Mavzu: Musiqa san’atida impressionizm oqimi. Reja


Download 12.08 Kb.
bet2/2
Sana24.02.2023
Hajmi12.08 Kb.
#1226285
1   2
Bog'liq
2 5408986876625301872

Klod Debyussi ijodi.

Klod Debyussi XIX-asr oxiri XX-asr boshida yashab ijod qilgan buyuk frantsuz kompozitori, fortepiano ijrochisi va musiqiy tanqidchisidir.


Debyussi musiqa san’atidagi impressionizm uslubining asoschisidir. U o’z ijodida frantsuz musiqa an’analariga - klavesin uchun asarlar yaratgan F.Kuperen va J.F.Ramo, lirik operalar va romanslar yozgan Sh.Guno va J.Massne erishgan natijalarga tayangan holda o’z faoliyatini olib borgan. Debyussi dunyoqarashiga rus klassik kompozitorlari - M.P.Musorgskiy va N.A.Rimskiy-Korsakovlar ijodi kuchli ta’sir ko’rsatdi. O’z ijodida turli tajribalarni umumlashtirgan K. Debyussi o’z uslubini yaratdi va impressionizmning birinchi namoyondasi sifatida musiqa san’ati tarixida qoldi.
Debyussi ijodiga frantsuz impressionist rassomlari K. Mone, E. Mone, E. Dega, K. Pisarrolar yaratgan asarlar ham kuchli ta’sir ko’rsatdi. Debyussi ular kabi musiqa asarlarida bir lahzali o’tkinchi tassurotlarni, inson hissiyoti va tabiat hodisalarining eng nozik belgilarini ifodalab berdi. Kayfiyatlarning tez-tez o’zgarib turishi, noziklik va nafosat, kuylar tuzilishidagi erkinlik, go’zal va rang-barang garmoniyalarni ishlatish Debyussi asarlariga xos xususiyatdir.
O’zi ajoyib fortepiano ijrochisi bo’lgan kompozitor tamoman yangi fortepiano ijro uslubini yaratdi. Shuningdek simfonik orkestr uchun yozgan asarlarida Debyussi orkestr ifoda vositalarini yanada boyitdi, yangi rangdor tembr buyoqlarni qidirib topdi. Debyussi ko’p janrlarda ijod qildi. Uning "Pelleas va Melizanda" operasi, "O’yinlar" nomli baleti, "Daydi o’g’il" va "Franciyaga madhiya" nomli kantatalari mashhur. Simfonik orkestr uchun yozilgan "Favnning kun yarmidagi oromi", "Noktyurnlar", "Dengiz" nomli uch manzara, "Obrazlar" nomli asarlari doim ijro etiladi. Debyussining kamer ansambllari uchun yozilgan asarlari va fortepiano asarlari ham katta e’tiborga loyiq.


Moris Ravel ijodi.
XIX-asr oxiri XX-asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan frantsuz kompozitori Moris Ravel jahon musiqa madaniyatining yirik namoyondasidir. Uning ijodi Fransiya musiqa san’atidagi yorqin va o’ziga xos hodisadir. Yuksak madaniyat sohibi bo’lgan Ravel frantsuz adabiyoti va tasviriy san’atini sinchiklab o’rgandi. Ayniqsa imperessionist rassomlar asarlari unda katta taasurot qoldirdi va ijodiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ravel xalq musiqiy ijodiga, ayniqsa ispan xalq musiqasiga katta qiziqish bilan qaradi. U o’z ijodida ham ispan mavzusiga katta etibor berdi. Onasining ispan millatiga mansubligi va ustozi Sharl Berio ispan musiqasining katta muxlisi bo’lganligi buning sababidir. Ravelning kompozitor sifatida shakillanishida rus klassik kompozitorlari A. P. Borodin, N. A. Rimskiy-Korsakov va ayniqsa M. P. Musorgskiylar ijodining ta’siri juda kuchli bo’ldi.
Ravel Musorgskiyning "Ko’rgazmadan suratlar" nomli asarini orkestr ijrosi uchun mosladi. "Ispan soati" nomli operasini yozishda esa Musorgskiyning ijodiy uslublarini qo’llaganini o’zi ehtirof etdi.
Ravel turli janrlarda ijod qilgan. Uning simfonik orkestr uchun yozgan "Ispan rapsodiyasi", "Bolero", "Vals" kabi asarlari nihoyatda mashhur. "Ispan soati" nomli operasi, "Bolalar va mo’jizalar" nomli opera-baleti doim namoyish qilinadigan asarlardir.
Ravel turli davrlarda mashhur bo’lgan raqs ritmlariga juda qiziqqan Bu ritmlar uning "Dafnis va Xloya" baleti, "Balero", "Olijanob va sentimental valg’slar" kabi asarlarida ko’rsatib berilgan. Ravelning garmoniya, ritm va ladlar borasida ochgan yangiliklari XX-asr musiqa san’atida yangi uslubiy oqimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Akademik xor dirijyorligi kafedrasi
3-kur talabasi
Karimova Namuna
Xor musiqasi tarixi
Mavzu: Impressionizm paydo bo'lishi va mazmuni.
Download 12.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling