Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb ta’kidlanadi. Yusuf Xos Hojibning mehnatahli haqidagi bu fikrlari haqiqatan ham ularga nisbatan hurmat va e'tiromni anglatadi. Yusuf Xos Hojibning mehnat tarbiyasiga oid progressiv qarashlari tarbiyaviy jihatdan diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |