Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari Kirish Asosiy qism


Download 124 Kb.
bet11/25
Sana19.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1365352
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.

USTA OLIM KOMILOV (1875-1954)

1935 yil Angliya poytaxti London shahri. Muhtasham tomoshagohda jahon xalqlarining san’at festivali o`tmoqda. Navbat O`zbekistonlik san’atkorlar Tamaraxonim va Usta Olim Komilovlarga beriladi. Usta Olim chalgan doiraga Tamaraxonim “Pilla” raqsiga tushib tomoshabinlarni lol qoldiradilar. Qarsaqlar ostida ijrochilar yana sahnaga taklif qilinadi. Bu safar “Paxta” raqsi ijro etiladi.

Tomoshabinlar oyoqlarida qalqib turishib, ikkala san’atkorni olqishlashadi. Butun tomoshagohni larzaga keltirgan, gumburlagan childirma ovozini Londonliklar birinchi bor ko`rishlari edi. Usta Olim Komilovning betakror doira ovozi edi. Raqsdan so`ng oldingi qatorda o`tirgan Buyuk Britaniya qirolichasi Mariya Lojalon sahnaga chiqadi. Usta Olimning childirmasini qo`liga olib ko`radi. Bu doira sozidan yurakni to`lqinlantiruvchi sado chiqargan panjalarni mo`jiza deb ataydi. Ushbu mo`jizakor panjalardan gipsga nusxa olib, Lon­don muzeyiga quyishga farmon beradi. O`zbek san’atkorlariga qoyil qolgan qirolicha o`z qo`li bilan Usta Olim Komilov, Tamaraxonimga festival oltin medalini taqib qo`yadi. Usta Olim Komilovning bu panja nusxasi hozirgacha London muzeyida saqlanmoqda. 1875 yilda Marg‘ilonlik oddiy to`quvchi oilasida dunyoga kelgan Usta Olim Komilov shunday buyuklik darajasiga yetgan san’atkordir. Yoshligida arava tuzatuvchi ustaga shogird tushadi, 12 yoshdan boshlab Masaid otadan chang va doira chalishni o`rganadi. Lekin doiraga bo`lgan havas unga ko`proq ilxom keltirar edi. Natijada doira sozining ustasi bo`lib yetishadi.

Mashhur san’atkor Muxiddin Qori Yoqubov 1926 yilda tuzgan o`zbek etnografik folklor ansambliga Usta Olim Komilovni taklif qiladi. U bu ansambl tarkibida Rossiyaning juda ko`p shaharlarida va Kavkaz ortida gastrolda bo`ladi, so`ngra o`sha davrda respublika poytaxti bo`lmish Samarqand shahriga oilasini ko`chirib keladi. Turmush o`rtog‘i Begimxon o`zi bilan singlisi Nurxon Yo`ldoshxo‘jayevani ham birga olib keladi. Nurxon san’at sohasida ishlay boshlaydi. Bir yildan so`ng Marg‘ilonga qaytishganda, Nurxon akasi tomonidan vaxshiylarcha o`ldiriladi.

Bu fojia butun respublika san’at ahlini larzaga soladi. Bu haqida musiqali dramalar sahnalashtirilgan, she’r va qo`shiqlar yaratilgan. Usta Olim Komilov mashhur san’atkor Tamaraxonim truppasida uzoq yil faoliyat ko`rsatib, dunyoning juda ko`p mamlakatlarida san’atini namoyish qilgan. 1932 yilda mehnat qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1937 yilda esa Moskvada bo`lib o`tgan o`zbek adabiyoti va san’ati dekadasidan so`ng «O`zbekiston xalq artisti» unvonini oladi. Farg‘ona kanali qurilishida o`zining doira shodiyonalari bilan odamlarni mehnatga chorlaydi. Usta Olim Komilov O`zbekiston doirachilarining piri ustozi hisoblanadi. Buni G’ofir Inog‘omov, Qahramon Dadayev, Odil Kamolxo`jayev, Talxat Sayfiddinov, Dilmurod Islomov singari doirachilar mamnuniyat bilan gapirishadi. Hozirda Marg‘ilon shahridagi adabiyot va san’at muzeyida ustozning kiyimlari, shaxsiy buyumlari, orden va medallari hamda London tomoshabinlarini lol qoldirgan childirmasi saqlanmoqda. Mashhur san’atkor Usta Olim Komilov yurtdoshlari qalbiga abadiy muhrlangan. Marg‘ilon shahridagi ko`chalardan biriga, Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa maktabiga uning nomi berilgan. Ustozlar chirog‘i aslo o`chmagay.


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling