Mavzu: Murakkab oilalar. Ularda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo’llari. Reja: Murakkab oilalar
Download 40.23 Kb.
|
Murakkab oilalar. Ularda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo’llari.
Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo’lgan ingliz sotsial-monarxi U.Godvin (1756-1836) nomi bilan bog’liq. U bunday oilani ideal deb hisoblagan, chunki bunday oilalar, asosan, ota-onaning xohish-irodasiga ko’ra paydo bo’ladi, yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik ko’zda tutilmaganligi sababli, o’zaro hurmat va bir tom ostida alohida yashashga mo’ljallangan bo’ladi, er va xotin bir-birlarining oldida faqat ma’naviy jihatdan majburiyatlarga ega xolos. To’g’ri, bir qarashda bunday nikoh bizdagi sovchilik yo’li bilan quriladigan oilaga o’hshab ketadi, lekin bizda zurriyod qoldirish, birga yashash talab etiladi. SHuning uchun yigit va qiz bir-birlarini sevmagan bo’lsalar-da, nikoh o’qilayotganda ularning rizochiliklari so’raladi, javob ijobiy bo’lgach, ular chimildiqqa kiritiladi. Godvin tipidagi nikohlar ko’pincha O’zbekistonda keksalar o’rtasida rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda bo’lgan otaxon o’zaro kelishuv natijasida o’zga bir beva ayolga uylanadi, ular o’rtasidagi munosabatlar o’zaro samimiyat, hurmat, qo’llab-quvvatlov, keksalikni bezashga yo’naltirilgan. Lekin bu oila o’zidan zurriyod qoldirish kabi haqiqiy oilaga xos funktsiyalarning barchasini bajarmaydi. Bunday oila Islom dini arkonlariga ham mos bo’lib, bu ikki keksa odamning bir-birlari umrlarini cho’zishga qaratilgan samimiy munosabatlari majmuidir. XXI asr kontseptsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsad – milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy kadriyatlar va jamiyat taraqqiyoti istiqbollarini hisobga olgan oila va uning ijtimoiy muhofazasiga aloqador tashkilot va jamoatchilik muassasalari uchun, oila borasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga mas’ul bo’lgan ta’lim va tarbiya masakanlari, ota-onalar uchun o’zbek mentaliteti, xalqimizning o’lmas madaniy meroslari, milliy qadriyatlarni inobatga olgan va uning ertasini belgilovchi metodologik hamda nazariy-amaliy qarashlar majmuini yaratishdan iboratdir. Bu ish Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazida “Ona va bola yili” davlat dasturi doirasida ishlab chiqildi.
XXI asr oilasi kontseptsiyasini yaratishdan ko’zlangan asosiy maqsad – O’zbekiston Respublikasining asriy an’analari, oilaviy urf-odatlari, milliy qadriyatlarini tarixiy-etnografik asosda o’rgangan holda O’zbekiston oilalarining istiqbolini belgilovchii ustivor vazifalarni va faoliyat strategiyalarini belgilashdan iboratdir. O’zbekiston oilalariga xos bo’lgan ustivor xususiyatlar, milliy qadriyatlar darajasiga ko’tarilgan oilaviy udumlar, rasm-rusmlar va an’analarning shaxsga tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatuvchi jihatlari ilmiy jihatlarini ochishga yo’naltirilgan ushbu hujjat Respublikamizda istiqlol yillarida oilani ijtimoiy jihatdan himoya qilish, ota-onalarga berilgan imtiyozlar va bola tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning komil inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarini inbatga olgan holda mavjud bo’lgan muammolar doirasida oilaning istiqboli, rivojlanish tendentsiyalarini belgilaydi. «XXI asr oilasi» kontseptsiyasi asosida oilani kompleks o’rganish dasturi taklif etilgan. Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to’g’risidagi ezgu g’oyalarimizga hamohangdir. SHunga tayangan holda XXI asrda oilalar rivojlanishiga asos bo’luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy omillar va tamoyillar quyidagicha ifodalanishi mumkin Tinch, osuda, farovon hayot oʻz-oʻzidan kelmaydi, albatta. Uning barqarorligini taʼminlash aslida osongina hal etiladigan masala emas. Shu boisdan ham oilaga mamlakatimizning ichki siyosatidagi muhim bugʻin sifatida qaraladi. Olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatida asosiy oʻringa ega. Bugungi kunda Xorazm viloyatida 512 ming 21 ta oila mavjud. Ular orasida notinchlari, nochorlari, nikohi buzilganlari, nogiron farzandi borlari, boquvchisini yoʻqotganlari uchraydi. Ayniqsa, nizoli oilalar soni ortib borayotgani eng ogʻriqli muammolardan biri boʻlib, bu kabi oilalar bilan alohida ish olib borishni talab etmoqda. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tizimida hududlar kesimida notinch oilalarning har biridagi notinchlik sabablarini oʻrganish, ushbu oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha mazilli dasturlar ishlab chiqilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xorazm viloyatidagi 4035 ta oilalardagi notinchlik holatlari chuqur oʻrganilganda, 33 tasida ishsizlik, 31 tasida moddiy yetishmovchilik, 172 tasida ruhiy kasallarning mavjudligi, 577 tasidagi turli oilaviy kelishmovchiliklar, jumladan 12 tasida rashk, 133 tasida esa mol-mulk talashish, 19 tasida giyohvandlik va 3058 tasidagi ichkilikbozlik bilan bogʻliq muammolar turli nizolarning kelib chiqishiga sabab boʻlayotgani maʼlum boʻldi. Har bir shahar va tumanlar kesimida bu kabi oilalarning manzilli roʻyxati shakllantirilib, ularni sogʻlomlashtirish maqsadida davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat “Maqsadli guruh”lar tashkil qilindi. Ushbu oilalar bilan ishlash uchun mahalla hududida joylashgan taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlar jalb etilmoqda. Joriy yilning 5 oyi davomida Xorazm viloyatda 983 ta oilalardagi notinchliklar bartaraf qilindi. – Ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash oldimizdagi dolzarb vazifalardan sanaladi, — deydi Xorazm viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashiga saylangan deputat Gulsara Qurbanbayeva. – Notinch oilalar bilan alohida suhbatda boʻlib, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, koʻzga tashlangan muammo va kamchiliklarga yechim topishga harakat qilyapmiz. Tegishli tashkiloyatlar ham jalb etilgan. Oilalardan kelib tushayotgan har bir murojaatdaga oʻz vaqtida javob qaytarib, ularni ijobiy hal etish choralarini koʻrishga harakat qilyapmiz. Hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajagi olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida yangi tizimda ishlar olib borilmoqda. Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi boʻlganlar bilan yakka tartibda ishlash hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiyasi borasida joriy yilda bir qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda Xorazm viloyatida jinoyatchilikka moyilligi boʻlgan xotin-qizlar soni 185 nafarni tashkil qiladi. Shu yilning 5 oyi davomida viloyatda 56 nafar xotin-qizlar tomonidan 67 ta jinoyat sodir qilingan. Shahar va tumanlar kesimida tahlil qilinganda, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ayrim hududlarda jinoyatchilik bilan bogʻliq holatlar oshganini koʻrsatadi. Ogʻir ruhiy axvoldagi xotin-qizlar bilan doimiy ravishda yakka tartibda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oilaviy ahvoli oʻrganilib, kam taʼminlangan ayollarning 4 nafariga homiylar tomonidan 50 tadan joʻja parrandachilik bilan shugʻullanishlari uchun berildi hamda ularning bir yillik mavsumiy bandligi taʼminlandi. Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xalqimiz tinchligi, osoyishtaligini taʼminlash, oilalar faravonligini oshirish borasida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari natijasida oilalardagi huqubuzarliklar oʻtgan yilga nisbatan birgina Yangibozor hamda Hazorasp tumanlarining oʻzida 4 taga kamayishiga erishildi. Shuningdek, jinoyat sodir etgan 56 nafar hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan 13 nafar ayollarning mahallalardagi mahalla fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek, mahallada yashovchi namunali xonadon aʼzolari murabbiy qilib biriktirildi. Koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan oilaviy kelishmovchiliklarga butkul barham berib boʻlmayapti. Oilaviy muammolar haqida soʻz ketar ekan, hayolimizni koʻplab salbiy fikrlar bilan band etib boʻlgan. Afsuski, aslida ham shunday. Ushbu munosabatlarda toʻla muvaffaqiyatga erishish istagi ogʻriqli nuqtalardan biri boʻlib qolmoqda. Biz ana shu holatga qarshi kurashni aniqlangan vaqtdan boshlasak biror natijaga erishishimiz qiyin boʻladi. Odob-axloq, mehr-muhabbat, oqibat ustunligi oilada totuvlikni taʼminlashning eng birinchi zarurati. Demak, ana shu fazilatlarni sifatlarni oldindan mustahkamlab quyishga intilishimiz kerak. Tan olish kerak, har bir oilaning moddiy, maʼnaviy ehtiyojlari bor. Muammo va nizolar qarama-qarshilikdan kelib chiqadi. Xoʻsh, yechim qanday? Biz nima qilsak tinch-totuv yashaymiz. Buning siri hamjihatlik va ogʻizbirchilikda. Hayotimizni ezgu gʻoyalarga boʻysundirganimiz sari u yanada goʻzal, jozibali, benuqson boʻlib boradi. Oila gullab-yashnaydi. U jamiyatning shunchaki tinchlik-totuvlik xukm surayotgan boʻgʻini boʻlibgina qolmay, insoniyatni ulugʻvorlikka, yuksaklikka eltadigan manbaga aylanadi. Hisob-kitobda bir qator koʻrsatkichlar, shu jumladan, bir xodimga nominal oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olingan. Bu koʻrsatkich 2019-yilda 47867 rublni, 2020-yilda 47531 rublni tashkil etmoqda, 2021-yilda 51066 rubl, 2022-yilda 54131 rubl, 2023-yilda 57675 rubl boʻlishi kutilmoqda. Hujjat loyihasi Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanib, Rossiya ijtimoiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish boʻyicha uch tomonlama komissiyasiga taqdim etilgan. Bugungi kunda mamlakatdagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 49,306 ming rublni tashkil etadi. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga taqdim etilayotgan xizmatlardan eng ommaboplaridan biri bu sudlanmaganlik/sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish hisoblanadi. Maʼlumotnomalar eksterritorial tamoyil asosida taqdim etilishi, xizmat muddatining sezilarli darajada qisqarishi, turli zarur maʼlumotlarni bir joydan, yaʼni Davlat xizmatlari markazlaridan olish imkoniyati fuqarolarga ancha qul keldi deb aytish mumkin. Masalan, joriy yilda Qashqadaryo viloyatidagi DXM lar tomonidan shu kunga qadar sudlanmaganlik/sudlanganlik maʼlumotnomasi olish uchun 15077 ta ariza kelib tushgan. 2020-yilning 8-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 364-son qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Demak, bu oʻzgartirishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot beramiz: 1 – oʻzgartirish. Reglamentning 1 – bandida keltirilgan “jismoniy shaxslar bu xizmatdan foydalana oladi” degan jumlaga aniqlik kiritilib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan birga Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud boʻlgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻrsatish mumkinligi belgilab qoʻyildi. 2 – oʻzgartirish. Reglamentning 2-bandida Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyat boshqarmalarining Axborot markazi endilikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasiga oʻzgarganligi sababli, Reglamentda ushbu davlat xizmatini koʻrsatish uchun vakolatli organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalarini qayd etilgan. 3 – oʻzgartirish. Reglamentning 6-bandida uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi deb belgilab qoʻyilgan edi. Hattoki, advokatlar tomonidan uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma yoki order asosida maʼlumotnoma soʻralgan holatda ham notarial tasdiqdangan ishonchnoma talab etilgan. Bu ortiqcha qogʻozbozlik va sarsongarchilik yangi tartib boʻyicha bekor qilindi. Endilikda, uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi. Ma'lumki, oila nikohdan boshlanadi. Nikoh jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichida paydo bo‘ldi va qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar, din, urf-odatlar, qadriyatlar ta'sirida shakllanib boradi. Nikoh va uning turlari, tarixiy evolyutsiyasi, uning turli xalqlar ijtimoiy guruhlar, xududlar bo‘yicha xususiyatlarini, nikoh. qonuniyatlarini, oilada mehnat taqsimotini va yoshlarni nikohga psixologik, iqtisodiy tomonidan tayyorlash va aholini nikohga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish ham oila sotsiologiyasida muhim ahamiyatga egadir. Oila tarkibida hamda rivojlanishiga bevosita ta'sir etuvchi demografik omillardan yana biri — nikohning bekor etilishi, ya'ni ajralishdir. Ma'lumki, oilada er-xotinning ajrashishi birinchi navbatda oilaning tarkibiga ta'sir etadi. Oila tugal oiladan, tugalmas oilaga aylanadi. Oilada farzandlar tug‘ilishi ma'lum darajada kamayadi. Bu esa, o‘z navbatida, oilani davom ettiruvchi avlod yaratilishiga, oilaning takror barpo bo‘lishiga salbiy ta'sir etadi. Oila sotsiologiyasi mustahkamligiga salbiy ta'sir etuvchi ajralish jarayonini o‘rganar ekan, uning sabablarini turli tarixiy davrlarda, davlatlarda, xalqlarda va ijtimoiy guruhlardagi xususiyatlarini ochib beradi. Aholi migratsiyasi ham oilaning ijtimoiy-demografik tarkibiga ta'sir etuvchi omillardandir. Insonning bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan ikkinchi ijtimoiy-iqtisodiy muhitga o‘tishi (masalan, shahardan qishloqqa, qishloqdan shaharga ko’chishi), uning oilaga bo‘lgan demografik, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlariga ta'sir etadi. Yuqorida keltirilgan jarayonlar oilaning hayotiy davrlari bo‘lib, oila davomiyligiga muntazam qaytarilib turadi. Ushbu davrlarning har birini o‘ziga xos xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjuddir. Ana shu muammolar ham oila sotsiologiyasining o‘rganish doirasiga mansubdir. Oila tarbiyasi masalalarini o’rganish ham oila sotsiologiyasida keng o’rin olgandir. Oila tarbiyasi oilada ota-onalar, katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash bo‘lib, yosh avlodni har tomondan rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Oila tarbiyasida oilaviy tartib, oila a'zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va katta kishilarning hulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila byudjeti, sharoiti asosiy omil hisoblanadi. Oila huquqi ham oila sotsiologiyasi tomonidan o’rganilib, unda asosiy e'tibor nikoh, qarindoshlik, bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olishdan kelib chiqilgan munosabatlarni, nikohga kirish munosabatlarini, er-xotin, ota-ona bilan bolalar va oilaning boshqa a'zolari o‘rtasidagi shahsiy va mulkiy homiylik, vasiylikdan kelib chiqadigan munosabatlarni hamda nikohning bekor qilinishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishga qaratiladi. Oila sotsiologiyasi qator ijtimoiy va tabiiy fan yo’nalishlari bilan uzviy aloqada tadqiqot o‘tkazadi va rivojlanib boradi. Bularga psixologiya, demografiya, etnografiya, tarix, ijtimoiy geografiya, siyosatshunoslik, aholi sotsiologiyasi, tug‘ilish sotsiologiyasi, o’lim sotsiologiyasi, migratsiya sotsiologiyasi, nikoh sotsiologiyasi, matematika, statistika, ekologiya kabi fanlar kiradi. Oila sotsiologiyasi o‘z tadqiqotlarida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, tarixiy taqqoslash, statistik va matematik usullardan foydalanadi. Oila sotsiologiyasi fan yo‘nalishining tadqiqot natijalari oilaning kelajak istiqbolini aniqlashda, davlat tomonidan oila va nikoh mustahkamligini ta'minlovchi qonun va tadbirlar joriy etilishida ilmiy asos va yo’llanma sifatida qo’llaniladi amiyatimizning asosi bo‘lmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, sog‘lom oilani shakllantirishda mahallaning mavqeyini mustahkamlash va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek 2012-yil O‘zbekiston Respublikasida “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-dekabrdagi F-3760-son farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat hamda nohukumat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. “Oila sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror” degan insonparvar tamoyildan kelib chiqqan holda, quyidagilar “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishning eng muhim yo‘nalishlari etib belgilansin: bugungi kun talablarini hisobga olgan holda qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, bu masalaga jamiyatimiz e’tiborini yanada kuchaytirish; yosh oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish; jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda mahalla va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning ta’sirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur ko‘mak va yordam berish; oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko‘rsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o‘z yelkasiga olgan ayollarga alohida e’tibor qaratish; “Sog‘lom ona – sog‘lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish; jamiyatimizning ma’naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalityetimizga mutlaqo yot bo‘lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning o‘rni va ahamiyatini oshirish; jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta’lim hamda tarbiya muassasalari bilan o‘zaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini ta’minlash. 2. Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev) zimmasiga “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining amalga oshirilishini tashkillashtirish va monitoring qilish vazifalari yuklatilsin. Respublika komissiyasi: ikki hafta muddatda, “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ustuvor yo‘nalishlari va tadbirlaridan kelib chiqqan holda, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari tomonidan har bir idora, viloyat, shahar, tuman va aholi punkti bo‘yicha “Mustahkam oila yili”ning hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlasin; “Mustahkam oila yili” Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar darajasida ishlar aniq-puxta muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dastur amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin; Xulosa.
Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi materiallarni yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqsin; har chorak yakunlari bo‘yicha “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M.Mirziyoyev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlarda (shaharlarda) “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar, tumanlar hokimlari boshchiligida hududiy komissiyalar tuzilishini ta’minlasin, ularning zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar tegishli hududlarda og‘ishmay va to‘liq hajmlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlikni yuklasin. 4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari: aholi, ayniqsa yosh oilalar o‘rtasida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalarini, davlat tomonidan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish hamda mustahkamlash bo‘yicha unda belgilangan chora-tadbirlarni muntazam va keng ko‘lamda tushuntirib borilishini; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qo‘shgan aniq hissasini aks ettirgan holda “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida keng jamoatchilik doimo xabardor qilib turilishini ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. Download 40.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling