.28 Kb.
#1661136
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ANVAR Multimedia aloqa tarmog‘ini boshqarish Reja


Kelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- multiservislik deganda, transport texnologiyalariga xizmatlarni yetkazuvchi
texnologiyalarning bog‘liq emasligi tushuniladi;
-keng polosalilik deganda, odatda foydalanuvchi talablariga bog‘liq holda
keng diapazonda axborotni uzatish tezligini mos holda va dinamik о‘zgarishi
imkoni tushuniladi;
- multimedialik deganda, tarmoqni, real vaqtda va murakkab ulanish
konfiguratsiyasini qо‘llagan holda, kо‘p komponentli axborot (ovoz, mazkur video,
audio)larni shu komponentlar uchun zarur bо‘lgan sinxronizatsiya bilan uzatish
qobiliyati tushuniladi;
- intellektuallik deganda, foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta’minlovchi
tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni tushuniladi;
- invariantlik ulanish deganda, qо‘llanilayotgan texnologiyalarga bog‘liq
bо‘lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta’minlash imkoni tushuniladi;
- kо‘p operatorlik deganda, xizmatlarni taqdim etishda va ularning
mas’uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta operatorlarning
qatnashishi tushuniladi.
Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablarni shakllantirishda
xizmatlarni ta’minlovchining faoliyatini xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Xizmatlarni ta’minlovchiga bо‘lgan talablarga quyidagilar kiradi:
- “multioperatorlik” muhitida qurilmalarning ishini ta’minlash imkoniyati
ya’ni bir nechta aloqa operatori tarmog‘iga (jumladan ulanish satxiga ham) ulanish
uchun interfeyslar sonini oshirish;
- birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta’minlovchi uzellarni birgalikda
ishlashini ta’minlash;
- qurilmalarning dastlabki minimal narxini belgilashda “masshtablanuvchan”
texnik yechimlarni qо‘llash imkoni.
Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega bо‘lgan
mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib о‘tilgan talablarga
javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning imkoniyatlarini chegaralanganligi yangi
infokommunikatsiya xizmatlarini yaratish yо‘lida bardosh berish omili
hisoblanadi. Boshqa tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining
hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga
xizmat kо‘rsatish sifat kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bularning
barchasi, keyingi avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish yо‘nalishida, odatdagi
aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini rejalashtirishda infokommunikatsiya
xizmatlari mavjudligini hisobga olish lozimligiga majbur qiladi.
3. Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari
Download 185.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling