Mavzu: Mustaqillik bu – huquqdir


Download 67.03 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1545052
1   2   3
Bog'liq
Mustaqillik bu – huquqdir

ISLOM KARIMOV

Har bir jamiyatning asosiy mezoni hisoblangan inson huquqlari xalqaro huquqning obyekti sifatida 1948- yilda "Inson huquqlari umumjahon Deklara-tsiyasi"ning qabul qilinishi bilan rasman tan olindi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, ilk ma-rotaba dunyo hamjamiyati inson va uning huquqlarini himoya qilishni xalqaro muammo darajasida e'tirof etdi. Shu bilan birga, har bir davlat o'z hududida inson huquq va erkinliklarini ta'minlashga mas'ul ekanligini anglab bordi.


O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishishi orqali xalqaro tashkilotlarning a'zolari bo'lgan davlatlar qatori bir necha huquq va majbu-riyatlarga ega bo'ldi.



Ma'lumki, bugun biz yurtimizda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi bo'lgan Konstitutsiya va qonunlar asosida demokratik, dunyoviy davlat barpo etmoqdamiz. Bu davlat, avvalambor, dunyoviy taraqqiyotga, uning eng ilg'or yu-tuq va natijalariga tayanadi.
ISLOM KARIMOV ("Yuksak ma 'naviyat - yengilmas kuch " kitobidan)


O'zbekiston Respublikasi o'zining Konstitutsiyasini qabul qilib dastlabki konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlab, inson huquqlarini himoya qilish o' zining birlamchi vazifasi ekanligi-ni e'tirof etdi. Chunki, Konstitutsiyamizning muqaddima qismida nafaqat respub-lika, balki O'zbekiston xalqining inson huquqlariga sodiqligi bayon etilgan.



“Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab. ijtimoiv ado-lat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 14-modda.






  1. Konstitutsiyaning ushbu moddasining mohiyatini izohlab berishga harakat qiling.

  2. Ijtimoiy adolat deganda siz nimani tushunasiz? Bu savolga jaxob berishda siz "ijtimoiy " so 'zining lug 'aviy ma 'nosidan foydalanishga harakat qiling.

  3. "Qonuniylik " iborasi sizga nimani anglatadi.

Inson huquqlari va manfaatlarini kafolatlash. ta"minlash davlatimizning asosiy vazifalari qatoriga kiradi. Shu maqsadda davlatimizning asosiy qonunida "Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi" deb ta'kidlab o'tilgan.
Agar davlat mustaqil bo'lmas ekan, insonlarning huquqlarini kafolatli ta'minlay olmaydi.Shuning uchun ham davlatimiz rahbari mustaqillik so'ziga: "Mustaqillik - bu eng avvalo huquqdir", - deb ta'rif berdilar.

Sharhlang!
"Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslar-ning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart".
O 'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 20- modda.





Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling