Mavzu: Musiqiy bayram ertaklari va ko`ngilochar o`yinlar


Download 4.64 Mb.
Sana28.10.2023
Hajmi4.64 Mb.
#1729551
Bog'liq
Musiqiy bayram ertaklari va ko`ngilochar o`yinlar


Mavzu: Musiqiy bayram ertaklari va ko`ngilochar o`yinlar
Bayram ertaliklari, muhini sanalarga oid tadbirlar, o‘yin-kulgi soatlaribog‘cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismidir. Mustaqillik, Mehijon, Hosil, Yangi yil, Navro'zi olam bayramlari va MTTda o‘tkaziladigan «Maktabga kuzatish» tadbirlari zamiridagi g'oyalar hamda bayram shaklidagi turli tadbirlar (sayillar, sport bayramlari, musobaqalar, muhim sanalarga bag‘ishlangan nafosat soatlari) o‘ziga xos mazmun va xususiyatga ega
Bolalar va musiqa rahbariga zal, guruh xonalari hamda o‘yin maydonchalarini bezatish imkoniyati beriladi. Tayyorgarlik jarayonida o‘rganilgan sevimli qo‘shiq, she’r, raqs, lapar, turh sahna ko‘rinishlari bolalardan epchillik va chaqqonlikni talab etadi. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy sozlari (kamay, sumay, doira, nog`ora, rubob) dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Imkoniyat bo‘lmasa magnit tasma yozuvidan foydalanish lozim. Bayram ertaliklari bolalami badiiy tarbiyalash shakilaridan biridir
Ertaliklar shodiyonalari xotirada uzoq vaqt saqlanib qolishi bilan birga bolalar tasawurini yanada boyitadi. Bayram dasturida askiyalar va kichik sahnalashtirilgan ertaklar bo‘lishi kerak. Qo'shiq, lapar va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‘Iishi lozim. Ertaliklar bayramlarninig umumiy xarakteri, mazmuniga mos bo‘lishi, ushbu tadbirlarda kattalar, ota-onalar, tarbiyachilar, metodistlar ishtirok etishi lozim
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta‘lim musassalarida musiqiy tarbiyani amalga oshirish dasturida belgilangan ertalik va bayramlarni nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan. Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, bola tarbiyasiga benihoya katta ta‘sir ko`rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go’zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol o’ynaydi.
musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi:
musiqa tinglash;
vokal ijrochilik
milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish
bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish
musiqa turlari bilan tanishtirish;
ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish
bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish
musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish
Bayramlar va o‘yin-kulgiga boy bo‘lgan tadbirlarni tashkillashtirish bolalarda ma'naviy ta'limni shakllantiradi: ular xayotiy jarayonlarni birlashtiradi, xamda kollektiv asoslarini tarbiyalaydi; folklor, qo‘shiq, she’rlar yordamida Vatan, ona tabiat, mexnat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi.
Ushbu ko‘ngilochar bayramlarda ishtirok etish maktabgacha yoshdagi bolalarda intizom va xulq madaniyatini rivojlantiradi. Bolalar turli Qo‘shiqlar, she'rlar va raqslarni o‘rganish jarayonida Vatan, tabiat, turli millatlar haqida yangi ma’lumotlarni bilib oladilar.
Bu ularning aqliy qirralarini, xotira, talaffuz, tasavvur va ruhiyatni rivojlanishiga xizmat qilmoqdi. Bolalarning qo‘shiq kuylashi, o‘yinlar o‘ynashi, raqslardagi ishtiroki ularning jismoniy rivojlanishiga, xarakatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bolalarga quvnoq kayfiyatni ulashish, bayramona madaniyatni shakllantirish MTT tadbirlarining asosiy vazifalaridan biridir.
Har bir bayramning asosida bolalarga etkazib bera oladigan ma’lum fikr yotadi. Misol uchun, 1 sentyabr Mustaqillik kuni, “Navro‘z”bayrami, va xokazo. Bu g‘oya tadbirning barcha mazmunini ochib berishi kerak. Uni qo‘shiq, she’r, musiqa, raqs, namoyishlar va saxna bezaklari orqali ochib berish mumkin.
Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko’rilar ekan, avvalambor bu hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasida unutilmas iz qoldirilishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu jarayonda barcha teng qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa, ota-onalar va mahalla ahli. Maktabgacha ta‘lim muassasasida tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo’lmog’i zarur. Bolalar bog’chasida musiqa va o’yinlar bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojida raqs, musiqali o`yin va musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega.
Musiqa faoliyatining bu turlari bolaning har tomonlama o’sishiga katta yordam beradi. Bayram ertaliklari bolalarni rivojlantiribgina qolmay, ularni maktab ta’limida o’zlarini erkin tutishlarini, darslar jarayonida o’zlarining fikrlarini erkin bildira olish ko’nikmalarini shakllantirishga yotdam beradi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki kichik, o’rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari MTTda olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob fazilatlar yosh avlodga maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab shakillantiriladi. Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi.
MTT tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbirlarini o’tkazishda musiqaning o’rni Nafosat tarbiyasining mazmuni serqirra bo‘lib, musiqa tarbiya yeng asosiy o‘rinni yegallaydi. Musiqiy ta’limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok yeta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o‘z milliy an’analarini, balki boShqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir.
Bayram ertaliklari estetik ya’ni nafosat tarbiyasi berishda muhim tadbirlardan biridir. Ertaliklar bog‘cha hayotining yeng muhim va tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, tantanavorlik, xursandlik va Shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaklaridan maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin taassurotlar qoldirish va Shodlik baxSh yetishdan iboratdir.
Bayramlar va o‘yin-kulgilarni tayyorlash va amalga oshirishda bolalarda ma'naviy ta'lim ya’ni, oddiy tajribalar bilan jamoada ishlash asoslari; xalq og‘zaki ijodi asarlari, ona tabiat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Ona Vatan haqida ko‘ngilochar qo‘shiq va she’rlar bilan ishtirok etish madaniyati tarbiyalanadi. Qo‘shiqlar, she'rlar, raqslari o‘rganish oqali bolalar turli yangi mamlakatlar, tabiat va turli millatvakillari haqida ko‘p narsalarni bilib oladilar. Bular bolaning dunyoqarashini kengayishiga, xotirani yaxshilanishiga, ruhiy rivojlanishiga, til va tasavvurning shakllanishiga xizmat qilmoqda. Bayramona kayfiyat, xona dizayni go‘zalligi, liboslar, puxta tanlangan repertuar, bolalarning rangli chiqishlari - barchasi estetik ta'limning muhim omillaridir.
  • MTTda bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlarni tashkil qilishning mazmuni

  • Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlarni alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. MTTda bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlar bola tarbiyasiga benihoya katta ta’sir ko‘rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go‘zallikni idrok etishda etakchi rol o‘ynaydi.

MTTda bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlarni tashkil qilishda musiqa rahbarlari
musiqa tinglash; vokal ijrochilik
milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish
bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish
musiqa turlari bilan tanishtirish
ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish
bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish
musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish
Musiqa mashg‘ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo‘nalishda bo‘ladi)
bayram ertaliklari
nafosat soatlari
badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar
ko‘ngil ochar musiqiy o‘yinlar
musiqiy teatr dramatizatsiyalari
yakka hol ish turlari
to‘garak ishlari
Musiqa – bolalar estetik tarbiyasida asosiy o‘rin tutadi. Bolalar musiqiy estetik madaniyatini Shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Chunki jamiyat ma’naviyatini Shaxs ma’naviyatining yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning Shakllanganlik darajasi tashkil yetadi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa maShg‘ulotlari imkon darajasida tashkil yetilgan, ammo kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbilaSh uchun davr talabi asosida musiqa mashg’ulotlarini yanada takomillashtirishga undamoqda.
Download 4.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling