Mavzu: Multimedia va uning zamanoviy ta’minoti. Reja


Download 44.78 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi44.78 Kb.
#1597988
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Multimedia va uning zamanoviy ta’minoti


Mavzu: Multimedia va uning zamanoviy ta’minoti.
Reja:

  1. Multimedia va uning zamanoviy ta’minoti.

  2. Mutimediali taqdimot.

  3. Mutimediali taqdimotlar yaratish bosqichlari.

  4. Multimediya taqdimotini loyihalash.

Keyingi davrlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil sur’atlarda rivojlanib borishi axborot hajmining keskin oshishiga olib keldi, shu bilan birga, axborot oqimining tezligi ham oshib, shuningdek, axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.Bunday holatlarda turli ko‘rinishdagi va hajmdagi diskret-uzluksiz axborot resurslarini tizimlashtirish, saqlash, uzatish, qabul qilish, ishlov berish, taqdim etish oson va qulay murojaat interfeysini, vaqt va zamondagi oqimining muvofiqligini ta’minlovchi matematik model, usul va algoritmlarni yaratish orqali foydalanuvchiga tushunarli, ishonchli, to‘liq, anglash va o‘zlashtirish uchun qulay holda axborot taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Multimedia jadal rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnolo­giyasidir. Multemedia texnologiyalarining izchil rivojlanishi natijasida turli ko‘rinishdagi diskret-uzluksiz axborotni saqlash, ishlov berish, murojaat va taqdim etish imkoniyatlari ham kengaya bordi, 2012-yilga kelib, 83 foizni tashkil etdi. Diskret-uzluksiz tizimi ta­biatan turli ko‘plab elementlar (matn, ovoz, audio, videolavha va boshqalar)dan iborat, xususan, holati uzluksiz jarayonlar bilan ifodalanuvchi, cheklangan muddatli va elementli tizimning tahlili uchun hodisa ta’sir vaqtining muhim bo‘lmagan holatlarini diskret jarayonlar bilan ifodalovchi parallel va tarmoqlangan dinamik ti­zim bo‘lib hisoblanadi.
Uning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, be­zaklar va boshqalar);

  • original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda in­tegratsiyalaydi.

Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari:

  • muayyan vaqtdagi ish;

  • o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ra­vishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum orali­g‘ida ko‘rib chiqiladi;

  • video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi;

  • «inson-kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi va bu holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi hayotimizga o‘tgan asr 90-yillarining boshida kirib keldi. Hozirgi davrga qadar multimedia tu­shunchasi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan turlicha tahlil qilinmoqda. Multimedia — bu informatika fanining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib be­rishni mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir, degan ta’rif eng maq­buli deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz, hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Statistika ma’lumotlaridan ma’lumki, multimedia vositalarining o‘tgan asr 80-yillarining dastlabki yili boshidagi yalpi oboroti jahon bo‘yicha 4 miliard AQSH dollarini tashkil qilgan, 1994-yilga kelib, 16 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Kompyuterlarning o‘tgan asr 70-yillarida ta’lim sohasida keng qo‘llash yo‘lidagi urinishlar zoye ketganligi, avvalambor, ular unum­dorligining nihoyatda pastligi bilan bog‘liq edi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish samarasi an’anaviy usulga nisbatan ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkin ekan. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 foizgacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xo­tirada uzoq muddat saqlanib qoladi.
Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saq­lash 25–30 foizgacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 foiz ortadi. Xulosa qilib aytganda, multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z­lashtirish imkoniyati mavjudligi;

  • o‘quvchilarda ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada ortishi;

  • ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish mumkinligi;

  • olingan bilimlar xotirada uzoq saqlanib, zarur bo‘lganida ama­liyotda qo‘llash imkoniyatiga erishilishi mumkinligi va bosh­qalar.

  • Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.


Download 44.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling