Mavzu: Mushak qisqarishi energetikasi Reja
Mavzu: Neyrogliya hujayralarining xillari va funksiyalari
Download 42.5 Kb.
|
2-3-4
Mavzu: Neyrogliya hujayralarining xillari va funksiyalari.
Reja: 1.Neyrogliya hujayralarining xillari 2.Neyrogliya hujayralarining funksiyalari Neyrogliya va uning ahamiyati. Miya to'qimasining plazmatik membranasi oralig'ida hujayralararo bo'shliq, bor bo'lib, uning eni 10-15 nm ni tashkil qiladi. Miya hajmining 12-20%i ana shu bo'shliqqa to'g'ri keladi. Miya parenximasi, asab hujayralari va ularning o'simtalari, gliya hujayralari hamda tomirlar bilan to'lgan bo'ladi.Gliya (grekchada yelimni anglatadi) mayda, turli shaklli, ixtisoslashgan hujayra bo'lib, ular neyronlar hamda kapillyarlar oralig'ini to'ldiradi va uning quyidagi turlari farqlanadi: 1. Astrotsitlar (makrogliya) — asosan tayanch va kapillyarlardan zarur moddalarni neyronga tashish vazifasini bajaradi va ular MAT ning sirtqi va ichki yuzasida keng tarqalgan. 2. Marginal neyrogliya — asab nayining ichki va sirtqi qatlamlarida uchraydi, asab tolalari oralig'ida joylashib, miyelin qobiklarini hosil qiladi. Marginal gliyaning oligodendrotsitlari markaziy va periferik asab tizimi neyron tanalarini o'raydi va asab qobig'ini hosil qiladi. 3. Periferik neyrogliya — Shvann hujayralari vegetativ asab tizimidagi stellit (mantiya), lemmotsit va boshqa hujayralardan iborat. Shvann xujayralari periferik asab tizimida uchraydi xolos. Ular aksonlarni ko'p qavatli miyelin “mufta” bilan o'rab oladigan yagona hujayralardir. Buning oqibatida, aksonning katta qismi qobiq bilan o'ralgan bo'ladi, ochiq qismi faqatgina muftalar orasidagi tor joyda, ya’ni Ranvye bo'g'imida qoladi xolos. Bunday tolalardagi Ranvye bo'g'imi alohida muhim funksional ahamiyatga ega. Stellit hujayralar gangliyadagi sezuvchi neyronlarni, shuningdek, vegetativ gangliyalardagi multipolyar neyronlar tanasini pechak kabi o'rab oladi. Lemmotsitlar periferiyadagi miyelin qobiqsiz vegetativ asab tolalarini o'rab olgan Shvann hujayralaridir. Shvann hujayralari MAT dagi marginal va perivaskulyar gliya singari izolyatsiya vazifasini bajaradi. Ular miyelin funksiyalarini va struktura butunligini ta’minlaydi, shuningdek, MAT ning stellit hujayralari singari Shvann hujayralari xam modda almashinuvida qatnashishdan tashqari fagotsitoz qobiliyatiga ham ega. 4. Ependimal neyrogliya — neyroepitelial hujayralardan iborat bo'lib, orqa miyaning markaziy kanali va miya qorinchalari devorlarini qoplab olgan. Ular silindrik epiteliyni eslatadi va shuning uchun ham ependima deb ataladi. Apikal (yuqori) qismi hujayra membranasining kalta barmoksimon tuklari (mikrovorsinkalari) bilan qoplangan. Mikrovorsinkalar oralig'ida tipik kiprikchalar bor, ular (bir soniyada 6 marta) harakatlanib turadi va miya suyukligi (likvori) ni harakatga keltiradi. Ba’zi ependimal hujayralar perivaskulyarning, ya’ni tomirning bazal membranasigacha boradi. Boshqa xillari esa sekretor faoliyatga ega bo'lib, orqa miya suyuqligini ishlab chiqaradi. 5. Mikrogliya MAT ning retikuloendotelial tizimidan iborat bo'lib, patologik holatlardagina rol o'ynaydi. Ular miya yumshoq pardasining moddaga yopishib turgan qismida to'plangan. Mikrogliya harakatlanish va fagotsitoz qobiliyatiga ega va zarur bo'lganda MAT to'qimasi bo'ylab tez tarqalib ketadi. MAT da «soqchilik» qiladi, mayda shikastlangan hujayralarni fagotsitlar kelguniga qadar bartaraf qiladi. Gliya hujayralari neyronlar singari impuls faolligiga ega bo'lmaydi va ularning membranasida inert membrana potensialini hosil kiladigan zaryad mavjud. Gliya va neyronlar juda ham yaqin kontaktda bo'ladi va shu tufayli neyrondagi qo'zg'alish gliya elementlarining elektr hodisalariga ta’sir etadi. Gliyaning membrana potensiali kaliy ionining miqdoriga bog'liq bo'lib, neyrondagi qo'zg'alish hamda uning membranasidagi repolyarizatsiya vaqtida kaliy ionlari ko'p miqdorda ajralishi tufayli gliya hujayrasida depolyarizatsiyani vujudga keltiradi. Asab faoliyati uchun neyrogliya muhim ahamiyatga ega bo'lib, buni ishlayotgan neyronlar atrofida gliya hujayralarining ko'payishidan bilish mumkin. Shartli reflekslar hosil bo'lishida ham gliya katta ahamiyatga ega. Glial elementlar izolyatsiiya qilish funksiyasi va ionli gomeastazda qatnashishidan tashqari boshqa xususiyatlarga ham ega, masalan, mediatorlar almashinuvida qatnashadi. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling