Mavzu: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi reja: mustaqillik yillarida ilm fanning ravnaqi ilm-fan sohasida amalga oshirilgan ishlar mustaqillikning ilm-fanga ta`siri xulosa foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.49 Mb.
bet3/5
Sana14.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1461980
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shoxrux tarix 23-22 (1)

Amerika biografiya instituti O‘zbekistonning yetakchi olimlaridan biri Omonulla Fayzullayevga uning jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga asoslanib “2001 yil insoni” unvonini berdi hamda mazkur institutning maslahatchilar Kengashi a’zoligiga saylandi. Bular O‘zbekiston fanining xalqaro miqyosda tan olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshimiz aytganlaridek, XXI asrda quroli, qo‘shini bo‘lgan davlatgina emas, balki turli sohalar bo‘yicha kuchli mutaxassislari bo‘lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Zeroki, har bir xalq fan sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan mashhur farzandlari bilan buyukdir.

Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo teatr san’ati, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Madaniyat mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy uskunalari, zamonaviy binolar bilan ta’minlanishi davlat rahbari Islom Karimovning bevosita g‘amxo‘rligida bo‘ldi. 2001-yilning davlat byudjetidan madaniyat va san’at muassasalarini rivojlantirish uchun 12 milliard 703 million so‘m (bu ko‘rsatkich 2000-yili 9 mlrd. 463 mln. so‘mni tashkil qilgan edi) ajratilishi fikrimizning guvohidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993-yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan “Turkiston” saroyi nafaqat me’morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo‘ladigan dargohga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Turkiston” saroyi ochilishi marosimida nutq so‘zlab, “Ushbu saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy anjumanlarini, san’at bayramlarini o‘tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-elatlarning do‘stlik, birdamlik qal’asiga aylanadi”,-degan edi.

1998-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O‘zbekiston tomosha san’atining ko‘p asrlik an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Teatrlarning 90-yillarning ikkinchi yarmidagi repertuarlarida tarixiy pyessalar keng o‘rin oldi. 1996 yili Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakllar saxnalashtirildi. “Navro‘z-97” teatr festevali munosabati bilan Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998-yili al-Farg‘oniy, al-Buxoriylarni yubileylariga bag‘ishlangan pyessalar yaratildi. Mamlakatimizning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkentni yetakchi teatrlaridagina emas, barcha viloyatlarning teatr sahnalarida qo‘yildi. 1995-1997-yillari Respublika teatrlari tomonidan 313 yangi spektakllar qo‘yildi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling